Yuqori darajali jismoniy mashqlar ta’sirida muskullardagi
o‘zgarishlar
og‘ir jismoniy mashqdan so‘ng muskulning tiklanishi uchun
yetarli dam olish vaqti ajratilishi lozim. Agar imkoniyatdan ortiq
darajada mashqlar bajarilishi davom etsa, zo‘riqish hajmi ortib bor-
sa, sportchida o‘zi sezmaydigan mikrotravmalar hosil bo‘ladi. Agar
travmalar o‘z vaqtida davolanmasa, suyak va suyak usti pardasida
morfologik o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Muskullarning zo‘riqishi
muskul tizimida degenerativ-destruktiv o‘zgarishlar rivojlanadi va
bu o‘zgarishlar muskul xususiyatlarining tiklanishiga salbiy ta'sir
ko‘rsatadi. Organizmda surunkali charchash yuzaga keladi.
Har qanday jismoniy mashqlarning bajarilishidan avval tana-
ning a’zolari va tizimlari tayyorgarlik davrini o‘tishi lozim. Jis-
moniy mashqlarning bajarilishiga birdaniga kirishmasdan, balki
tayyorgarlik davrini o‘tish lozim. Tayyorgarlik davridan so‘ng oddiy
elementlardan tashkil topgan harakatlar bajariladi, so‘ng mashqlar
murakkablashtirib boriladi. Tayyorgarlik davrida faqat muskullar
qizishi sodir bo‘lmasdan, balki qon aylanishi, nafas olish va boshqa
sistemalar faoliyati asta-sekin ortib boradi.
53
IV
Do'stlaringiz bilan baham: |