Anatomiyadan amaliy
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
Chanoq - son bo‘g‘imi (articulatio coxae). Chanoq - son bo‘g‘imi chanoq suyagidagi quymuch kosasi (acetabulum) bilan son suyagi boshi (caput femoris) ning birlashishidan hosil bo‘ladi.
Ammo quymich suyagidagi chuqurchadan son suyagining boshi butunlay ko‘milib tursada, kosaning atrof qirg‘og‘ida fibroz tog‘aydan tuzilgan xalqali lab (labium acetabulae) son suyagining boshini qisib, uning chuqurchada maxkam o‘rnashishiga katta yordam beradi. Son suyagining boshchasi quymich kosasi qirrasiga (incisura acetabulae) bo‘g‘im ichi yumaloq boylami (lig.teres femoris) orqali birikkan bo‘ladi. Bo‘g‘im sohasi hamma tomondan juda ko‘p mushak va boylamlar bilan yopilib turadi. Lekin uning o‘zini va qobig‘ini o‘rab turuvchi mushaklarga oldindan – yonbosh – bel (m. iliopsoas), undan ichkariroqda – sonning to‘g‘ri mushagi (m.rectus femoris), ichkaridan - taroqsimon mushak (m.pectineus), tashqaridan – kichik dumba mushagi (m.gluteus minimis), orqadan – noksimon, ichki va tashqi yopqich hamda egizak mushaklari bilan sonning kvadrat (m.m.piriformis obturatorius internus et externus, gemellus, cuadriceps femoris) mushaklari va pastdan – tashqi yopqich (m.obturatorius externus) mushaklari kiradi. Bo‘g‘im qobig‘i bo‘g‘imni har tomonlama o‘rasada, unga yaqin joylashgan son suyagining katta va kichik ko‘stlarini o‘z ichiga olmaganligi sababli, ular bo‘g‘im bo‘shlig‘idan tashqarida qoladi. Odatda katta ko‘st yaxshi paypaslanib, kichigi esa faqat juda arriq kishilarda, chov boylamining o‘rta qismi ostida paypaslanadi. Agar sonni chanoq son bo‘g‘imidan ozgina bukilsa, katta ko‘stning tepasi, yonbosh suyagining oldingi o’tkir o‘sig‘i bilan quymich suyagi do‘mbog‘ini birlashtiradigan chiziqqa to‘g‘ri keladi (Rozer Nelyaton chizig‘i, (16-rasm). Ko‘st teppasining shu chiziqdan qiyshayishi (yuqoriga yoki pastga) son suyagining chanoq son bo‘g‘imidan chiqqanligini (coxae vara) yoki suyak bo‘yning singanligini bildiradi. Shu chiziqqa nisbatan, uning teng o‘rtasidan o’tkazilgan perpendikulyar chiziq, son suyagining boshchasini teng ikkiga bo‘ladi. Shunday qilib, chanoq - son bo‘g‘imining tashqi tasviri Rozer – Nelyaton chizig‘ini teng ikkiga bo‘ladigan nuqtaga to‘g‘ri keladi. Chanoq – son bo‘g‘imining qobig‘i, chanoq va son suyaklariga shunday birikadiki, bunda kosaning fibroz tog‘ay xalqasining ko‘p qismi va son suyagi bo‘ynining oldingi yuzasi bo‘g‘im bo‘shlig‘ida qoladi. Bo‘g‘imni uchta boylam mustahkamlab turadi. Bular: oldindan – yonbosh – son (lig. iliofemoralis), ichkaridan – qov - son (lig.ischia femorale) va orqadan – quymuch – son (lig. pubofemorale) boylamlaridir. Bularning birinchisi odam tanasidagi eng katta boylamlardan biridir. Chanoq – son bo‘g‘imi qobig‘ining o‘ziga xos zaif joylari bor. Bular, bo‘g‘imning orqa va pastki sohalari (quymich – son boylami atrofida) bilan uning oldining yuzasida (bo‘g‘im bo‘shlig‘ining katta sinovial xalta bilan aloqa qiladigan joyi) bo‘ladi. Agar bo‘g‘imda yiringli jarayonlar bo‘lsa, bo‘g‘im qobig‘ining shu zaif joylaridan har tamonga yiring tarqalish xollari uchraydi. Masalan, tashqi yopqich mushakning payi bo‘ylab, yiring yig‘masi dumba sohasiga, shu mushakning yuqori qirrasi bo‘ylab yopqich kanaliga va u orqali kichik chanoqqa, undan qorin parda orqa sohasiga tarqalishi mumkin. Bulardan tashqari yonbosh – bel mushagining ostki va ichki qirrasi bo‘ylab, taroqsimon mushak (m.pectineus) tolalari orasini yorib, uning tashqi qirrasi ostidan son to‘g‘ri mushagining (m. rectus femoris) ostiga chiqadi. Natijada sonning to‘g‘ri mushagi bilan uning medial tomonidagi serbar mushagi (m. vastus medialis) orasida yiring yig‘masi hosil bo‘ladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling