Anatomiyadan amaliy
Qorin parda orqa bo’shlig’i (Spatium retroperitonealis)
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
Qorin parda orqa bo’shlig’i (Spatium retroperitonealis). Bo’shliq oldindan qorin bo’shlig’ining orqa devori bo’lmish qorin parda pariyetal varag’i hamda ko’tariluvchi va tushuvchi chambar ichaklarning qorin parda bilan yopilmagan orqa yuzalari bilan, orqadan - qorinning orqa devori, ya’ni umurtqalar va bel sohasi mushaklari hamda ularni yopib turgan qorin pardaning visseral varag’i yoki fascia endoabdominalis bilan, yuqoridan - qorin parda pariyetal varag’ini jigarga, me’daga, taloqqa o’tish joyidagi diafragmaning boshlanish qismi bilan, pastdan - chanoq suyak dungligi (promontorium) hamda chegara chiziq (Linyea terminalis) bilan, yon tomonlaridan - pariyetal qorin pardaning, qorinning yon devoridan orqa devoriga o’tadigan egriligi (tashqaridan bu egrilik qo’ltiq osti o’rta yoki orqa chizig’ining yonbosh suyagiga o’tkazilgan davomiga to’g’ri keladi) bilan chegaralanib turadi.
Qisqa qilib aytganda, qorin orqa devorini yopib turgan qorin bo’shlig’ining ichki fastsiyasi bilan qorin pardaning pariyetal varag’i orasidagi bo’shliqqa qorin parda orqa bo’shlig’i deyiladi. Bu fastsiya qorin parda orqasidagi bo’shliqning navbatdagi fastsiyasi bo’lib, orqa qo’ltiq osti chizig’i ro’parasida (pariyetal qorin pardaning qorin yon devoridan orqa devoriga o’tayotgan joyida), ichki qorin fastsiyasidan hamda qorin pardadan boshlanadi. Chiziq bo’ylab uchrashgan ikkala fastsiya o’zaro birlashib, fastsiyalar birlashmasini (fassial tuguni) hosil qiladi. Bu yerdan medial tomonga yo’nalib, buyraklarning tashqi qirrasida ikki varaqqa bo’linadi. Uning bitta varag’i buyrakni oldidan, ikkinchisi - orqasidan o’rab o’tadi. Oldindan o’rab o’tgan varaqqa buyrak oldi fastsiyasi (fascia prerenalis), orqasidan o’rab o’tganiga - buyrak orqa fastsiyasi (fascia retrorenalis) deyiladi. Fastsiyalarning birinchisi yuqoriga davom etib, buyrak usti bezini, pastga davom etib siydik chiqaruv yo’lini o’raydi va buyrak orqa fastsiyasining shu yerdagi varag’i bilai birlashadi. Buyrakning oldida esa buyrak atrofidagi yog’ to’qimani o’rab, uning ichki sohasida buyrak orqa fastsiyasi bilan birlashadi va chap tomonda ichak tutqichining yuqori arteriyasi bilan qorin arteriya stvolining fibroz to’qimasiga birikadi. O’ng tomonda, u pastki kovak vena fassial qiniga birikadi. Buyrakning orqa fastsiyasi esa yuqoriga ko’tarilib, diafragma oyoqchalariga, o’rtada - aorta va pastki kovak vena fastsiyalariga birlashib, pastda - siydik yo’li orqa fastsiyasiga aylanadi. Ko’tariluvchi va tushuvchi chambar ichaklarning qorin parda bilan o’ralmagan orqa sohasidagi fastsiyaga chambar ichak fastsiyasi (fascia retrocoiica) deyilib, ko’tariluvchi chambar ichak tomonidagisi medial tomondan ichak tutqichiga, tushuvchi chambar ichak tomonidagisi esa, o’sha yerdagi to’qimaga birikadi, tashqari tomondan esa ikkalasi ham qorin pardaning orqa devoriga o’tadigan joylariga birikadi. Shunday qilib, qorin parda orqa bo’shlig’ida yuqorida keltirilgan fastsiyalar orasida, uchta yog’ to’qima qavatlari hosil bo’ladi. Bular: qorin parda orqasi, buyrak atrofi va ichak atrofi yog’ to’qima qavatlaridir. Qorinparda orqa yog’ to’qima qavati (textus sellulosus retroperetonealis) qorin parda orqasidagi fastsiyadan keyin joylashib, qo’ltiq osti o’rta chizigidan tashqarida qorin parda oldi yog’ to’qimasiga o’tib ketadi. U yuqoridan diafragma ostigacha, pastdan esa kichik chanoq, bo’shlig’idagi yog’ to’qimagacha davom etib, unga qo’shilib ketadi. Buyraklar atrofi yog’ to’qimasi (paranefron s. capsula adiposa renis) oldingi va orqa buyrak fastsiyalari (fascia pre et retrorenalis) orasida joylashadi. Bu fastsiya yuqorida X - XI qovurg’alar ro’parasida, qorin parda yon devorining orqa devorga o’tadigan joyidan boshlanib, buyraklarni oldidan va orqasidan yog’ to’qimasi bilan birga o’raydi. Chambar ichak atrofidagi yog’ to’qima (paracolon) buyrak oldi fastsiyasining oldida joylashib, orqadan buyrak fastsiyasi bilan, oldindan - ko’tariluvchi (ungdan) va tushuvchi (chapdan) chambar ichaklarning orqa devorlari va qorin parda bilan chegaralanib turadi. Bu yog’ to’qima ko’ndalang chambar ichak tutqichi ildizigacha, pastdan va o’ng tomondan - ko’richakkacha, pastdan va chap tomondan - sigmasimon ichakkacha davom etadi. Bulardan tashqari, tushuvchi va ko’tariluvchi chambar ichaklarning orqa sohasida Told fastsiyasi (fascia Toldti) yotadi. Bu fastsiya homilada ko’tariluvchi va tushuvchi chambar ichaklar tutqichi vazifasini o’tab, bola tug’ilgach, qo’shimcha to’qimaga aylanib ketadi. Shunday qilib, bel sohasida joylashgan qavatlarni tashqaridan ichkariga qarab chiqsak, ular medial va lateral qismlarga bo’linadi. Medial qismining qavatlari: teri, teri osti yog’ to’qimasi, yuzaki fastsiya, chuqur yog’ to’qima qavati, xususiy fastsiya, bel - ko’krak fastsiyasining yuzaki varag’i, umurtqa pog’onasini tiklovchi mushak, bel - ko’krak fastsiyasining chuqur varag’i, orqaning kvadrat mushagi bilan bel katta mushagi, bel va kvadrat fastsiya, qorin parda orqa bo’shlig’ining yog’ to’qima qavati, buyrakning orqa fastsiyasi, buyrak atrofi yog’ to’qimasi, buyrak, buyrak oldi fastsiyasi, chambar ichak atrofi yog’ to’qimasi, chambar ichak orqa fastsiyasi va fascia endoabdominalis. Lateral qismining qavatlari: teri, teri osti yog’ to’qimasi, yuzaki fastsiya, yog’ to’qimaning chuqur qavati, xususiy fastsiya, orqaning serbar mushagi, qorinning tashqi va ichki qiyshiq mushaklari, ko’ndalang mushak aponevrozi, ko’ndalang yoki qorin ichki fastsiyasi, qorin parda orqa bo’shlig’i yog’ to’qimasi, buyrakning orqa fastsiyasi, buyrak atrofi yog’ to’qimasi, buyrak, buyrakning oldingi fastsiyasi, chambar ichak atrofi yog’ to’qimasi, chambar ichak orqa fastsiyasi va fascia endoabdominalis. (48-rasm) Qorin parda orqa bo’shlig’ida uning a’zolari: buyraklar, buyrak usti bezlari, siydik yo’llari, qorin aortasi, pastki kovak vena, simpatik poyaning qorin bo’lagi, toq va yarim toq venalar, ko’krak limfa yo’lining qorin qismi, me’da osti bezi, 12 barmoq ichakning bir qismi va ko’tariluvchi hamda tushuvchi chambar ichaklarning qorin parda bilan yopilmagan qismlari joylashadi. Endi bularning topografiyasini alohida - alohida o’rganib chiqamiz. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling