Anatomiyadan amaliy


Qorin aortasi (aorta abdominalis)


Download 0.82 Mb.
bet103/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Qorin aortasi (aorta abdominalis). Ko’krak aortasi XII ko’krak hamda I bel umurtqalarining ro’parasida diafragmaning aorta teshigi (hiatus aorticus) dan qorin parda orqa bo’shlig’iga
o’tgach, qorin aortasi (aorta abdominalis) deb ataladi. U bel umurtqalarining oldida va bir oz chap tomonidan pastga qarab yunalib, IV bel umurtqasining ro’parasida o’ng va chap umumiy yonbosh arteriyalari (aa. iliaca communes) ga bo’linadi. Qorinaortasi bo’linadigan joyida o’zidan yana bitta arteriya - dumg’azaning oraliq arteriya (a. sacralis mediana) sini beradi. Aortaning ikkita umumiy yonbosh arteriyalariga bo’linadigan joyiga uning ayrisi (bifurcatio aortae) deyiladi. Qorin aortasining oldida me’da osti bezi, 12 barmoq ichakning ko’tariluvchi qismi va ichak tutqichining ildizi yotadi. Uning o’ng tomonidan pastki kovak vena, chap tomonidan - chap simpatik poyaning bel qismi o’tadi.
Qorin aortasi o’zidan toq va juft tarmoqlarni chiqaradi. Uning toq tarmoqlari asosan oldingi sohasidan chiqib, bularga qorinning arterial stvoli (truncus coelia-cus), ichak tutqichning yuqori va pastki arteriyalari kiradi. Bularning birinchisi XI - XII ko’krak umurtqalarining ro’parasida, ikkinchisi - I bel va uchinchisi - II - IV bel umurtqalarining ro’parasida aortadan chiqadi.
Juft tarmoqlari aortaning yon devorlaridan chiqib, ularga diafragmaning o’ng va chap pastki arteriyalari (aa. phrenicae inferioris dextra et sinistra), buyrak usti bezining o’rta arteriyalari (a. suprarenalis media), buyrak arteriyalari (aa. renalis), moyak arteriyalari (ayollarda tuxumdon arteriyasi) - aa. testicularis (aa. ovarica) hamda to’rt juft bel arteriya (aa. bumbalis) lari kiradi.
Pastki kovak vena (vena cava inferior). Pastki kovak vena, venalar ichida eng kattasi bo’lib, uzunligi 23 - 25 sm, eni 2 - 3,5 sm keladi. Shundan 18 - 20 sm qorin bo’shlig’iga, 2 - 5 sm ko’krak bo’shlig’iga to’g’ri keladi. U bel umurtqalari­ning o’ng tomonida joylashib, qorin aortasiga parallel holda qorin parda orqasida yotadi.
Pastki kovak vena to’rtinchi va beshinchi bel umurtqala­rining qo’shilgan joyida o’ng va chap umumiy yonbosh venalari (v. iliaca communis dextra et sinistra) ning qo’shiluvidan hosil bo’ladi. Bu venaning pastki qismi o’ng tomondagi bel mushagining (m. psoas major dexter) medial tomoni, undan so’ng mushakning oldingi tomoni bo’ylab yuqoriga ko’tarilib, diafragma bel qismining o’ng tomonidagi pay qismidan o’ziga xos teshik (foramen venae cavae) orqali ko’krak bo’shlig’iga o’tadi. Bu joydan oldinga va bir oz ichkariga qarab yo’nalib, yurakning o’ng bo’lmachasiga quyadi. Pastki kovak vena o’z yo’lida bir qancha a’zolarga tegib turadi. Masalan, uning qorin sohasidagi qismining orqasida o’ng tomondagi bel arteriyalari (aa. lumbalis), diafragmaning pastki arteriyasi (a. phrenica inferior), buyrak usti bezining arteriyasi (a. suprarenalis), buyrak arteriyasi (a. renalis) hamda o’ng simpatik nervining chegara stvoli joylashadi; venaning o’ng yuzasi bel mushagiga, chap tomoni esa qorin aortasiga tegib turadi. Pastki kovak venaning yuqori qismi diafragmani o’ng tomondagi medial oyoqchasi bilan aortadan ajratib turadi.
Pastki kovak venaga asosan juft venalar kelib quyiladi. Bular: diafragmaning pastki venalari (vv. phrenicae, inferiores), buyrak usti bezlarining o’rta venalari (vv. suprarenalis media), buyrak venalari (vv. renalis), o’ng moyak venasi (v. testicularis dextra), buyrak venasiga quyadigan chap moyak venasi (v. testicularis sinistra), to’rtta bel venalari (vv. lumbalis) hamda jigar venalari (vv. hepatica). Bulardan tashqari, bu venaga qopqa venasini hosil qilib, keyinchalik jigar venasi orqali quyiladigan toq, venalar (ichak tutqichning yuqori va pastki hamda taloq venalari) ham quyiladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling