Anatomiyadan amaliy


Erkaklarning siydik chiqarish kanali (urethra masculi­ne)


Download 0.82 Mb.
bet111/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Erkaklarning siydik chiqarish kanali (urethra masculi­ne). Erkaklarning siydik chiqarish yo’li shilliq, shilliq osti va mushak qavatlaridan tuzilgan nay bo’lib, u faqat siydik chiqarish yo’li bo’lib qolmasdan, urug’ chiqarish yo’li hamdir. Shu oxirgi funktsional vazifasi bilan ayollarning siydik chiqarish kanalidan farq qiladi. Uning uzunligi qovuqdan to tashqi teshigi (ostium urethrae externum) gacha 16 - 18 sm bo’ladi.
Siydik chiqarish yo’lining uch qismi: prostata (pars prostatica), parda (pars membranacea) va g’ovak tana (pars spongiosa) qismlari tafovut qilinadi. Birinchi va ikkinchi qismlari erkaklik olatining mahkamlanib turgan, uchinchi qismi - harakatlantiruvchi qismiga to’g’ri keladi.
Prostata qismining uzunligi 2,5 - 3 sm bo’lib, prostata bezining o’rtasidan o’tadi. Uning orqa devorida do’mbog’i (calliculus seminalis) bor. Shu do’mboqning ikki yon tomonida teshikchalari bo’lib, unga prostata bezi (sinus prostaticus) yo’llarining teshiklari ochiladi.
Parda qismining uzunligi 1,5 - 1 sm cha bo’lib, prostata bezining pastki qismidan, olat so’g’oni (bulbus penis) gacha davom etadi. O’z yo’lida siydik - tanosil diafragmasi (diaphragma urogenitale) ni teshib o’tadi. Uning ikki yon tomonlarida Kuper bezlari joylashib, bu bezning chiqaruv teshiklari siydik chiqaruv teshigining g’ovak tana qismiga ochiladi.
Parda qismining shilliq qavati uzunasiga ketgan burmalar hosil qiladi. Undan keyin ikki qavatdan iborat (bo’ylama va sirkulyar) siydik chiqarish kanali ixtiyoriy qisqichining (m. sphincter urethrae) silliq va ko’ndalang targ’il mushak tolalari joylashadi.
Siydik chiqarish kanalining g’ovak tana qismi, uning eng uzun qismi bo’lib, 13 - 15 sm keladi. U olatning pastki qismidan o’tib, uning g’ovak tanasi (corpus spongiosum penis) bilan deyarli o’ralib yotadi. Kanal shilliq qavatning deyarli butun yo’lida mayda bezlar (gl. urethralis) uchrab, ularning chiqaruv teshiklari kanal ichiga ochiladi.
Kanal teshigining hajmi joylariga qarab har xil bo’ladi. Uning eng tor joyi parda hamda qovuqdan kanalga o’tadigan qismida va tashqi chiqaruv teshigida uchraydi. Kengaygan joyi bo’lsa prostata, olat so’goni va siydik - tanosil diafragmasidan o’tgan joyida bo’ladi. Uning bu holatini qovuqqa kateter kiritayotganda e`tiborga olish kerak. Aks holda, temir kateterlarni hajmini inobatga olmasdan kiritsak kanalning tor joylarini yirtib yuborishimiz mumkin. Bundan tashqari, siydik chiqarish kanalining ikkita egri joyi bo’lib, birinchi egriligi pastga qarab qiyshayib, qov simfizining pastiga qarab yuradi va kanalning parda qismini g’ovak tana qismiga o’tadigan joyiga to’g’ri keladi. Ikkinchi egrilik yuqoriga qarab qiyshayib, olatning ildiziga, mahkamlanib turgan qismini harakatlantiruvchi qismiga o’tadigan joyiga to’g’ri keladi. Shunday qilib, siydik chiqarish kanalining yo’li «S» harfiga o’xshab ketadi. Agar erkaklar olatini uchidan ushlab cho’zib yuqoriga (qorin oldingi devoriga qarab) ko’tarsak, bu yo’l «V» shakliga o’xshab qoladi. Bunda kateterni kiritish osonlashadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling