Anatomiyadan amaliy
BEL SOHASI VA QORIN PARDA ORQA BO’SHLIG’I
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuzaki varag’i
BEL SOHASI VA QORIN PARDA ORQA BO’SHLIG’I
Bel sohasi (regio lumbalis). Bu soha qorin parda orqasidagi bo’shliqni orqadan va yon tomonlardan chegaralab, qorin devorining orqa va qisman yon tomonlarini o’z ichiga oladi. Uning chegaralarini yuqori dan XII qovurg’a, pastdan - yonbosh suyagining qirrasi, tashqaridan - o’rta qo’ltiq osti chizig’i, ichkaridan - bel umurtqalarining o’tkir o’siqlari tashkil qiladi. Sohadagi yumshoq to’qimalar har xil joylashganligi sababli, bel sohasi ikki: medial va lateral qismlarga bo’linadi. Ularni ajratib turuvchi chegara umurtqa pog’onasini tiklovchi mushak (m. erector spinae) ning tashqi qirrasidan o’tkazilgan chiziq (umurtqa pog’onasi orqa o’sig’idan 7 - 8 sm tashqarida) bilan aniqlanadi. Sohaning medial tomonidagi teri, lateral tomonidagiga qaraganda ancha qalin, kam harakatchan bo’lib, orqa miya nervlarining orqa tolalari bilan innervasiya qilinadi. Bu yerning teri osti yog’ to’qimasi kam rivojlangan. Yuzaki fastsiyaning ostida, dumba sohasining yuqori, bel sohasining pastki qismida dumba-bel yog’ yig’masi (massa adiposa lumboglutealis) bo’lib, u ayniqsa ayollarda yaxshi taraqqiy qilgan bo’ladi. Sohaning xususiy fastsiyasiga bel - ko’krak fastsiyasi (fascia thoracolumbalis) deyilib, u ikki: yuzaki va chuqur varaqlardan tuzilgan. Yuzaki varag’i (lamina superficialis fascia thoracolumbalis) bel umurtqalarining o’tkir o’siqlaridan, chuqur varag’i (lamina profunda fascia thoracolumbalis) esa shu umurtqa-larning ko’ndalang o’siqlaridan boshlanadi. Ikkala varag ham umurtqa pog’onasini tiklovchi mushaklarni o’rab, uning tashqi yuzasida mushakning tashqi yotqichini hosil qilib, o’zaro birikadi. Bel - ko’krak fastsiyasining chuqur varag’i soxaning yuqori qismida qalinlashib, bel - qovurg’a boylami (lig. lumbocostalis) ni hosil qiladi. Bu boylam XII yoki XI qovurg’alar bilan I bel umurtqasi ko’ndalang o’scig’ini birlashtirib turadi. Buyrakda operasiya qilish davrida ko’pincha bu boylamni kesishga to’g’ri keladi. Xususiy fastsiyaning ostida ikkita: belning katta (m. psoas major) va uning tashqarisida belning kvadrat mushaklari (m. quadratus lumborum) yotadi. Ularning birinchisi XII ko’krak va I - II bel umurtqalarining yon tomonlaridan hamda bel umurtqalarining ko’ndalang o’siqlaridan boshlanib, pastroqda katta va kichik yonbosh (m. m. psoas major et minor) mushagiga qo’shilib, yonbosh - bel mushagi (t. iliopsoas) sifatida mushak kovagi (lacuna musculorum) dan o’tadi va son suyagining kichik ko’stiga birikadi. Ikkinchi mushak bo’lsa, yonbosh suyagining orqa qirrasidan va III - IV bel umurtqalarining ko’ndalang o’siqlaridan boshlanib XII, ba’zan XI qovurg’aga birikadi. Ikkala mushak ham ichkari tomondan shu nomli fastsiya (fascia psoatis et quadrata) lar bilan yopiladi. Bu fastsiyalar asosan qorin ichki fastsiyasi bo’lib, u kvadrat mushakning tashqi sohasida bel - ko’krak fastsiyasining chuqur varag’i bilan birlashadi. O’z yo’lida bu fastsiya mushakning chuqur yotqichini hosil qiladi. Bel mushagini yopuvchi bel fastsiyasi, mushaklarning birikadigan joylari, ya’ni kichik ko’st hamda umurtqalar tanasiga birikadi. Buning natijasida hosil bo’lgan suyak - fibroz yotqichlarining klinik jihatdan ahamiyati katta bo’lib, umurtqalarning sil kasali oqibatida hosil bo’lgan yiringlar yig’indisi, belning katta mushagi bo’ylab sonning oldingi sohasigacha tushishi va u yerda son churrasiga o’xshash shish hosil qilishi mumkin.Bel lateral sohasining qavatlari ham oldin xuddi medial sohasidagidek bo’lib, teri, teri osti yog’ to’qimasi, yuzaki fastsiya, bel - dumba yog’ yig’masi va xususiy fastsiyadan iboratdir. Bularning ostida orqaning serbar mushagi (m. latissimus dorsi) yotadi. Bu mushak VII - XII qovurg’a va umurtqalarning orqa o’siqlaridan, bel - ko’krak fastsiyasining yuzaki varag’idan hamda yonbosh suyagining orqa qirralaridan boshlanib, uning tolalari yuqoriga hamda tashqi tomonga yo’naladi va yelka suyagi kichik do’mbog’ining qirrasi (crista tuberculi minoris humeri) ga birikadi. Shu qavatning o’zida yana tashqariroqdan qorinning tashqi qiyshiq mushagi (m. obliquus externus abdominis) o’tadi. Uning tolalari yuqoridan pastga va orqadan oldinga yo’nalgan bo’ladi. Bulardan keyingi, navbatdagi qavatda sohaning yuqori tomonida orqaning pastki tishli mushagi (m. serratus posterior infereor), pastki sohasida - qorinning ichki qiyshiq mushagi (m. obliquus internus abdominis) yotadi. Ularning mushak tolalari pastdan yuqoriga va orqadan oldinga qarab yo’naladi. Bularning ostida esa qorinning ko’ndalang mushagi (m. transversus abdominis) joylashadi. Navbatdagi qavat - qorinning ko’ndalang (ichki) fastsiyasi (fascia transversa s. endoabdominalis) bo’lib, uning ostida qorin parda orqa bo’shlig’i yotadi. Bel sohasidagi joylashgan mushaklarning oralarida har xil kamtik joylari hosil bo’lib, ular orqali qorin parda orqa bo’shlig’idan bel sohasiga churralar, yiringli yig’ilmalar chiqishi mumkin. Bularning bittasi orqa serbar mushagining tashqi qirrasi bilan qorin tashqi qiyshiq mushagining i.chki qirralari orasida hosil bo’lib, bunga bel uchburchagi (trigonum lumbale) yoki Pti uchburchagi deyiladi. Uning asosini yonbosh suyagining qirrasi, tubini esa qorinning ichki qiyshiq mushagi tashqil qiladi. Ikkinchi kamtik joylardan yana biriga belning payli yoki Gryunfeld - Lesgaft uchburchagi yoki rombi (spatium tendineum lumbale) deyiladi. Bu rombsimon yoki uchburchaksimon shaklga ega bo’lgan joy yuqoridan XII qovurg’a va orqa tishli mushakning pastki qirrasi bilan, ichkaridan - umurtqa pog’onasini tiklovchi mushakning tashqi qirrasi bilan, tashqaridan va pastdan - qorinning ichki qiyshiq mushagi bilan chegaralanib, uning tubini qorin ko’ndalang mushagining payi hosil qiladi.(47-rasm) Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling