Anatomiyadan amaliy
Tizza sohasi (regio genus)
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizzaning oldingi sohasi (reg.genus anterior).
Tizza sohasi (regio genus). Sohani tizza qopqog‘i asosidan 3 - 4 sm yuqorida va katta boldir suyagi do‘ngligi o‘rtasidan o’tkazilgan gorizontal chiziqlar chegaralab turadi. Tizza sohasi o‘z navbatida uchta sohaga bo‘linadi. Bular: tizzaning oldingi va orqa sohalari hamda tizza bo‘g‘imi sohalaridir. Oldingi soha bilan orqa sohalar o‘rtasidagi chegara, son suyagining medial va lateral do‘mboqchalarining orqa yuzasidan o’tkazilgan vertikal chiziqqa to‘g‘ri keladi.
Tizzaning oldingi sohasi (reg.genus anterior). Sohada tashqi belgilardan tizza qopqog‘i, son suyagining do‘mboqchalari, katta boldir suyagining do‘ngligi, hamda katta va kichik boldir suyaklarining boshchalari yaxshi paypaslanadi. Terisi qattiq, kam harakatchan bo‘lib, sonning oldingi teri nervining tarmoqlari hamda teri osti nervining tizza qopqog‘i osti tolalari (r.infrapatellaris) bilan innervatsiyalanadi. Teri osti to‘qimasi siyrak, yaxshi rivojlangan, xususiy fastsiyasi son serbar fastsiyasining davomi bo‘lib hisoblanadi. Bularning ostida son to‘rt boshli mushagining payi joylashadi. U tizza qopqog‘ini ustidan yopib o’tib, katta boldir suyak do‘ngligiga, tizza qopqog‘i boylami sifatida birikadi. Shu boylamning qalinlashgan yon tomonlari tizza qopqog‘ini ikki tomondan yopib o’tib, uning lateral va medial ushlab turuvchi boylamlarini (retinaculum patellaуe mediale et laterale) hosil qiladi. Bu boylamlar ko‘ndalangiga va uzunasiga yo‘nalgan pay tolalaridan tashkil topib, tizza qopqog‘ini ushlab turishda katta ahamiyatga ega. Ularning uzunasiga yo‘nalgan pay tolalari katta boldir suyagining do‘mboqchalariga, ko‘ndalangiga yo‘nalganlari esa, son suyagining do‘mbog‘iga birikadi. Shu boisdan ham, tizza qopqog‘ining yulduzsimon sinishlarida suyak bo‘laklari bir-biridan ajralib ketmaydi. Ammo qopqoqning ko‘ndalang sinish hollarida uning xususiy boylami uzilishi mumkin. Bunda suyak bo‘laklari joyidan chiqib, ularni faqat operatsiya yo‘li bilan joyiga o‘rnatish mumkin. To‘rt boshli mushak payining ostida, tizza bo‘g‘imining qobig‘i yotadi. Shunday qilib, tizza bo‘g‘imi oldindan uncha ko‘p bo‘lmagan yumshoq to‘qimalar bilan qoplanib turganligi sababli, bo‘g‘imdagi jarrohlik operatsiyalarini shu tomondan olib borish maqsadga muvofiqdir. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling