Anatomiyadan amaliy


II B O B OYOQNING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI


Download 0.82 Mb.
bet25/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

II B O B
OYOQNING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI

Oyoqning oldingi chegarasi yuqoridan – chov boylamining teri burmasi (plica inguunalis) bilan, orqa chegarasi – yonbosh suyagining qirrasi (crista iliaca) bilan shartli ravishda belgilanadi.


Oyoqda quyidagi sohalar tafovut qilinadi: 1. Dumba sohasi (regio glutea). 2. Sonning oldingi va orqa sohalari (regio femoralis anterior et posterior). 3. Tizza bo‘g‘imining oldingi va orqa sohalari (regio articulationis anterior et posterior). 4. Boldirning oldingi va orqa sohalari (regio cruris anterior et posterior). 5. Boldir- tovon bo‘g‘imi sohasi (regio articulationis talocruralis). 6. Oyoq panjasi sohasi (regio pedis).
Dumba sohasi (regio glutea). Dumba sohasining chegaralari: yuqoridan – yonbosh suyagining qirrasi, pastdan – dumbaning teri burmasi, ichkaridan – dumg‘aza (os sacrum) va dum (os coccygeus) bo‘ylab o’tkazilgan tik chiziq, tashqaridan – yonbosh suyagi qirrasining oldingi – yuqori o’tkir o‘sig‘idan (spina iliaca anterior superior), son suyagining katta ko‘stiga (trochanter major) o’tkazilgan chiziq.
Sohaning terisi qalin, kam harakatchan va yog‘ bezlariga boy bo‘ladi. U dumbaning yuqori, o‘rta va pastki teri nerv (n.n. clunium superior, media et inferior) lari bilan innervatsiya qilinadi. Bularning birinchisi – bel sohasi orqa miya nervlaridan, ikkinchisi – dumg‘aza sohasi orqa miya nervlaridan va uchinchisi – sonning orqa teri nervi tolalaridan hosil bo‘ladi.
Teri osti yog‘ to‘qimasi terini fastsiya bilan qo‘shib turuvchi qo‘shimcha to‘qimalari bilan ayrim – ayrim bo‘laklarga bo‘lingan bo‘ladi. Bu ayniqsa quymich do‘mboqlari sohasida rivojlangan bo‘ladi, chunki bu joylarda yuzaki fastsiya deyarli bo‘lmaydi. Sohaning lateral tomonida yuzaki fastsiya ikki varaqdan iborat bo‘lib, uning bitta varag‘i yog‘ to‘qimasini ikki qavatga – yuzaki va chuqur qavatlarga ajratadi. Chuqur qavati esa o‘z navbatida bel sohasining yog‘ to‘qima qavatiga qo‘shilib, yonbosh suyagining qirrasi ustida yog‘ to‘qima yig‘indisini (massa adiposa lumboglutalis) hosil qiladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling