Anatomiyadan amaliy


Download 0.82 Mb.
bet20/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Kaft usti orqa sohasi (regio carpi posterior). Terisi yupqa, harakatchan. Teri osti yog‘ to‘qimasida lateral tomondan qo‘lning lateral venasining, medial tomondan medial venasining boshlang‘ich qismlari bilan bilak nervining orqa teri tarmog‘i o’tadi. Xususiy fastsiyasi qalinlashib, yozuvchi mushaklarni ushlab turuvchi boylamni (retinaculum уextensorum) hosil qiladi. Bu boylamdan mushaklar paylari orasiga to‘siqlar tarqalib, sinovial qinlarga o‘ralgan mushak paylari o’tadigan oltita kanalni hosil qiladi.
Bilak suyagi tomonidagi birinchi kanalda bosh barmoqni olib qochuvchi uzun mushakning payi bilan shu barmoqni bukuvchi kalta mushakning payi yotadi, ikkinchi kanalda – kaftni yozuvchi uzun va kalta mushaklarning paylari, uchinchidan - bosh barmoqni yozuvchi uzun mushakning payi, to‘rtinchidan – panjani va II barmoqni yozuvchi mushakning payi, beshinchidan – jimjiloqni yozuvchi mushakning payi va oltinchidan – panjani yozuvchi tirsak mushagining payi yotadi.Bosh barmoqni olib qochuvchi uzun mushak va shu barmoqni bukuvchi kalta mushakning paylari (bilak suyagi tomonida) bilan bosh barmoqni yozuvchi uzun mushakning payi (tirsak suyagi tomonida) orasida uchburchaksimon chuqurlik orasida “anatomik tabakerka” hosil bo‘ladi. Bu chuqurchaning tubini hosil qilib, u уerdan a. radialis o’tadi.
Bilak arteriyasi “anatomik tabakerka” orqali kaftning orqa yuzasiga o’tib, o‘zidan kaftning orqa tomonidagi shoxni (r. carpus dorsalis) beradi. Keyinchalik bu shoxcha kaftning arteriya chigaliga (rete carpi dorsalis) qo‘shiladi. Orqa arteriya chigali hosil bo‘lishida orqa va oldingi suyaklararo arteriyalarning va tirsak arteriyasiing kaftga boruvchi tarmoqlari ishtirok etadi. Sohani va tirsak nervlarining tarmoqlari bilan innervatsiyalaydi. Kaftning teri osti yog‘ to‘qimasida tik joylashgan fibroz pay tolalari bo’lib, terini kaft apanevrozi bilan bog‘lab turadi. Shuning bilan birga bu fibroz tolalar teri ostidagi yog‘ to‘qimalarini ayrim – ayrim yog‘ bo‘lakchalariga ham bo‘ladi. Yog‘ qavatda panja usti – bilak bo‘g‘imi sohasi va I-Y barmoqlar do‘ngligi terisini innervatsiya qiladigan o‘rta va tirsak nervlarining kaft tarmoqlari o’tadi.
Kaftning o‘rta qismida uning xususiy fastsiyasi qalinlashib, kaft aponevrozini hosil qiladi (12 - rasm). U ancha pishiq, ko‘ndalang va to‘g‘ri yo‘nalgan aponevroz pay tolalaridan tashkil topgan. Kaft aponevrozining uzunasiga yo‘nalgan tutamlari II - Y barmoqlarga o’tib, suyak fibroz kanalini hosil bo‘lishida qatnashadi. Bu kanaldan barmoqlarni bukuvchi mushaklarning paylari sinovial qinga o‘ralgan holda o’tadi. Aponevrozning ko‘ndalang pay tolalari barmoqlararo teri burmalari sohasida uchta komissural teshiklarni hosil qiladi. Bu teshiklardan barmoqlarning qon tomirlari kaft aponevrozining ostidan, barmoqlarning teri osti yog‘ to‘qimasiga chiqadi. Komissural teshiklar sohasida teri osti yog‘ to‘qimasi chegaralanib turgan qo‘shimcha to‘qimalar bilan do‘ngliklarni hosil qiladi. Bu qo‘shimcha to‘qimalar uzunasiga yo‘nalgan pay tolalari yordamida terini kaft aponevrozi bilan ham birlashtirib turadi. Komissural bo‘shliqlarning teri osti yog‘ to‘qimasi, barmoqlar yog‘ to‘qimasi, barmoqlar qon tomirlari bo‘ylab, kaft aponevrozi ostidagi kaftning o‘rta yog‘ to‘qima bo‘shlig‘i bilan aloqada bo‘ladi.
Kaft aponevrozidan kaft suyaklariga ikkita payli to‘siq uzunasiga yo‘nalib, ularning lateral tomonidagisi III kaft suyagiga, medial tomonidagisi esa Y kaft suyagiga borib yopishadi. Bundan tashqari, bu to‘siqlar suyaklararo mushaklarni yopib o’tuvchi chuqur fastsiyaga ham yopishadi. Natijada 3 ta fassial o‘rindiq hosil bo‘ladi. Bularning lateral tomonidagisidan bosh barmoqning do‘ngligidagi mushaklar: bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi kalta mushak (m. abductor pollicis brevis), bosh barmoqni bukuvchi kalta mushak (m. flexor pollicis brevis), bosh barmoqni ro‘baro‘ qiluvchi mushak (apponens pollicis) va bosh barmoqni bukuvchi uzun mushaklarning paylari o’tadi. Bu o‘rindiq oldindan va tashqaridan kaftning xususiy fastsiyasi bilan. Ichkaridan – mushaklararo tashqi to‘siq bilan va orqadan – I suyaklararo orqa mushaklar bilan chegaralanadi. Tashqi to‘siqning dublikaturasidan II barmoqning bukuvchi paylari bilan birinchi chuvalchangsimon (m. lumbricalis) mushagi o’tadi. Medial o‘rindiqda Y barmoq do‘ngligini hosil qiluvchi mushaklar: jimjiloqni uzoqlashtiruvchi mushak (m. abductor digiti minimi), jimjiloqni bukuvchi kalta mushak (m. flexor digiti minimi brevis), jimjiloqni ro‘baro‘ qiluvchi mushak (m. apponens digiti minimi) lar joylashadi. Oldindan tashqaridan – mushaklararo medial to‘siq bilan chegaralanib, orqadan Y kaft suyagiga va III suyaklararo kaft mushagiga tegib turadi. Kaft fastsiyasidan tashqarida yotqichning medial tomonida kaftning kalta mushagi (m. palmaris brevis) o’tadi.
O‘rta o‘rindiq ichidan tirsak sinovial qiniga o‘ralgan barmoqlarni bukuvchi mushaklarining aponevrozlari, uchta chuvalchangsimon mushaklar hamda kaftning yuzaki arteriya ravog‘i (tarmoqlari bilan) va tirsak hamda o‘rta nervlarning tarmoqlari o’tadi. Bu o‘rindiqni oldingi tomondan kaft aponevrozi, yon tomonlardan – medial va lateral to‘siqlar va orqadan – kaftning chuqur fastsiyasi chegaralab turadi.
Kaftning chuqur fastsiyasi ostida o‘zining ko‘ndalang va qiyshiq boshchalari bilan bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi mushak (m. abductor pollicis), kaftning oldingi suyaklararo mushaklari shu mushaklarni innervatsiya qiluvchi tirsak nervining chuqur tarmog‘i va kaftning chuqur arteriya ravog‘i joylashadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling