Anatomiyadan amaliy
Yopqich kanali (canalis obturatorius)
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sonning orqa sohasi (regio femoralis posterior).
Yopqich kanali (canalis obturatorius). Bu kanal son uchburchagining chuqur qavatlarida joylashgan. Ma'lumki chanoqdagi yopqich teshik (foramen obturatorium) membrana bilan yopilgan bo‘ladi. Shu membrana yopqich teshigining yuqori sohasida ikki varaqqa bo‘linib, ular yopqich egatchalarining (sulcus obturatorius) ikkala tomonlariga birikadi. Membrananing tashqi yuzasidan tashqi yopqich mushagi, uning ichki yuzasidan – ichki yopqich mushagi boshlanadi. Yopqich membrana varaqlari hamda yopqich egatchasi orasida hosil bo‘lgan torgina egatchaga – yopqich kanali deyiladi. Uning uzunligi 1,5 – 2 sm cha bo‘lib, tashqi teshigining teridagi tasviri chov boylamidan 1,2 -1,5 sm pastda va qov do‘mbog‘idan 2 – 2,5 sm tashqarida bo‘ladi. Kanal yuqori tashqaridan, pastga ichkariga qarab qiyshiq holda o’tadi. Uning ichidan yopqich arteriyasi va venasi (a. et.v.obturatoriae) o’tib, ularni shu nomdagi nerv kuzatib boradi. Bundan tashqarida va oldindan nerv, undan ichkarida va orqada – arteriya, uning ichkarisida – vena joylashadi.
Yopqich arteriyasi kanalning o‘zidayoq oldingi va orqa tarmoqlariga (r.r.anterior et posterior) bo‘linadi. Bular yaqinlashtiruvchi mushaklarni qon bilan ta'minlab, son suyagini o‘rab turuvchi ichki arteriya hamda dumbaning pastki arteriyasi va sonning chuqur arteriyasini teshib o’tuvchi tarmoqlari bilan anastomoz hosil qiladi. Yopqich nervi ham oldingi va orqa tarmoqlarga (r.r.anterior et posterior) bo‘linadi. Birinchisi - oldingi yaqinlashtiruvchi mushakning oldingi yuzasidan, ikkinchisi – orqa yuzasidan o’tib, hamma yaqinlashtiruvchi va taroqsimon mushaklarni innervatsiya qiladi. Undan sonning medial yuzasiga teri tarmog‘i chiqadi. Sonning orqa sohasi (regio femoralis posterior). Sohaning terisi yupqa, harakatchan, sonning orqa teri nervi bilan innervatsiyalanadi. Teri osti yog‘ to‘qimasi yaxshi rivojlangan bo‘lib, yuzaki fastsiyasi ikki varaqdan iborat. Serbar fastsiyadan chiquvchi orqa medial mushaklararo to‘siq, shu уerdagi mushaklar yotqichini hosil qilishda qatnashadi. Yotqichda boldirni bukuvchi uchta mushaklar joylashadi. Bundan eng ichkarida yarimpay (m.semitendinosus), undan keyin yarimparda (m. semimembranosus) va sonning ikki boshli (m. bicepis femoris) mushaklari yotadi. Sonning ikki boshli mushagidan boshqa hamma mushaklar quymich suyagining do‘mbog‘idan boshlanadi. Ikki boshli mushak esa – son suyagi bilan tashqi to‘siqdan boshlanadi. Yarimpay va yarimparda mushaklari katta boldir suyagi do‘mbog‘iga, ikki boshli mushak – kichik boldir suyagining boshchasiga (caput fibulae) birikadi. Katta yaqinlashtiruvchi mushakni teshib o’tuvchi arteriyalar son orqa sohasidagi mushaklarni qon bilan ta'minlaydi. Ularning innervatsiyasi esa quymich nervi tarmoqlari hisobiga amalga oshadi. Quymich nervi, sonning orqa sohasiga dumba sohasidan o‘zining kuzatib tushuvchi arteriyasi (a.commitans ae n. ishiadici) bilan birga kirib keladi, sonning yuqori uchligida yuzaroqda, xususiy fastsiya ostida yotib, ikki boshli mushak uzun boshchasidan tashqarida o’tadi. Sonning o‘rta uchligida, nerv ikki boshli mushak uzun boshchasining tagida yotadi va sonning pastki uchligida esa mushakdan ichkarida – shu mushak bilan yarimpay va yarimparda mushaklar orasida joylashadi. Quymich nervining tashqi tasviri quymich do‘mbog‘i bilan katta ko‘stning o‘rtasidan, tizza osti chuqurchasining cho‘qqisiga o’tkazilgan chiziqqa to‘g‘ri keladi. Sonning orqa sohasidagi mushaklar orasida joylashgan yog‘ to‘qimalari yuqoridan – dumba sohasining chuqur yog‘ to‘qima bo‘shliqlari bilan, pastdan – tizza osti chuqurchasidagi yog‘ to‘qimalari bilan aloqa qiladi. Bundan tashqari, Gunter kanalining chiqish teshigi orqali sonning oldingi sohasidagi yog‘ to‘qima bo‘shliqlari va teshib o’tuvchi qon tomirlar orqali yaqinlashtiruvchi mushaklar yotqichidagi yog‘ to‘qimalari bilan ham aloqa qiladi. Yiringli yallig‘lanish jarayonida bu aloqalar orqali yiringning bir sohadan ikkinchi sohaga tarqalish xavfi tug‘iladi. Agar son yuqori uchligining ko‘ndalang kesimi ko‘zdan kechiriladigan bo‘lsa, ichida 6 ta mushak joylashgan eng katta medial mushak yotqichini payqash mumkin. Bu yotqichning ichidan yotqich qon tomir nerv tutamlari va ularning tarmoqlari ham o’tadi. Sonning oldingi yuzasida oldingi mushak yotqichidan tashqari, uning medial mushak yotqichi ham joylashib, undan son nervi va bel – yonbosh mushagining oxirgi qismlari ham joy oladi. Tikuvchilar mushagidan ichkarida, sonning serbar fastsiyasining ostida, sonning qon tomir va nerv tutamlari joylashadi. Bunda, son nervi tashqarida, venasi ichkarida, arteriyasi esa ularning o‘rtasida joylashadi. Uchburchakning pastki qismida son arteriyasidan tashqarida son nervining o‘rnida, teri osti nervi o’tadi. Son venasi esa arteriyaning bir oz ichkarisida va orqasida yotadi. Bu qon tomir nervlarining ostida va medial tomonida, sonning chuqur qon tomirlari va ularning tarmoqlari yotadi. Sonning orqa sohasida katta dumba mushagining pastki qismlari yotib, uning pastki qirrasi bilan ikki boshli mushak uzun boshchasining tashqi qirrasi orasidan quymich nervi o’tadi. Sonning o‘rta uchligida uning orqa-oldingi sohasini asosan bukuvchi mushaklarning yotqichi egallaydi (19-rasm). Yaqinlashtiruvchi mushaklarning yotqichi esa bu sohada, aksincha, uncha ko‘p joyni egallamaydi. Sonning uzun yaqinlashtiruvchi mushagi bilan medial serbar mushaklar orasidagi chuqurchada son arteriyasi bilan venasi teri osti nervi bilan birga o’tadi. Bularning ustidan tikuvchilar mushagi yopib turadi. Sonning chuqur qon tomirlari yaqinlashtiruvchi mushaklar ostida, son suyagiga yaqin yotadi. Ikki boshli mushakning uzun boshchasi orqasida, bukuvchi mushaklar yotqichida, quymich nervi o’tadi. Sonning pastgi uchligi ko‘ndalang kesimini asosan yozuvchi va bukuvchi mushaklarning yopqichi egallaydi. Yaqinlashtiruvchi mushaklarning yopqichi esa, bu sohada kam hajmda bo‘ladi. Son arteriyasi bilan son venasi va teri osti nervi bu уerda yaqinlashtiruvchi kanalda (Gunter kanalida) o’tadi. Bunda son arteriyasining oldida nerv, uning orqasida - vena yotadi. Son chuqur tomirlarining oxirgi tolalari bu уerda orqa mushaklar yopqichida o’tadi. Shu уerning o‘zida ikki boshli mushak bilan (lateral tomonidan) yarimpay va yarimparda mushaklari (medial tomondan) oralig‘ida quymich nervi o’tadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling