Anatomiyadan amaliy
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
Kaft usti oldingi sohasi (regio capri anterior) ning terisi yupqa, kam harakatchan, teri osti yog‘ to‘qimasida qo‘lning medial va lateral venalarining boshlang‘ich qismlari hamda bilakning medial va lateral teri nerv tarmoqlari o’tadi. Bundan tashqari, bu уerda tirsak va o‘rta nervlarining kaft tarmoqlari ham bo‘ladi. Xususiy fastsiya qalinlashib, ancha mustahkam bo‘lgan mushaklarni ushlab turuvchi boylam (retinaculum flexorum) ni hosil qiladi. Bu boylamning yuzaki va chuqur varaqlari bo‘lib, chuqur varag‘i kaft usti suyaklari oralaridagi bo‘shliqlarni yopib o’tadi, yuzakisi esa tashqaridan qayiqsimon suyak bilan trapetsiya suyaklari, medial tomondan- no‘xatsimon suyak bilan ilmoqli suyakning oralarida tortilib turadi. Boylamning chuqur va yuzaki varaqlari orasida,
panjani bukuvchi chuqur va yuzaki mushak payi hamda bosh barmoqni bukuvchi uzun mushak payi bilan o‘rta nervi o’tadigan kaft kanali (canalis capri) hosil bo‘ladi. Bu kanaldan ikkita sinovial- bilak va tirsak sinovial xaltalariga o‘ralgan holda 9 ta mushakning naylari o’tadi. Bilak sinovial xaltasida bitta mushak payi- bosh barmoq mushagining payi yotadi. Qolgan 8 ta mushak payi, to‘rttadan ikki qator bo‘lib, tirsak sinovial xaltasida joylashadi. Yuqorida qayd qilganimizdek, bu sinovial xaltalar yuqoridan bilakka o’tib, o‘zlarining xalta tublari bilan Pirogov yog‘ to‘qima bo‘shlig‘iga o’tib turadi (11 - rasm). Mushak paylarini ushlab turuvchi boylamning chuqur varag‘i bilan trapetsiyasimon suyak orasida kaft – bilak kanali (kanalis karpi radialis) hosil bo‘lib, uning ichidan sinovial qinga o‘ralgan holda panjaning bukuvchi bilak mushagining payi o’tadi. Uchinchi kanal tirsak – kaft kanali (canalis sarpi ulnaris) – mushak paylarini ushlab turuvchi boylam yuzaki varag‘ining ikkiga ajralishidan hosil bo‘ladi. Uning ichidan tirsak qon tomirlari va ularning ichki tomonidan tirsak nervi o’tadi. Bilak suyagi tomonda, уelka- bilak mushagi payi bilan panjani bukuvchi bilak mushagi payi o‘rtasida, yuzaroqda o‘zining ikkita venasi bilan bilak arteriyasi o’tib, o‘zidan kaftning yuzaki arteriyasini beradi. Bu arteriya tenar mushaklari ustidan (yoki ostidan) kaftga o’tib, kaftning yuzaki arteriya ravog‘i hosil bo‘lishida qatnashadi. So‘ngra bilak arteriyasi bosh barmoqni olib qochuvchi va shu barmoqning yozuvchi kalta mushaklarining paylari ostidan “anatomik tabakerka” tomoniga yo‘naladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling