Anatomiyadan amaliy


Download 0.82 Mb.
bet117/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Bachadon (uterus). Bachadon qalin mushakli kovak a`zo bo’lib, shakli nokka o’xshaydi. U kichik chanoq bo’shlig’ida qovuq bilan to’g’ri ichak o’rtasida joylashadi. Unda tana (corpus), bo’yin oldi (isthmus), bo’yin (cervix) va tub (fundus) qismlari farq qilinadi. Bachadonning tepasi oldindan orqaga qarab bir oz yassilashgach, keng tepa qismi, yuqoridan pastga qarab kichrayib, uzaygan uchburchak shaklini oladi. Uning davomi bachadon bo’yniga aylanib, boshlanish qismiga bo’yin oldi qismi deyiladi. Umuman bachadon bo’yni joylashgan (o’tgan) joyiga qarab ikki qismga bo’linadi. Uning oxirgi, qin ichiga chuqur botib kirgan uchiga qin qismi (portio vaginalis) deyiladi. Bachadon teshigi shu yerda qinga ochiladi. Bo’yinning qolgan ustki qismiga qin ustidagi qismi (portio supravaginal) deyiladi.
Bachadonning devori seroz (tun. serosa), mushak (tun. muscularis) va shilliq (tun. mucosa) qavatlardan tashkil topgan. Seroz qavati bachadonning ustki ko’p qismini qoplasa, shilliq qavati - uning mayda bo’yin kanalining ichini qoplaydi. Seroz qavati bilan mushak qavatlari orasida yog’ to’qima bo’lib, unga adventitsiyali qavat – parametrium deyiladi.
Qorin pardaning parietal varag’i qovuqni yopib o’tgach, bachadonning pastki sohasida uning oldingi va qin usti sohalariga o’tib, oldingi devorini, tubini va uning orqa devorini yopadi. Pastga tusha borib, bachadon tanasini, bo’ynini va qinning orqa gumbazini yopgach, to’g’ri ichakning pastki oldingi sohasiga o’tib ketadi. Qorin pardaning bunday yurishidan qovuqning orqa devori bilan bachadonning va bachadonni orqa devori bilan to’g’ri ichaklar orasida ikkita qorin parda chuqurligi hosil bo’ladi. Ularning birinchisiga – qovuq - bachadon, ikkinchisiga - to’g’ri ichak - bachadon chuqurliklari (excavatio vesicouterina va excavatio rectouterinae) deyiladi. Bu chuqurliklar yon tomonlaridan qo­vuq - bachadon va to’g’ri ichak - bachadon (plicae vesico uterinae et plicae recto uterinae) burmalari bilan chegaralanib turadi.
Bachadonning oldingi va orqa yuzalarini qoplagan qorin parda uning yon qirg’oqlariga yetganda o’zaro birlashib, anchagina masofaga birga boradi va chanoqning yon devorlariga o’tib ketadi. Qorin pardaning ana shu bachadon bilan chanoq devori o’rtasidagi qismi bachadonning keng boylami (lig. latum uteri) deb ataladi. Bu boylamning bachadon nayi bilan tuxumdon o’rtasidagi bachadonga yaqinroq turgan qismi bachadon tutqichi (mesometrium) deb ataladi. Keng boy­lamning orqa yuzasiga tuxumdon tutqichi (mesovarium) yopishgan. Ana shu tutqich bilan bachadonning yuqoridagi ikki burchagidan fallopiy nayi boshlangan joyining old tomonidan yana bitta yumaloq boylam (lig. teres uteri) boshlanib, chov kanalining ichki teshigi tomon yo’naladi, so’ng chov kanalining ichidan o’tib, qov sohasidagi terida va katta uyatli lablarda tugaydi. Bu boylamning tarkibida mushak tolalari ham bor.
Bachadon keng boylamining oldingi va orqa varaqlari chanoqning devorlariga yetgach, qorin pardaning parietal varag’iga o’tib ketadi. Shunday qilib, bachadonning yon tomonlari qorin parda bilan yopilmay qoladi. Keng boylamning bu varaqlari orasida, uning asosidan siydik yo’li, bachadon arteriyasi, bachadon - qin, vena va nerv chigallari o’tadi. Bunda bachadon arteriyasi bo’ylab bacha­donning toj boylami (lig.cardinale uteri) o’tadi.
Bachadonning mustahkamlanib turishida uning keng, bachadon - dumg’aza va yumaloq boylamlardan tashqari, siydik yo’li va tanosil diafragmasidan o’tib, unga mustahkam birikkan
qinning ahamiyati ham katta. Umuman olganda, bachadon kichik chanoq o’rta chizig’i bo’ylab, qovuq bilan to’g’ri ichak orasida oldinga egilgan holatda (anteversio) bo’ladi. , Shunday bo’lsada, uning chanoqdagi holati qovuq, to’g’ri ichak va ichaklarning to’lgan yoki to’lmagan holatiga ham bog’liq bo’ladi.
Bachadon ichki yonbosh arteriyasidan chiquvchi bachadon arteriyasi (a. uterina) bilan va qorin aortasidan chiquvchi tuxumdon (a. ovarica) arteriyasidan qon bilan ta`minlanadi. Uning uchinchi arteriyasi qorin tepasi pastki arteriyasining tarmog’i bo’lmish yumaloq boylamlar arteriyasi (a. lig. teretis uteri) dir. Bu arteriya tashqi yonbosh arteriyasini bachadon arteriyalari bilan birlashtirib turadi.
Bachadon devorining yon tomonlarida juda ko’p vena chigallari (plexus venosus uterinus) joylashadi. Bu venalar bachadon arteriyasini o’rab, bachadondan vena qonlarini ichki yonbosh vena (v. iliaca interna) ga quyadi.
Bachadonning tana qismida limfa yo’llari qorin aortasi va pastki kovak vena atroflaridagi limfa tugunlariga ochiladi. Uning bo’yin qismidan esa, yonbosh va dumg’aza arteriyalari bo’ylab joylashgan limfa tugunlariga ochila­di. Bachadon tubidan va uning yumaloq boylamidan chiqadigan limfa yo’llari chov limfa tugunlariga ochiladi.
Bachadonni simpatik va parasimpatik nerv tolalari innervatsiya qiladi. Bachadonning qo’shoqlari bo’lib, bularga ikkita tuxumdonlar bilan ikkita bachadon (Fallopiy) naylari kiradi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling