Anatomiyadan amaliy
TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1. Qorinning oldingi devori qanday sohalarga bo‘linadi? 2. Qorinning oldingi devorida nechta qavat tafovut qilinadi? 3. Qorin oq chizig‘i qanday hosil bo‘ladi va uning topografiyasi? 4. Qorin to‘g‘ri mushagining qini kindikdan yuqorida va undan pastda qanday tuzilgan? 5. Qorin oldingi devorining qon tomir va nervlarining topografiyasi qanday? 6. Chov kanalining nechta devori bor va ular qanday hosil bo‘ladi? 7. Chov kanalining yuzaki va chuqur teshiklari qanday hosil bo‘lgan? 8. Qorin oldingi devorining orqadan (qorin bo‘shlig‘i tomonidan) ko‘rinishi va uning ta'rifi? (egatlar va chuqurchalar) 9. To‘g‘ri va qiyshiq chov churralari nima va ularning topografiyasi? 10. Qorin bo‘shlig‘i nechta qavatga bo‘linadi va uni nimalar bo‘lib turadi? 11. Jigar xaltasi qanday hosil bo‘ladi va uni qaysi boylam me'da oldi xaltasidan ajratib turadi? 12. Me'da oldi xaltasi qanday hosil bo‘ladi va uning ichida nimalar joylashgan? 13. Charvi xaltasi qanday hosil bo‘ladi? Uning devorlarini aytib bering. 14. Qanday boylamlar charvi xaltasi teshigini (Vinslov teshigini) hosil qiladi va bu teshik orqali charvi xaltasi qaуerlar bilan aloqa qiladi? 15. Ichak tutqich bo‘shliqlari (sinuslari) qanday hosil bo‘ladi va ularda nimalar joylashgan? 16.Qorin bo‘shlig‘ining yon kanallari qanday hosil bo‘ladi va ular qaуerda joylashgan? 17. Qorin bo‘shlig‘ining ustki va pastki qavatlarida qanaqa qorin a'zolari joylashgan va ular qorin bo‘shlig‘ining qaуerlarida joylashadi? 18. Ingichka va yo‘g‘on ichaklar qanaqa qismlarga bo‘linadi? 19. Ingichka ichakning tutqichi qanday birikadi? 20. Yo‘g‘on ichakni ingichka ichakdan farqlatadigan asosiy belgilarni aytib bering? 21. Ingichka ichakning qon bilan ta'minlanishini asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? 22. Me'daning sintopiyasi qanday? 23. Me'daning qanaqa boylamlari bor? 24. Me'daning kichik va katta egriligidan qanaqa arteriyalar o‘tadi? 25. Me'daning innervatsiyasi qanaqa, vena qoni qaуerga oqadi? 26. Jigarning qanaqa boylamlari bor? 27. Jigar 12 – barmoq ichak boylamidan nimalar o‘tadi va ularning topografiyasi? 28. Qopqa venasi qaysi venalardan hosil bo‘ladi? 29. Kuino bo‘yicha jigarda nechta segment bor (qopqa vena tarmog‘i bo‘yicha) va ular qanday aniqlanadi? 30. O‘t pufagining topografiyasi qanday? 31. O‘t pufagining jigar bilan o‘zaro munosabati va uning turlicha joylanish holatlari? 32. Kalo uchburchagi qanday hosil bo‘ladi? 33. Taloqning sintopiyasi qanday? 34. Taloqning qanaqa boylamlari bor? 35. Qaysi boylam ichida taloq arteriyasi va venasi o‘tadi, uning innervatsiyasi va limfa yo‘llari qanday? Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling