Anatomiyadan amaliy
QORIN BO’SHLIG’I YUQORI QAVATI
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
QORIN BO’SHLIG’I YUQORI QAVATI A’ZOLARINING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI
Me’da (ventriculus s. s. gaster). Me’da qorin bo’shlig’i yuqori qavatida, diafragma ostida, ko’p qismi bilan chap qovurg`a yoyi sohasida hamda egtigastral sohasida joylashadi. Uning kirish - kardial (pars cardiaca), chiqish - pilorik (pars pilorica), tana (corpus ventriculi), tubi (fundus ventriculi) va gumbazi (fornix) hamda katta va kichik egriliklari (curvatura major et minor) bilan oldingi va orqa devorlari tafovut qilinadi. Me’da o’z funksiyasi bo`yicha sekretor, ekskretor va inkretor qismlarga bo’linadi. Uning kardial, tana va tubi, ya’ni ovqat hazm bo’ladigan (pars digistorium) qismlari sekretor qismiga kiradi. Ekskretor qismiga esa - me’daning antral yoki pilorik oldi qismi yoki ovqat chiqish kanali (canalis epistorius) va inkretor qismiga - pilorik qismi kiradi. Me’daning skeletotopiyasiga kelsak, uning kardial qismi X - XI ko’krak umurtqalari, pilorik qismi - I bel umurtqasi va pastki chegarasi - II bel umurtqalari ro’parasiga to’g’ri keladi. Me’daning qo’shni a’zolar bilan munosabatiga kelganda shuni aytish kerakki, ovqat bilan o’rtacha to’lgan me’da o’zining kichik egriligi, ya’ni yuqori tomoni bilan jigarning chap bo’lagiga, tubi bilan esa - diafragmaning chap gumbaziga tegib turadi. Pastki, ya’ni katta egriligi ko’ndalang chambar ichak va uning tutqichi (mesacolon transversum) ga tegib turadi. Me’da oldingi devori bilan qorin devoriga tegib, orqa tomondan - me’da osti beziga, chap buyrakka, chap buyrak usti beziga hamda ba’zi qon tomirlarga, tubi bilan taloqqa tegib turadi. Me’da qorin parda bilan hamma tomondan o’ralgan, ya’ni u intraperitoneal a’zo hisoblanadi. Ovqat bilan to’lmagan me’da ancha chuqurda va yuqorida joylashadi. Uning o’rnini esa, ko’ndalang chambar ichak egallaydi. Uning bu xususiyatini klinisistlar bilishlari kerak. Me’dani o’rab turgan qorin pardaning qo’shni a’zolarga o’tishi natijasida ular orasida quyidagi boylamlar hosil bo’ladi: jigar – me’da (lig. hepatogastricum), me’da - chambar ichak (lig. gastrocolicum), o’ng va chap me’da - diafragma (lig. gastrofrenica dextra et sinistra), me’da-taloq (lig. gastrolienal), me’da - me’da osti bezi (lig. gastropancreaticum) va pilorik - me’da osti bezi (lig. piloropancreaticum) boylamlari. Bundan tashqari, me’dani mustaxkamlanishida qizilo’ngachning diafragmaga birikishi hamda me’da va uning pilorik qismining me’da osti beziga birikishi ham katta xizmat qiladi. Me’daning qon bilan ta’minlanishi asosan qorin aortasidan chiquvchi qorinning arteriya stvoli (truncus coeliacus) tarmoqlari hisobiga boradi. Bunda, arterial stvol XII ko’krak umurtqasi ro’parasida, qorin aortasidan chiqqandan so’ng o’zidan uchta: chap me’da arteriyasini (a. gastrica sinistra), jigarning umumiy arteriyasini (a. hepatica communis) va taloq arteriyasini (a. lienalis) chiqaradi. Bularning birinchisi, me’daning kichik egriligiga kardial qismidan kirib keladi va yuqoriga ko’tariluvchi hamda tushuvchi tarmoqlarga bo’linadi. Umumiy jigar arteriyasi o’zidan me’daga boradigan ikkita tarmog’ini beradi. Bularning birinchisi me’dananig o’ng arteriyasi (a. gastrica dextra) deyilib, u jigar-12 barmoq ichak boylami tarkibida, me’da kichik egriligining o’ng tomoniga borib, u yerni qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriya me’daning chap arteriyasi bilan anastomozda bo’lib, kichik egri arteriya ravog`ini hosil qiladi. Umumiy jigar arteriyasining ikkinchi tarmog’i me’da - 12 barmoq ichak arteriyasi (a. gastfo - duodenalis) deyilib, buning o’zi ham ikki tarmoqda bo’linadi. Birinchisi - uning o’ng tomonidagi me’da - charvi o’ng arteriyasi (a. gastroepiploica dextra) hisoblanib, u me’daning katta egriligi bo’ylab chap tomonga yo’naladi. Me’daga va katta charviga tarmoqlar berib, chap tomondagi me’da - charvi chap arteriyasi (a. gastroepiploica sinistra) bilan anastomoz hosil qiladi. Ikkinchisi - me’da osti bezi - 12 barmoq ichak ustki arteriyasi (a. pancreatica duodenalis superior) deyilib, u 12 barmoq ichak bilan me’da osti beziga boradi. Taloq, arteriyasidan chiquvchi, me’daning uchinchi arteriyasi - chap tomondagi me’da-charvi arteriyasi (a. gastroepiploica sinistra) me’daning katta egriligi bo’ylab, o’ng tomonga boradi va o’ng tomondagi me’da - charvi arteriyasi bilan anastomozlashadi va me’daning katta egriligida arteriya ravogini hosil qiladi. Bundan tashqari, taloq arteriyasidan 4 - 5 ta me’daning kalta arteriya (a. a. gastricae brevis) lari chiqib, uning tubini qon bilan ta’minlashda ishtirok etadi. Me’dadan vena qoni beshta venalar orqali olib chik,ib ketiladi. Bular, qopqa venasiga quyiladigan o’ng va chap hamda pilorik oldi venalari (v. gastrica sinistra et dextra, et v. prepilorica), ichak tutqichining yuqori venasiga quyiladigan o’ng me’da - charvi (v. gastroepiploica dextra) va taloq, venasiga quyiladigan chap me’da-charvi (v. gastroepiploica sinistra) venalaridir. Me’daning limfa yo’llari asosan qon tomir yo’llari bo’ylab joylashgan bo’lib, uch qismdan iborat regionar limfa tugunlariga ochiladi: 1) kichik egriligidagi me’daning arteriyasi bo’ylab: 2) taloq darvozasida va me’da osti bezi dumida joylashib, me’daning tanasi va tubining chap uchligidan, katta egriligining yarmigacha limfa yigadi; 3) katta egriligi bo’ylab joylashib, uning o’ng yarmidan va pilorik qismiga yaqin joylardan limfa yig’adi. Me’dadan yig’ilgan limfa suyuqliklari, limfa yo’llari orqali qorinning arteriya stvoli atrofida joylashgan limfa tugunlariga quyiladi. Bundan tashqari, me’daning limfa yo’llari, qo’shni a’zolar limfa yo’llari bilan qalin anastomozda bo’ladi. Bu xodisa me’dadan qo’shni a’zolarga yoki qo’shni a’zolardan me’daga rak metastazlari o’tishida katta rol o’ynaydi. Me’da adashgan nerv va quyosh chigali tarmoqlari bilan innervasiyalanadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling