Anatomiya yangi indd
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5269219982159382883
Harakatlar
yurish. Yurish odam gavdasining fazoda joy almashishni ta’minlovchi harakatlarning asosidir. Yurish murakkab lokomo- tor harakat bo‘lib, uni ta’minlash faqat muskullar harakatigagina emas, balki tomirlarga, xususan, nerv sistemasiga ham bog‘liqdir. Odam yurganda asosiy ishni muskullar bajaradi, ammo ana shu muskullar ning ishini nerv sistemasi tartibga solib turadi. Yurilayot- gan yuza yurish-tayanch sathi deyiladi. Tayanch yuzaning xilma- xilligi muskullar ishini qiyinlashtirishi yoki osonlashtirishi mumkin.
50 Masalan, tekis va qattiq yerda yurish muskullar ishiga osonlik va qulaylik tug‘dirsa, o‘ydim-chuqur yerlarda yurish ancha qiyinlik tug‘diradi. Yumshoq yerlarda yurish esa mustahkam tayanch yuza yo‘qligi tufayli ko‘p kuch sarf qilishni talab etadi. Shuning uchun ham bunday tayanch yuzada yurish odamni tez charchatadi. Yurgan vaqtda faqat oyoq kaftlarining polga yoki yerga tegib turgan yuza- larigina emas, balki shu yuzalar oralig‘i ham tayanch yuzaga kiradi. Shuning uchun ham qumda yurgan odamga mayda qadam tashlab yurishdan ko‘ra, katta-katta qadam tashlab yurish osonroq bo‘ladi. Tik turgan odam yura boshlaganida o‘zining tik, muvozanatda turgan gavdasini muvozanatdan chiqaradi. Gavda muvozanatdan chiqib ketmasligi uchun tayanch oyoq tomonga sal engashadi va ikkinchi oyoqni oldinga o‘tkazib, navbatdagi qadamni tashlaydi. Demak, yurish odam gavdasi muvozanatining buzilib, tiklanib turishining ketma-ket navbatlashishidan iborat ekan. Yurishga boshlaganda og‘irlik markazidan o‘tgan tik chiziq tayanch yuza- sining old chegarasiga yetadi va undan ham o‘tib ketadi. Bu holda gavdaning oldinga qarab yiqilish xavfi tug‘iladi. Ammo gavdani yiqi lishdan saqlab qolish uchun dumba muskullari qisqaradi. Dar- hol oldinga tashlangan ikkinchi oyoq yerga tovoni bilan, keyin bu- tun panjasi bilan tegadi va tayanadi. So‘ngra orqadagi tayanch oyoq ham yerga tashlangan ikkinchi oyoq to‘g‘risiga kelganda to‘xtamay oldinga o‘tib ketsa, shu oyoq bilan bajarilgan ish yakka qadam deb ataladi. Har bir qadam ikki qismga — orqa va old qadamga bo‘linadi. Orqa va old qadamlarni ajratish gavdadan o‘tkazilgan frontal tekislikka qarab aniqlanadi. Oldinga qadam tashlayotgan oyoqning harakati sonning to‘rt boshli, muskuli va chanoq-son bo‘g‘imini bukuvchi boshqa mus- kullarning qisqarishi hisobiga, «orqa qadam» holidagi oyoqning ol- dinga qadam tashlashi yerni oyoq uchi bilan itarish hisobiga, ya’ni boldirning uch boshli muskuli qisqarishi hisobiga amalga oshirila- di. Nihoyat, oyoq yerdan uziladi va fazoda erkin holatda qoladi, yana sonning to‘rt boshli muskuli va chanoq-son bo‘g‘imi bukuv- chi mus kullarining qisqarishi tufayli oldinga qadam tashlanadi va harakat takrorlanadi. Bir oyoq yerdan uzilib, fazoda turgan vaqtda ikkinchi oyoq albatta, yerga tayanib turgan bo‘ladi, ya’ni yurgan vaqtda yerdan uzilishga ulgurmaydi. yurish yugurishdan shu bi- 51 lan farq qiladi. Kishi yurib ketayotgan vaqtida gavdaning og‘irlik markazi biroz yuqoriga ko‘tarilib, yana pastga tushib turadi. Og‘irlik markazining yuqoriga ko‘tarilishi oyoqlarni bir-biriga jipslash davriga to‘g‘ri kelsa, pastga tushish old va orqa qadam fazalarida bo‘ladi. Yurib ketayotgan odam og‘irlik markazining ko‘tarilib tushib turish amplitudasi 4—6 sm chamasida bo‘ladi. Yurish vaqtida faqat oyoq muskullari emas, balki gavdaning boshqa muskullari ham, ayniqsa qo‘l muskullari faol ishlaydi. O‘ng oyoq oldinga qadam tashlagan vaqtda o‘ng qo‘l orqaga, orqaga qad am tashlagan vaqtda oldinga chiqadi. Bu hol yurib ketayotgan odam gavdasini o‘z o‘qi atrofida buralib ketishdan saqlaydi. Shuning uchun ham qo‘l muskullarining harakat tezligi yurish tezligining o‘zgarishiga qarab o‘zgaradi. Oyoq uchida yurish oddiy yurishdan farq qiladi. Oyoq uchida yurilganda boldir-oshiq bo‘g‘imini bukuvchi boldirning uch boshli muskuli bor kuchi bilan qisqaradi va boldir-oshiq bo‘g‘imi oxiriga- cha bukilgan holatga keladi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling