Anatomiyadan amaliy
Chanoq fastsiyalari (fasciae pelvis)
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
Chanoq fastsiyalari (fasciae pelvis). Chanoqda parietal hamda vistseral fastsiyalar tafovut qilinadi, birinchisi, qorin ichki fastsiyasining davomi bo’lib hisoblanadi. Parietal fastsiya (fascia parietalis pelvis) chegara chiziqdan (linea terminalis) boshlab, toki quymich – do’mboq boylamigacha bo’lgan chanoq devorini hamda u yerdagi mushaklarni (noksimon, dum, ichki yopqich) qoplaydi. Vistseral varaq (fascia visceralis pelvis) esa katta chanoqning oldingi devori bo’lmish qorin devori pastki sohalarini ichkaridan yopib, u yerdan chanoqdagi bel - yonbosh mushagiga o’tadi va uning ham ustidan yopgach, chegara chiziqni aylanib, kichik chanoq bo’shlig’iga tushadi.
Chanoqning parietal varag’i qalinlashib, qov suyagi simfizining ichki qirrasidan, quymich suyagining uchli o’tkir o’sig’igacha bo’lgan masofada payli ravoq (arcus tendineus) ni hosil qiladi. Bu ravog’dan orqa chiqaruv teshigini ko’taruvchi mushaklarning boshlanishini yuqorida yozib o’tgan edik. Parietal varaq pastga, oraliqqa o’tgach, chanoq hamda siydik - tanosil diafragmalarini yorib, oraliq fastsiyasi degan nomni oladi. Bu yerda u oraliqning chuqur ko’ndalang mushagini ustidan yopib, siydik - tanosil diafragmasining ustki fastsiya (fasia diaphragmatis urogenitalis superior) si, ostida shu diafragmaning pastki fastsiya (fascia diaphragmatis urogenitalis inferior) si deb ataladi. Mushakning oldingi qirrasida bu fastsiyalar o’zaro birikib, oraliqning ko’ndalang boylami (lig. transversum perinei) ni hosil qiladi. Shunday qilib, chanoqning parietal fastsiyasi chanoqdagi mushaklarni (orqa chiqaruv teshigini ko’taruvchi, noksimon, ichki yopqich va oraliqning ko’ndalang chuqur mushagi) hamda chanoq devorlarini yopib, pastga tushgach, kichik chanoq a`zolariga o’tadi va vistseral varaqqa aylanadi. Vistseral varaq ham o’z navbatida chanoq a`zolarining atroflaridan yuqoriga ko’tarilib, parietal varaqqa o’tadi. Bunda vistseral varaqning tik ko’tarilgan plastinkalari sagittal yo’nalishda bo’lib, qov simfizidan quymichgacha tortilib boradi. Bu varaqlar chanoqning oldingi sohasida prostata bezi bilan siydik qopini o’raydi va siydik - tanosil uchburchagi yuqori qismiga birikib, oldindan siydik qopi oldi fastsiyasiga o’tib ketadi. Oxirgi fastsiya kindik bilan chanoq tubi orasida joylashadi. Vistseral varaqning tik ko’tarilgan plastinkalarining orqa sohasida chanoqning vistseral varag’i oldin to’g’ri ichakning yon tomonlaridan o’tib, keyinchalik uning orqasida o’zaro birlashadi (51- rasm). Vistseral varaqning tik ko’tariluvchi plastinkalari orasida, qorin pardaning parietal varag’idan hosil bo’lib, oraliqqa boradigan ko’ndalang yo’nalishli to’siq qorin - oraliq fastsiya (fascia peritoneoperinealis) si deyiladi. Bu to’siq birlamchi qorin pardaning ikki varag’idan hosil bo’lib, siydik - tanosil a`zolarini to’g’ri ichakdan ajratib turadi. Shunday qllib, chanoqda ikkita yopiq - oldingi va orqa fassial qobiqlar hosil bo’ladi. Bularning birinchisini, oldindan qovuq oldi fastsiya bilan yopilgan qov simfizi, yon tomonlaridan - vistseral fastsiyaning tik ko’tariluvchi plastinkalari, pastdan – oraliq, orqadan - qorin - oraliq fastsiyasi chegaralab turadi. Bu oldingi fassial qobiq ichida erkaklarda qovuq, prostata bezi, urug’ pufakchalari, urug’ chiqaruv yo’llarining oxirgi uchlari va yog’ to’qima joylashadi. Ayollarda esa, qovuq bilan qin joylashadi. Orqa qobiq oldindan – qorin - oraliq fastsiyasi, yon tomonlardan - vistseral fastsiyaning tik ko’tariluvchi plastinkalari, yuqoridan - qorin pardaning parietal varag’i, pastdan - oraliq, orqadan - quymich bilan chegaralanib, unda yog’ to’qima va to’g’ri ichak joylashadi. Kichik chanoq bo’shlig’ini uch qavatga: yuqori, o’rta va pastki qavatlarga bo’lib o’rganadilar (52-rasm). Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling