bob. QON VA QON AYLANISH A’ZOLARI
Qon. Katta yoshdagi odamda o‘rtacha 5
l
qon bo‘ladi. Qon-
ning funksiyalari xilma-xildir. Qon hujayralarga kislorod va oziq
modda yetkazib beradi, moddalar almashinuvi natijasida hosil
bo‘lgan parchalanish mahsulotlarini ayiruv a’zolariga olib keladi,
organizmni gumoral boshqaradi va himoya qiladi. Qon-birik-
tiruvchi to‘qimalar tarkibiga kiradi. U hujayra bo‘lmagan suyuq
modda sarg‘ish tusli plazmadan iborat bo‘ladi. Plazmada qizil qon
tanachalari, oq qon tanachalari va qon plastinkalari bo‘ladi.
Qonning qizil rangda bo‘lishiga sabab, unda qizil qon tana-
chalari ko‘p bo‘ladi.
Plazma
qon hajmining 60 foizini tashkil etadi. Plazma tarkibi-
ga 90-92% suv, 7-8% oqsillar, 0.9%gacha mineral tuzlar, 1% ga-
cha glyukoza, 0.8% yog‘, par chalanish mahsulotlari va har xil or-
ganlarning hujayralari chiqaradigan boshqa moddalar kiradi. Qon
suyuq qismining tarkibi va xossalari nisbatan o‘zgarmas bo‘ladi.
Masalan, organizmga kiritiladigan suvning hajmi xilma-xil sa-
bablarga binoan o‘zgarib turadi, ammo uning qondagi miqdori
o‘zgarmaydi. Ovqatlanishda qand miqdorining o‘zgarishiga qara-
may, odatda bir litr qonga bir gramm chamasi qand to‘rg‘i keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |