Anatomiyadan amaliy


ERKAKLAR CHANOG’INING A`ZOLARI


Download 0.82 Mb.
bet110/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

ERKAKLAR CHANOG’INING A`ZOLARI


Qovuq (vesica urinaria). Qovuq ichi kovak a`zo bo’lib, kichik chanoq a`zolariga kiradi. U qov birlashmasi orqasida to’g’ri ichakdan oldinda yotadi. Qovuqning shakli uning to’lgan yoki to’lmaganligiga, yoshga va jinsga bog’liq bo’lib, bolalarda ko’pincha urchuqsimon, kattalarda - tuxumga o’xshaydi. Uning keng asosi pastga, cho’qqisi - yuqoriga qarab joylashadi. Hajmi 200 -600 ml, ammo ayrim vaqtlarda 1500 - 2000 ml gacha siydikni sig’dira oladi. Qovuqda uchta qism tafovut qilinadi: 1) pastdagi qismi ancha keng bo’lib, qovuq tubi (fundus vesicae) deb ataladi; 2) yuqori tomoni toraya borib, cho’qqisi (apex vesicae) deyiladi; 3) bu ikki qismning o’rtasiga qovuq tanasi (corpus vesicae) deyiladi. Qovuq cho’qqisi bilan kindik o’rtasida, qorin devorining orqa (ichki) devori bo’ylab o’rtadan bir boylam tortilgan, unga o’rtalikdagi kindik boylami (lig. plica umbilicalis mediana) deyiladi. Ayollarda qovuqning ustiga bachadon engashib turganligi uchun, qovuq cho’qqisi bo’lmaydi, uning usti tekis va birmuncha yassilangan bo’ladi.
Qovuq tashqi tomondan tolali qo’shimcha to’qima bilan qoplangan. Uning tagida mushakli qobiq bo’lib, uning tolalari bir - biri bilan chegaralanib, har tomonga qarab yo’nalib, bitta mushakni - siydikni quvuvchi (detrusor urinae) mushakni hosil qiladi. Uning ostida shilliq osti tana (tela submucosa) va shilliq qavat (tun. mucosa) lar joylashadi.
Qovuqning shilliq osti tanasi siyrak joylashganligi tufayli, uning shilliq qavati juda ko’p burmalarni hosil qiladi, shuning uchun ham qovuq to’lishganda ancha kengayish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ammo qovuq orqa devorida joylashgan L’eto qovuq uchburchagi (trigonum vesicae Lieuto-idi) sohasida shilliq qavat burmalar hosil qilmasdan, silliq bo’ladi va bu joyda u shilliq parda tagida yotgan mushak bilan bitishib ketgan bo’ladi. Qovuq uchburchagi uchta teshiklarni: yuqoridan - qovuqqa ochiladigan siydik yo’llari teshiklarni va pastda - siydik chiqaruv kanali teshigini o’zaro birlashtirgan chiziqlari ichida hosil bo’ladi.
Qovuqning ikkita ixtiyoriy va ixtiyorsiz qisqichlari bo’ladi. Ularning birinchisi, siydik chiqaruv kanalining erkaklik olatini g’ovak qismidan o’tadigan joyida bo’lib, ikkinchisi - kanalning qovuqdan boshlanadigan qismini o’rab turadi.
Qovuq qorin parda bilan orqadan va qisman ikki yon tomonidan yopilgan. Bunda qorin oldingi devoridan tushib kelgan qorin parda uning ustida ko’ndalang burmani hosil qilib, pastga – orqa sohasiga o’tadi va to’g’ri ichakka o’tib ketadi. Qovuq to’lishganda ko’tarilib, qov simfizidan ancha yuqorida joylashadi. Natijada uning qorin pardadan xoli turgan oldingi devori qovuqdagi operatsiyalarga qulaylik tug’diradi. Qorin pardaning qovuq orqa devorining pastki sohasidan to’g’ri ichakka o’tadigan joyida, ularning orasida qorin pardadan holi bo’lgan uchburchaksimon bo’shliq (spatium retrovesicale) hosil bo’ladi. Bu joyga to’g’ri ichak yoki oraliq orqali borib, qovuqda operatsiyalar o’tkazish mumkin (53- rasm.)
Qovuqning yuqori va yon devorlariga ingichka ichak qovuzloqlari, sigmasimon, ayrim vaqtlarda ko’ndalang chambar ichak hamda ko’r ichak bilan chuvalchangsimon o’simta tegib turadi. Pastdan - siydik kanalining boshlang’ich qismini o’rab turgan prostata bezi, orqa devoriga - siydik yo’llari bilan urug’ pufakchali va urug’ yo’llari tegib turadi.
Qovuq oldingi devoridan oldinda qalinlashgan qovuq oldi yog’ to’qima bo’shlig’i (cavum praevesicale) bo’lib, u oldindan qorinning ko’ndalang fastsiyasi bilan, orqa­dan – qovuq - kindik fastsiyasi bilan, tashqaridan va ustidan - medial kindik boylamlarining birikkan joyi bilan chegaralanib turadi. Qovuq oldi to’qima bo’shlig’i pastdan va ikkala yon tomonlardan qovuq atrofi (spatium paravesicale) yog’ to’qimasi bilan aloqa qiladi.
Qovuqni yuqori va pastki qovuq arteriyalari qon bilan ta`minlaydi. Bularning birinchisi - kindik arteriyasidan, ikkinchisi – ichki yonbosh arteriyadan chiqadi. Bundan tashqari, qovuq ichki uyatli va yopqich arteriyalardan ham qon oladi.
Qovuqning devorida juda ko’p vena qon tomirlari bo’lib, ular uning pastki sohalarida qovuq vena chigallari (plexus vesicalis) ni hosil qiladi. Bu chigallar oldindan - uyatli vena chigallari va orqadan - to’g’ri ichak vena chigallari bilan aloqada bo’ladi. Vena qoni qovuqdan yonbosh venalarga quyiladi. Uning limfa yo’llari yonbosh va quymich regional limfa tugunlariga (lymphonoduli iliaci et sacrales) quyilib, yana prostata bezi va urug’ pufakchalarining limfa yo’llari bilan ham aloqada bo’ladi.
Qovuq o’ng va chap qorin tepasi pastki nerv chigali (plexus hypogastrici inferiores dextra et sinistra) laridan chiqqan nerv tolalari bilan innervatsiyalanadi. Bundan tashqari, uning innervatsiyasida qorin pasti yuqori (plexus hypogastrics superior), chegara simpatik stvol (gangl. trunci sympatici) chigallaridan chiqadigan nerv tolalari hamda oldingi quymich nerv tolalari (n. n. splanchnici sacralis) ham ishtirok etadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling