Anatomiyadan amaliy


Qo‘l kaftining orqa sohasi (dorsum manus)


Download 0.82 Mb.
bet23/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Qo‘l kaftining orqa sohasi (dorsum manus). Terisi yupqa, harakatchan. Teri osti yog‘ to‘qimasida qo‘lning lateral hamda medial teri osti venalarini hosil qiluvchi juda ko‘p tarmoqlari o’tadi va panja orqasining vena to’rlarini (rete venosum dorsale manus) hosil qiladi. Shu уerda bilak nervining yuzaki va tirsak nervining orqa tarmoqlari (r. superficialis n. radialis et r. Dorsalis n. ulnaris) o’tib, panjaning orqa sohasidagi terini innervatsiya qiladi. Bu nervlardan yana barmoqlarning o‘nta orqa nervlari (beshtasi bilak, beshtasi tirsak tolalaridan) hosil bo‘lib, bilak nervi tarmog‘i I – II barmoqlarning hammasini va III barmoqning bilak suyagi tamonini, tirsak nervining tarmog‘i – III barmoqning tirsak suyagi tamonini hamda IY – Y barmoqlarning hamma yuzasini innervatsiya qiladi.
Kaft orqa sohasining aponevrozi suyaklararo orqa mushaklar ustidan o’tadigan yozuvchi mushaklar payini qoplaydi. Bu paylar ostidan kaftning orqa arteriyalari (a. metacarpae dorsalis) o’tib, ular barmoqlar asosida barmoqlarning orqa arteriyalariga (a. digitalis dorsalis) bo‘linadi.
Kaftning orqa sohasida ikkita: teri osti va aponevroz osti yog‘ to‘qima bo‘shliqlari tafovut qilinadi.
Barmoqlar (digiti). Barmoqlar kaft yuzasining terisi hamma qavatlarining, xususan shoxdor qavatning yaxshi rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Unda juda ko‘p miqdorda teri bezlari bo‘lib, yog‘ bezlari umuman bo‘lmaydi. Bu xususiyati va uning tuk bilan qoplanmaganligi unda furunkullar hosil bo‘lmasligi sabablaridan biridir.
Barmoqlar kaft yuzasining teri osti yog‘ to‘qimasi zich, vertikal joylashgan fibroz pay tolalari bilan bo‘lingan bo‘ladi. Odatda bu pay tolalari terining so‘rg‘ichsimon qavatlari bilan oxirgi falanganing suyak usti pardasi hamda bukuvchi paylarning fibroz qinlari orasida tortilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham teri ostidagi yiringli jarayonlar chuqur qavatlarga tarqalish xususiyatiga egadir. Barmoqlarning orqa yuzasidagi terisi yupqa, tukli va teri osti yog‘ to‘qimasi kam rivojlangan bo‘ladi.
Barmoqlarning terisidagi teri osti yog‘ qavatida juda ko‘p limfa kapillar to‘rlari joylashadi. Ular o‘z limfa yo‘llarini kaftning orqa yuzasiga olib chiqadi. Shuning uchun ham kaft yoki barmoqlarning oldingi yuzasida joylashgan yiringli jarayonlarda kaftning orqa yuzasi shishadi. Barmoqlarning orqa yuzasida vena qon tomirlari yaxshi rivojlangan. Ularning yon tomonlaridagi teri osti yog‘ to‘qimasida arteriya va nervlari o’tadi. Har bir barmoq to‘rttadan qon tomir va nerv tutamlariga ega. Barmoqlarning kaft yuzasida arteriya va nervlar ularning oxirgi falangalarigacha boradi, orqa yuzasida esa faqat o’rta falangalarigacha boradi. Shuning uchun ham barmoqlarning oxirgi va o‘rta falangalarining orqa sohasi, kaft arteriyasi va nervlari bilan ta'minlangan bo‘ladi.
Bukuvchi paylarning mushaklari, kaft suyaklarining boshchasidan oxirgi falanganing asosigacha sinovial qin bilan qoplangan bo‘ladi. Bu sinovial qinlar bir-biriga o’tadigan ikkita varaqlardan – pariуetal (peritenon) va visseral (epitenon) varaqlaridan tuzilgan. Peritenon fibroz kanalining ichidan, epitenon esa payning hamma tomonini (barmoqlarning qon tomirlari o’tadigan oldingi yuzasi bundan mustasno) qoplaydi. Bu joy paylarning yog‘ tutqichi (mezotenon) deyiladi (15 - rasm).
Yiringli jarayonlarda eksudat sinovial qinlarni to‘ldirib, mezotenondagi qon tomirlarni qisib qo‘yadi. Buning natijasida paylar nekrozga uchrashi mumkin.
Har bir barmoqning oldingi yuzasida ikkitadan bukuvchi paylar joylashadi. Bunda, yuzaki bukuvchi mushakning payi, chuqur bukuvchi payning ustida yotib, ikkita oyoqchaga bo‘linadi va o‘rta falanganing asosiga birikadi. Chuqur bukuvchi mushakning payi shu oyoqchalar orasidan chiqib, tirnoq falangasining asosiga kelib yopishadi. Falangalarning orqa sohasida barmoqlarning yozuvchi paylari barmoqlarning orqa aponevroziga o’tadi va uchta qismga bo‘linadi. Bulardan o‘rtadagisi – o‘rta falangalarning asosiga, ikki yon tomondagisi – tirnoq falangalarining asosiga yopishadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling