Anatomiyadan amaliy


Download 0.82 Mb.
bet83/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Kindik (umblicus). Kindik o’rta chiziqda, taxminan to’sh suyagining xanjarsimon usig’i bilan qov suyagining o’rtasidagi masofada joylashadi. Uning shakli har xil: yassi, ichkariga tortilgan, tashqariga bo’rtib chiqqan va h. k. bo’lishi mumkin. Kindik sohasidagi teri yupqa, kindik halqasiga (anulus umbilicalis) mustahkam birikkan bo’ladi. Halqa esa, o’z navbatida, qorin oq chizig’i aponevrozidagi teshikdir. Kindik sohasida teri osti yog’ to’qimasi bilan yuzaki fastsiya yo’k. Ichki fastsiya bo’lsa, bir oz qalinlashgan bo’lib, uni o’sha yerda kindik fastsiyasi (fascia umbilicalis) deb ataydilar. Kindik fastsiyasi qorin pardaning pariyetal varag’i bilan mustahkam birikadi. Homila ona qornidalik paytida, kindik halqasi orqali ikkita kindik arteriyalari bilan siydik yo’li (urachus) o’tib, ular kindik halkasining pastki qismida joylashadi. Halqaning yuqori qismida esa, kindik venasi joylashadi. Bola tug’ilgach, bularning hammasi obliterasiyaga uchrab, siydik yo’li - o’rta kindik boylamiga, kindik arteriyalari - lateral kindik boylamlariga va kindik venasi jigarning yumaloq boylamiga aylanadi. Kindik venasi kindik kanalida o’tadi. Bu kanal oldidan oq chiziq bilan, orqadan - kindik fastsiyasi bilan chegaralanib turadi. Kanalning pastki teshigi kindik halkasining ustki sohasida, yuqori teshigi - undan 5 – 6 sm yuqorida bo’ladi. Kindik halqasi qorin oldingi devorining eng zaif joyi hisoblanib, uning teshigi kengaysa yoki qorin bo’shlig’ida bosim oshib ketsa, u yerdan kindik churrasi chiqishi mumkin.
Qorin devoridagi teri limfa yo’llari ikki xil limfa chigallarini hosil qiladi. Bular yuzaki va chuqur limfa chigallari bo’lib, terining qo’shimcha to’qima qavatlarida hosil bo’ladi. Yuzaki limfa yo’llari asosan qo’ltiq osti va chov limfa tugunlariga borib ochiladi. Bunda, qorin devorining chap tomonidagi limfa yo’llari, o’ng tomonidagilar bilan va pastki sohaning limfa yo’llari - yuqori sohaning limfa yo’llari bilan anastomoz hosil qiladi. Chuqur limfa yo’llari bo’lsa, mustaqil ravishda hamda qon tomirlari bo’ylab, qorin oldingi yon sohalarining chuqur qavatlariga fastsiya va mushaklar orasiga kirib boradi. Ular o’z limfa suyuqliklarini nafaqat qo’ltiq osti va chov limfa tugunlariga, hatto qorin bo’shlig’i va qorin parda orqasidagi limfa tugunlariga olib borib quyadilar. Bundan ko’rinib turibdiki, qorin oldingi yon devorida joy­lashgan limfa yo’llarining anastomozlari juda keng tarqalgan bo’lib, faqatgina qorin devorlarida emas, boshqa qo’shni soha limfa yo’llari bilan ham aloqa qilar ekan.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling