Anatomiyadan amaliy


Erkaklarning uyatli sohasi (reg. pudendalis)


Download 0.82 Mb.
bet114/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Erkaklarning uyatli sohasi (reg. pudendalis). Bu sohada erlik olati, yorg’oq va uning ichida joylashgan moyaklar joylashadi.
Erlik olati (penis). Asosan uchta g’ovak tanadan hosil bo’lib, uning ildizi (radix penis), tanasi (corpus penis) va boshi (glans penis) farq qilinadi. G’ovak tanalarning bittasi siydik chiqarish kanalining orqa tomonidan o’tib, uni o’rab turadi va corpus spongiosum penis deyiladi. Qolgan ikkitasi uning ustida va ikki yon tomonida joylashadi.
Bularning uchchalasi ham erlik olatining umumiy fastsiya (fascia penis) si bilan qoplanib, ularning ichida juda ko’p katta - kichik bo’shliqlar, kataklar bo’ladi. Ana shu bo’shliq va kataklar epiteliy bilan qoplangan bo’lib, qon bilan to’lib turadi. G’ovak tanalarining o’zlari silliq mushak tolalari va elastik fibroz to’qimalardan tuzilgan bo’lib, cho’ziluvchanlik xususiyatiga egadir.
Erlik olatining terisi yupqa, cho’ziluvchan bo’lib, uning ichida erkin qoplab turuvchi qism (preputium) ni hosil qiladi. Teri ostida siyrak to’qima, uning ostida silliq mushak tolalari joylashadi.
Olatning taranglanishida uning ushlab turuvchi boylami katta xizmat qiladi. Bundan tashqari, olatning g’ovak tanalari quymich va qov suyaklarining ichki yuzalariga ham mahkam birikib yotadi.
Erlik olatining orqasidagi g’ovak tanalar oraliqlarida fastsiya va o’siqsimon pardaga o’ralib, olatning orqa venasi (v. dorsalis penis) o’tadi. G’ovak tanalardan chiqadigan vena qonlari asosan shu vena orqali qovuq vena chigaliga quyiladi. Bu venaning ikki yon tomoni bo’ylab ichki uyatli arteriyasining tarmoqlari bo’lmish olatning orqa arteriya (a. dorsalis penis) lari o’tadi. Bundan tashqari, uyatli arteriyalar siydik chiqarish kanaliga va olat so’g’oniga ham (a. bulbi penis) tarmoq beradi. G’ovak tanalarning ichidan olatning chuqur arteriyasi (a. profunda penis) o’tadi.
Olat orqa arteriyalarining yon tomonlari bo’ylab uyatli nerv tarmoqlari bo’lmish olatning orqa nervlari (n. dorsalis penis) o’tadi. G’ovak qavatlar simpatik nervlar bilan ham innervatsiyalanadi. Ular olatga prostata chigalidan chiqib g’ovak nervlari (n.n. cavernosi penis) tarkibida keladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling