Anatomiyadan amaliy


O’ng va chap adashgan nervlar


Download 0.82 Mb.
bet79/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

O’ng va chap adashgan nervlar (n.n. vagi dexter et sinister). Bu nervlar bosh miyaning eng uzun nervlaridan bo’lib, uning tarkibida sezuvchi nervlar, harakatlantiruvchi va parasimpatik tolalar bo’ladi. Nerv uzunchoq miyaning orqa yon egatida til-yutqin nervi (n. glossapharyngeus) dan keyin chiqadi va kalla ichidan bo’yinturuq teshigidan chiqib keladi. U tashqariga chiqqach, pastga tomon tusha boshlab, bo’yin katta qon tomirlari tarkibida ko’krak qafasiga o’tadi.
Bunda o’ng adashgan nerv ko’krak qafasiga o’ng o’mrov osti arteriyasining oldidan o’tib, shu yerning o’zida o’ng qaytuvchi hiqildoq nervi (n. laryngeus recurrens dexter) ni beradi. Bu nerv o’ng o’mrov osti arteriyasini pastdan va orqadan aylanib o’tib, qizilo’ngachning yon tomonidan ko’tarilib, hiqildoqni pastki yuzasiga boradi. So’ngra o’ng adashgan nerv yuqori kovak venasi hamda o’ng o’pka ildizining orqasidan pastga tushib, V ko’krak umurtqasi ro’parasida qizilo’ngachning orqasiga o’tib tarmoqlanadi. Undan keyin diafragmadan qizilo’ngach bilan birga o’tib, me`da devoriga boradi.
Chap adashgan nerv ko’krak qafasiga chap o’mrov osti arteriyasi bilan chap umumiy uyqu arteriyalarining orasidan, chap o’mrov osti venasining orqasidan kirib keladi. So’ngra aorta ravog’ining oldiga o’tib, o’zidan chap qaytuvchi hiqildoq nervi (n. laryngeus recurrens sinister) ni beradi. Bu nerv aorta ravog’ini pastdan aylanib o’tib, kekirdak bilan qizilo’ngach orasidagi egatga boradi. Chap adashgan nerv aorta ravog’idan o’tgach, orqa ko’ks oralig’iga o’tadi. Bu yerda u aorta ravog’i bilan chap o’pka arteriyasi orqali qizilo’ngachning oldingi yuzasiga, VIII ko’krak umurtqa ro’parasida chiqadi. So’ngra qizilo’ngach bilan birga diafragma teshigidan o’tib, qorin bo’shlig’iga tushadi.
Ko’krak limfa yo’li (ductus thoracicus). Bu limfa yo’lining boshlanishi I - II bel umurtqalarining ro’parasiga to’g’ri kelib, qorin parda orqasi sohasida uchta: o’ng va chap bel (trunci Lumbalis sinister et dexter) hamda ichakning toq (truncus intestinalis) limfa yo’llarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Bunda o’ng va chap bel limfa yo’llari limfa suyuqligini ikkala oyoqdan, chanoq devorlari va a`zolaridan, ichakning toq limfa yo’li esa - barcha ichaklardan yig’ib keladi. Ularning I - II bel umurtqalari sohasida o’zaro qo’shilgan joyi kengaygan bo’lib, unga ko’krak limfa yo’lining sisterna (cisterna chyli) si deyiladi. Shu yerdan boshlangan ko’krak yo’li, orqa ko’ks oralig’iga diafragmaning aorta teshigidan o’tib, uning orqa va o’ng tomonida yotadi. Ko’krak bo’shlig’ining pastki sohasiga kelgach, u ko’krak umurtqalarining oldingi yuzasiga o’tib, qizilo’ngachning orqa va o’ng tomoni bilan aorta va toq venaning orasida joylashadi.
Bunda, aorta uning chap tomonidan, toq vena – o’ng tomonidan o’tadi. Ko’krak limfa yo’lining orqasidan qovurg’alararo arteriyasi o’tadi. III - IV ko’krak umurtqalari sohasida ko’krak limfa yo’li o’rta chiziqga nisbatan chap tomonga o’tib, aorta ravog’i bilan qizilo’ngachning orqasidan kesib o’tadi, so’ngra, chap mediastinal plevrasi bo’ylab VII bo’yin umurtqasining ko’ndalang o’sig’igacha boradi. Bu joyda u aorta yoyini orqadan oldinga qarab kesib o’tgach, chap o’mrov osti venasini ham kesib o’tib, Pirogovning chap vena burchagiga yoki chap o’mrov osti venasiga borib quyiladi.
Tananing o’ng tomonidagi diafragmadan yuqorida joylashgan a`zolardan limfa suyuqligi o’ng limfa yo’li (ductus lymphaticus dexter) ga ochiladi. Uning uzunligi 10-12 sm bo’lib uchta: o’ng bo’yinturuq (truncus jugularis dexter), o’ng o’mrov osti (truncus subclavius dexter) va o’ng bronx-ko’ks oralig’i (truncus bronchomediastinalis dexter) limfa yo’llaridan hosil bo’ladi. Bulardan o’ng bo’yinturuq limfa yo’li bo’yin hamda boshning o’ng tomonidan, o’ng o’mrov osti yo’li – o’ng qo’ldan, o’ng bronx – ko’ks oralig’i yo’li ko’krak qafasining hamda uni o’ng tomonida joylashgan a`zolardan limfa suyuqligini yig’adi. Keyinchalik bular o’zaro qo’shilishib, o’ng o’mrov osti venasiga yoki o’ng vena burchagiga ochiladi. Uning ochilish joyida yarim oysimon ikki tavaqali klapani bo’ladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling