Anatomiyadan amaliy


Erkaklar oralig’i (perineum masculinis)


Download 0.82 Mb.
bet113/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Erkaklar oralig’i (perineum masculinis). Sohaning terisi yupqa, markazga qarab qalinlashib boradi. Orqa chiqaruv teshigining atroflarida hamda yorg’oqqa yaqinroq joylardagi teri qoraygan pigmentga boy, jun bilan qoplangan bo’lib, ter hamda yog’ to’qimalarga boydir. O’rta chiziqda choq (raphe) hosil qiladi. Bu sohaning terisi uyatli nervi (n. pudendus) va sonning orqa teri nervining oraliq tolasi (n. cutaneus femoris posterior) bilan innervatsiyalanadi. Teri osti yog’ to’qimasi markazdan tashqariga qarab qalinlashib boradi.
Yog’ to’qimaning ostidagi hamda orqa chiqaruv - oraliq yuzaki fastsiyalari (fascia anoperinealis superficialis) ancha yupqa, sohaning oldingi yuzasida yorg’oq fastsiyasiga qo’shilib, uning go’shtdor qavat (tunica dartos) iga o’tib ketadi. Yon tomonlaridan esa, u sonning yuzaki fastsiyasiga o’tadi. Uning ostida oraliq mushaklarini yopib turuvchi aponevrozning tashqi qavati kelib, u yon tomonlardan qov hamda quymich suyaklariga, orqadan - quymich do’mboqlarini bir­lashtirib turadigan chiziq (linea biischiadicae) qa birikadi. Keyin egilgan holda, ichkariga o’tib, oraliqning yuzaki ko’ndalang mushagining (m. transversus perinei superficialis) orqa sohasida chuqur yotgan aponevroz bilan birlashadi (54- rasm).
Aponevrozdan so’ng sohaning yon tomonlarida bir - biriga simmetrik va to’g’ri burchak hosil qilgan holda uchta mushaklar yotadi. Bulardan biri – quymich - g’ovak tana (m. ischiocavernosus) mushagi bo’lib, uchburchakning yon tomonlarida joylashadi. Ikkinchisi - uchburchakning orqa devorini hosil qiluvchi oraliqning yuzaki ko’ndalang (m. transversus perinei superficialis) mushagi va uchinchisi - ichki tomonda yotib, g’ovak tana - piyozcha mushagi (m. bulbospongiosae) deyiladi. Bu sohada erkaklik olatining g’ovak tana hamda so’g’oni joylashadi.
Bularning ostida o’rta qavat aponevrozi yotib, u orqadan yuzaki qavat aponevrozi bilan birikadi, oldindan esa - simfizgacha yetmasdan ravoqsimon bo’lib tugaydi. Keyingi qavatda oraliqning ko’ndalang chuqur mushagi (m. transversus perinei profundus), so’ngra oraliq chanoq parietal fastsiyasidan hosil bo’lgan aponevrozning uchinchi varag’i joylashadi.
Siydik chiqaruv kanalining siydik - tanosil diafragmasini teshib o’tgan qismi uning pardali qismi deyiladi. Bu yerda oraliqning chuqur ko’ndalang mushagi unga ixtiyoriy qisqichini hosil qiladi. Siydik - tanosil diafragmasini ichki uyatli arteriya qon bilan ta`minlaydi. Bu yerdagi vena qoni ham shu nomli vena orqali chiqib ketadi. Diafragmani uyatli nerv innervatsiya qiladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling