Anatomiyadan amaliy


Toq, va yarim toq venalari (vv. azygos et hemiazygos)


Download 0.82 Mb.
bet104/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Toq, va yarim toq venalari (vv. azygos et hemiazygos). Pastki kovak venaga quyadigan to’rtta bel venalaridan ko’tariluvchi bel vena (v. lumbalis ascendens) lari ajralib chiqib, o’ng tomonda toq, chap tomonda - yarim toq, venalarini hosil qiladi. Bular umurtqalarning oldingi yon tomonlari bo’ylab ko’tarilib, diafragmaning ichki hamda o’rta oyoqchalari o’rtasidan o’tgach, orqa ko’ks oralig’iga kiradi. Yarim toq, vena VII - VIII ko’krak umurtqalari ro’parasida o’ng tomonga o’tib, toq venaga, u esa o’z navbatida - yuqori kovak venaga quyiladi. Toq va yarim toq venalari kavo - kaval anastomozida katta rol o’ynaydi. Qorinparda orqasidagi bo’shliqning nervlari asosan simiatik poya, simpatik chigallarni hamda adashgan nerv tolalarini o’z ichiga oladi.
Simpatik poyaning bel qismi (pars lumbalis truncus sympathicus). Simpatik poya orqa ko’ks oralig’idan diafragmaning tashqi va o’rta oyoqchalari orasidan chiqib kelib, bel umurtqalarining oldingi sohasida joylashadi. Simpatik poya beshta tugunni hosil qiladi. Bu tugunlar bir - biri bilan tugunlararo tarmoqlar (rami intergangiionare) bog’langan bo’ladi. Bundan tashqari, ular o’zlarining ko’ndalang tolalari yordamida qarama - qarshi tomondagi tugunlar bilan ham birlashadilar.
Qorinchitali (plexus coeiiacus). Qorinning arterial stvoli atrofida hosil bo’ladi. Uning hosil bo’lishida ichki a’zolarga boruvchi katta va kichik nerv (pp. splanchnicus major et minor) lar qatnashib, ulardan chiqqan nerv tolalari qorinning simpatik chigalidan so’ng qon tomirlarga, me’da va ichaklarga tarqaladi va ularning ishini
(harakatlarini sekinlashtirish, toraytirish va h. k.) yo’lga solib turadi. Bulardan tashqari, qorinsimpatik chigalining hosil bo’lishida adashgan nervlar, ko’krak aorta chigali va o’ng diafragma nervlarining tarmoqlari ham qatnashadi.
Qorin simpatik chigalidan chiquvchi tolalar boshqa nerv chigallarini ham (buyrak, buyrak usti, yuqori va pastki ichak tutqich, qorin, aorta, bel oldi va dumg’aza) hosil bo’lishida qatnashadi. Ular qorin bo’shlig’i hamda qorin parda orqasi bo’shliqlaridagi a’zolarni innervatsiya qilib turadi.
Qorinparda orqasidagi bo’shliqning limfa yo’llari juda ko’p limfa chigallarini va tugunlarini hosil qiladi. Bunda oyoqlardan, chanoq a’zolaridan, qorin bo’shlig’idan hamda Qorindevorlaridan limfa qabul qilayotgan hamma limfa tugunlari uchta limfa stvolini hosil qiladi. Ularning ikkitasi juft, ya’ni bel limfa stvoli (trunci lumbales) va bittasi toq - ichak limfa stvoli (trunci intestinaiis) dir. I bel va XII ko’krak umurtqalari ro’parasida bu stvollar o’zaro birlashib, ko’krak limfa qopchasi (cycterna chili) ni hosil qilib, keyinchalik bu yo’l ko’krak limfa yo’li (ductus thoracicus) deb nomlanadi. U yuqoriga ko’tarilib orqa ko’ks oralig’iga, diafragmaning medial oyoqchalari orasidan o’tib ketadi. Ko’krak qafasida ko’krak limfa yo’li aortaning o’ng tomonidan o’tib, chap vena burchagiga quyiladi.
Yuqori hamda pastki kovak venalar orasida uch joyda kavo - kaval anastomozlari hosil bo’ladi. Bular: qorinning oldingi devorida, Qorinparda orqasidagi bo’shliqda va umurtqa pog’onasi yonidagi hosil bo’lgan anastomozlardir. Ularning klapanlari bo’lmaganligi tufayli, yonlama qon aylanishi ikkala tomonga ham (yuqori va pastki kovak venaga) yo’nalish imkoniyatiga egadir.
Qorin hamda ko’krak devorlarida yonlama qon aylanish yo’llari ularning yuzaki va chuqur qavatlarida joylashadi. Bunda yuzaki qavatlardagi anastomozlar qorinning teri ostidagi venalari orasida (vv. subcutanea abdominis), qorintepasidagi pastki vena (son venasiga quyadi) bilan qorin tepasidagi ustki venalar (o’mrov osti venasiga quyadi) orasida hosil bo’ladi.
Qorin hamda ko’krak qafasi devorlarining orqa sohalarida yonlama qon aylanish jarayoni toq va yarim toq venalari bilan bel
venalari orasida hosil bo’ladi. Bunda bel venalari (pastki kovak venaga quyadi) bilan ko’tariluvchi bel venalari (toq va yarim toq venalariga quyadi) orasidagi anastomozlar kavo - kaval anastomozlarini hosil bo’lishiga olib keladi.


Umurtqa pog’onasi atrofida hosil bo’lgan vena chigalla­ri, uning tashqi va ichki vena chigallarining yig’indisidan hosil bo’ladi. Umurtqaning tashqi vena chigali oldingi va orqa guruhlarga (plexus venosi vertebralis externi anterior et posterior) bo’linadi. Birinchisi umurtqa pog’onasining oldingi va orqa sohasida joylashadi, ikkinchisi (orqangi va oldingi - plexus venosi vertebralis interni anterior et posterior) - umurtqa tanalarining orqasida hamda umurtqa yoyining va sariq boylamlarning ichki yuzasida joylashadi. Bu chigallar umurtqa (yelka - bosh venasiga quyadi) hamda bel va qovurg’alararo (pastki kovak venaga quyadi) venalari bilan anastomozda bo’ladi.
Bu borada kovak venalar bilan qopqa vena sistemasi orasidagi yonlama qon aylanishiga ham to’xtalib o’tishimiz zarur. Qopqa venasining torayishi yoki qisilishi, tiqilishi hamda jigar sirrozida undan qon o’tmay qolishi natijasida qon qopqa vena sistemasidan porta - kaval anastomozlarini hosil qiluvchi, yonlama qon tomirlari orqali kovak venalarga o’tadi. Bunday anastomozlarning uchta asosiy guruhlari mavjud: 1) me’daning chap venasi va qizilo’ngachning yuqori qismi venalari (toq va yarim toq venalarning boshlanishi) bir tomondan hamda me’daning katta venasi (qopqa venasiga quyadi), ikkinchi tomondan o’zaro anasto­moz hosil qiladi. Bu anastomoz orqali qopqa vena yuqori kovak vena bilan birlashadi: 2) to’g’ri ichakning yuqori venasi (ichak tutqichning pastki venasiga quyadi) bilan to’g’ri ichakning o’rta va pastki venalari (pastki kovak venaga quyadi) orasidagi anastomoz, qopqa vena sistemasini pastki kovak vena bilan birlashtiradi; 3) kindik atrofidagi venalarni jigar yumaloq boylami tarkibidagi kindik venasi bilan o’zaro anastomozi ikkala kovak venalarni qopqa venasi bilan birlashtiradi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling