Anatomiyadan amaliy
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
Me’da osti bezi (pancreas), qorin bo’shlig’ining orqa tomonida, I - II bel umurtqalari qarshisida, me’daning orqasida ko’ndalang holatda yotadi. Me’da osti bezining ko’pchilik qismi yuqori qorin sohasida (reg. epigastrica) kamroq qismi esa chap qovurg’a osti sohasida (hypochondrica sinistra) joylashgan bo’lib, 12 barmoq ichakning tushuvchi qismidan, to taloq darvozasiga qadar yetib boradi. Me’da osti bezining qorinni oldingi devoridagi tasviri o’ng va chap VII - VIII qovurg’alar uchlarini birlashtirib turadigan ko’ndalang chiziqqa to’g’ri keladi. Bu bez kattalikda jigardan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Bezning uzunligi 16 - 22 sm, kengligi 3 - 8 sm, qalinligi 2 - 3 sm, ogirligi 70 - 90 g. U yumshok, pushti - kulrang bo’lib, juda ko’p bo’laklardan iboratligi yaqqol bilinib turadi. Oldindan orqaga qarab yassilangan bu bez quyidagi qismlarga bo’linadi: boshi (caput pancreatis), tanasi (corpus pancrea-tis) va dumi (cauda pancreatis). Me’da osti bezining boshi boshqa qismlarga qaraganda katta bo’lib, 12 barmoq ichakning tushuvchi qismining orqa devoriga o’zining yo’li (ductus pancreaticus) bilan qo’shiladi. Ko’pincha bezning bosh qismida ilmoqsimon o’siq (processus incinatus) ni ko’rish mumkin. Bezning boshi tanasiga o’tish joyida kemtik joi hosil qiladi, bu incisura pancreatis deyilib, shu yerdan yuqori tutqich arteriyasi va venasi o’tadi. Ana shu kemtik joy taxminan 15 foiz xollarda ingichkalashgan bo’ladi va bu bez bo’yni (collum pancreatis) deyiladi.
Me’da osti bezining tanasi uchburchak prizmaga o’xshaganligi uchun unda uchta yuza va uchta chekka tafovut qilinadi. Oldingi yuza (facies anterior) bir oz botiq bo’lib, me’daning orqa devoriga tegib turadi. Uning orqa yuzasi (facies posterior) qorinning orqa devoriga qaragan bo’lib, qorin o’rtasiga, pastki kovak venaga va chap buyrak venasiga tegib turadi. Pastki yuzasi (facies inferior) bezning bir oz oldinga qarab turgan kambar qismi bo’lib, 12 barmoq ichakning och ichakka o’tish joyidagi bukilmagan, och ichak qovuzloqlariga va ko’ndalang chambar ichakning uchiga tegib turadi. Bezning dumi tanasining bevosita davomi bo’lib, sekin - asta ingichkalasha boradi va taloq darvozasigacha yetadi. Me’da osti bezi qorin pardadan orqada (ecstraperitoneal) yotadi, uning faqat oldi va pastki tomoni parda bilan o’ralgan. Bezning oldingi qirg’og’iga ko’ndalang chambar ichak tutqichining ildizi birikadi. Me’da osti bezining bosh qismi (caput pancreatis) ni 12 barmoq ichak o’rab o’tadi. U bilan 12 barmoq ichakning pastki gorizontal qismining orasida egatcha bo’lib, undan yuqori ichak tutqich arteriyasi o’tadi. Bez boshchasining orqasidan pastki kovak vena, o’ng jigar arteriyasi va qopqa venasining boshlangich qismlari o’tadi. Me’da osti bezining tanasi oldida me’daning orqa devori, orqasida - qorin parda orqa sohasidagi yog’ to’qimasi, tepasida - chap buyrak va buyrak usti bezlari hamda bel umurtqalari joylashadi. Uning pastki yuzasi 12 barmoq ichakning pastki gorizontal qismiga tegib turadi. Me’da osti bezi bilan umurtqalar orasida qorin chigali bilan aorta o’tadi. Uning orqa va yuqori sohasida butun tanasi bo’ylab taloq arteriyasi o’tadi. Me’da osti bezi, me’da-12 barmoq ichak arteriyasidan chiquvchi, me’da osti bezi - 12 barmoq ichakning yuqori arteriyasi (a. pancrea - ticoduodenalis superior) dan, ichak tutqichi yuqori arteriyasidan chiquvchi me’da osti bezi-12 barmoq ichak pastki arteriyasidan (a. pancreaticaduodenalis inf.) va taloq arteriyasidan chiquvchi tarmoqlardan qon bilan ta’minlanadi. Me’da osti bezining limfa yo’llari yuqori va pastki me’da osti bezi - 12 barmoq ichak limfa tugunlariga ochiladi. Bezning limfa sistemasi 12 barmoq ichak, o’t pufagi va o’t yo’llari limfa tugunlari bilan yaqindan aloqada bo’ladi. Bezning innervasiyasida adashgan va simpatik nervlar qatnashadi. Bundan gashkari, uni qorin, buyrak, taloq va yuqori ichak tutqichi chigallari ham innervasiyalaydi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling