Anatomiyadan amaliy


Buyrak usti bezlari (gl. suprarenalis)


Download 0.82 Mb.
bet102/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Buyrak usti bezlari (gl. suprarenalis). Buyrak usti bezlari ham buyraklardek juft bo’lib, ichki sekresiya bezlariga kiradi. Bezning kattaligi uzunasiga 30 - 60 mm, eniga 4 - 6 mm, ogirligi 4 - 5 g keladi. Ular aloxida fassial qobiqqa o’ralgan holda buyraklarning yuqori uchida, XI – XII ko’krak umurtqalari sohasida joylashadi. O’ng buyrak usti bezi o’zining orqa yuzasi bilan diafragmaga, oldingi yuzasi bilan - jigarning qorin parda bilan yopilmagan yuzasiga, ichki yuzasi bilan - pastki kovak venaga tegib turadi. Chap buyrak usti bezi bo’lsa, orqadan - diafragmaga, pastdan - me’da osti bezining dumi va taloq qon tomirlariga, oldindan - me’da va taloqqa (ammo ular orasida charvi xalta yotadi) va ichkarida - yarimoysimon qorin ichki nerv chigallari va aortaga tegib yotadi.
Buyrak usti bezlari uchta arteriyadan qon oladi:

  1. buyrak usti bezining yuqori arteriyasi (a. suprarenalis superior) - diafragmaning pastki arteriyasidan chiqadi;

  2. buyrak usti bezining o’rta arteriyasi (a. suprarenalis media) - qorin aortasining tarmog’i; 3) buyrak usti bezining pastki arteriyasi (a. suprarenalis inferior), buyrak arteriyasining tarmog’i.

Buyrak usti bezining katta qon tomirlaridan biri bo’lib hisoblangan o’ng va chap buyrak usti bezi venalari (vv. suprarenalis dextrae et sinistrae) dir. Ular bezning darvozasidan chiqqach, pastki kovak venaga (ungdan) va buyrak venasiga (chapdan) quyiladilar. Buyrak usti bezlari kuyosh chigalining buyrak usti bezi chigallari (plexus suprarenalis) dan chiqadigan tarmoqlar bilan innervasiyalanadi.
Siydik yo’li (ureter). Siydikni buyrakdan qovuqqacha o’tkazib boruvchi nayga siydik yo’li deyiladi. Uzunligi 25 - 30 sm keladigan bu yo’l qorin parda orqasidagi bo’shliqda o’tib, uning ikki qismi farqlanadi. Birinchi qismiga qorin qismi (pars abdominalis) deyilib, buyrakdan katta va kichik chanoq bo’shliqlarini chegaralab turadigan chiziqqacha (linea terminalis), ikkinchi qismi - chanoq qismi (pars pelvina) deyilib, u shu chegara chiziqdan siydik qopigacha davom etadi.
Siydik yo’lining uch joyida qisilgan yeri (isthmus ureteris) bo’lib, birinchisi - buyrak jomidan siydik yo’liga o’tish joyida, ikkinchisi - yonbosh arteriyalari bilan kesishgan joyida va uchinchisi - qovuq devorida joylashadi. Bu qisilmalar orasida urchuqsimon kengaygan joylari (ampullae) bor.
Katta bel mushagining o’rta qismidan pastroqda siydik yo’li, erkaklarda moyakning qon tomirlarini (vasa testicula­rs), ayollarda tuxumdon qon tomirlarini (vasa ovarica) oldidan kesib o’tadi. Siydik yo’lining qorin qismini shu kesishgan joydan yuqori bo’lagiga bel, pastki bo’lagiga - yonbosh qismlari deyiladi. O’ng siydik yo’li chegara chiziqqa (linea terminalis) borgach, tashqi yonbosh

arteriyasi, chap siydik yo’li - umumiy yonbosh arteriyasi bilan kesishadi.


O’ng siydik yo’lining ichki tomonida pastki kovak vena o’tadi. Uni yuqorida 12 barmoq ichak, pastroqda - ichak tutqichining ildizi yopib turadi. Undan tashqarida ko’tariluvchi chambar ichak bilan ko’r ichak yotadi. Bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki, chuvalchangsimon o’simta qorin parda orqali o’ng siydik yo’lini, yonbosh sohasidan o’tayotgan qismi bilan birikkan bo’lishi mumkin. Siydik yo’lidan o’tayotgan tosh, o’tkir appendisit belgilarini berib, hakimlarni adashtirishi hech gap emas. Chap siydik yo’lining ichki tarafida - aorta, tashqi tarafida - tushuvchi chambar ichak, oldida - qorin pardaning pariyetal varag’i bilan sigmasimon ichak tutqichi yotadi.
Siydik yo’llari chanoqda uning yon devorlaridan o’tadi. Keyinchalik ichkariga burilib, quymich o’sig’i (spina ischiadica) ro’parasida qovuqning tubiga qarab yo’naladi. O’z yo’lida ular yopqich arteriya, vena va nervlari hamda oldinda yotgan urug’ chiqarish yo’llari bilan kesishadi. Chanoqning visseral fastsiyasi siydik yo’llariga va ularni o’rab yotgan to’qimalarga qin hosil qiladi.
Siydik yo’llari shu nomli arteriyalar (rr. ureterici) dan qon bilan ta’minlanadi. Uning arteriyalari buyrak, moyak, tuxumdon va qovuq arteriyalarining tarmog’idir.
Vena qoni, siydik yo’lining yuqori sohalaridan buyrak, o’rta sohalaridan - urug’ va pastki sohalaridan - ichki yonbosh hamda qovuq vena chigallariga quyiladi.
Limfa suyuqligi esa, yuqori qismidan buyrak darvozasi va qon tomirlari bo’ylab joylashgan regionar limfa tugunlariga, o’rta qismlaridan - aorta hamda pastki kovak vena atroflaridagi limfa tugunlariga va pastki qismidan - yonbosh qon tomirlari bo’ylab joylashgan limfa tugunlariga ochiladi.
Siydik yo’llarining yuqori qismi jigar hamda buyrak nerv chigallari, o’rta qismi - simpatik poyaning bel sohasidagi tolalari, hamda urug’ nerv chigallaridan chiquvchi nervlari bilan innervasiya qilinadi.
Yuqorida keltirilgan a’zolardan tashqari, qorin parda orqasidagi bo’shliqdan yana quyidagi qon tomir va nervlar o’tadi: Qorinaortasi, pastki kovak vena, toq hamda yarim toq, venalar, simpatik poyaning bel qismi va limfa yo’li. Endi bular bilan tanishib chiqamiz.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling