Anatomiya yangi indd
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5269219982159382883
Qon aylanish a’zolari. Qon doimo harakatda bo‘lgandagina
o‘z funksiyasini bajara oladi. Qonning to‘xtovsiz ravishda ayl- anishini yurak va tomirlar bajaradi. Yurak bir-biri bilan tutash- maydigan ikki qismdan iborat bo‘lib, bu qismlar bir-biridan yaxlit to‘siq bilan ajralgan. Qismlarning har biri qo‘shilgan ikki bo‘lakdan - yurak bo‘lmasi va yurak qorinchasidan iborat. Yurak dam-badam qisqarib, ma’lum vaqt oraliklarida qon tomirlariga qon chiqarib tu- radi. Qon tomirlari tarmoqlanib ketgan yopiq sistema hosil qiladi. Bu sistemada arteriyalar, venalar va kapillyarlar bo‘ladi.
tomirlarga chiqadi va barcha a’zolarga taqsimlanadi Arteriyalar - ning devorlari uch qavat bo‘ladi: ichki qavat epiteliydan va birik- tiruvchi to‘qimadan iborat, o‘rta qavat silliq muskul tolalaridan va sirtqi qavat-elastik tolalarga boy biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Venalarning devorlari arteriyalarning devorlari kabi tuzilgan, ammo bular arteriyalar devorlariga qaraganda yupqaroq bo‘lib, ularda mus kul tolalari bilan elastik tolalar soni ozroqdir. Kapillyarlar juda mayda tomirlar bo‘lib, mayda arteriyalarni kichikroq venalar bi- lan tutashtiruvchi tarmoqlar hosil qiladi, bitta kapillyarning uzun- ligi 0,5 mm chamasida, yo‘g‘onligi soch tolasidan 50 marta kam bo‘ladi. Kapillyarlarning devori bir qavat yassi epitelial hujayralar- dan iborat. Oziq moddalar va kislorod qondan hamma hujayralarni o‘rab turuvchi to‘qima suyuqligiga kapil lyarlar devori orqali o‘tadi; hujayralarda moddalarning parchalanishidan hosil bo‘ladigan mahsulotlar kapillyarlar devori orqali to‘qima suyuqligidan qonga o‘tadi. Qon yurakning chap qorinchasidan aorta deb ataladigan yirik arteriyaga o‘tadi. Aorta yurak yaqinida burilib yoy hosil qilib, ko‘krak bo‘shlig‘i orqali, undan keyin qorin bo‘shlig‘i orqali pastga tushadi. Aortaning eng boshidan ikkita toj arteriya ajralib chiqadi. bu arteriyalar yurakning o‘zida tarmoqlanadi. Bu arteriyalardan oquvchi qon yurak muskullariga oziq va kislorod olib keladi. Aorta
56 yoyidan uchta katta arteriya chiqadi, bu arteriyalar bosh, bo‘yin va qo‘llarga qon olib boradi. Aorta belning to‘rtinchi umurtqasi to‘rg‘isida ikkita yirik arteri- yaga ajraladi, bu arteriyalar oyoqlarga boradi. Arteriyalar organga kirib, tobora mayda tomirlarga bo‘linadi, bu tomirlar ko‘pdan-ko‘p kapillyarlarga aylanadi. Kapillyarlar butun gavdamizga tarmoqlanib ketgan. Kapillyarlardagi qon kichikroq venalarga yig‘iladi. Bu ve- nalar bir-biri bilan qo‘shilib, odatda arteriyalar yonida bo‘ladi gan yirik venalarni hosil qiladi: Bosh, bo‘yin va qo‘llarning venalari Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling