Anatomiyadan amaliy
To’g’ri ichak (intestinum rectum)
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
To’g’ri ichak (intestinum rectum). To’g’ri ichak yo’gon ichakning oxirgi qismi bo’lib, uzunligi 15 - 18 sm. Uning boshlanish qismi V bel umurtqasi bilan dumg’aza suyagi boshlanish qismi birlashishidan hosil bo’lgan chanoq do’ngligiga (promontorium) to’g’ri keladi.
To’g’ri ichakning ikki qismi: chanoq hamda oraliq qismlari farq qilinadi. Birinchi qismi chanoq diafragmasidan yuqorida joylashib, 12 - 15, ikkinchi qismi - diafragmadan pastda joylashib, 3 - 3,5 sm cha keladi. To’g’ri ichakda yo’g’on ichakning boshqa qismlarida uchraydigan lentalar, yog’li o’simtalar va kengaygan do’mboqchalar bo’lmaydi. To’g’ri i ichak nomiga yarasha juda ham to’g’ri emas, aksincha, u dumg’aza bilan dum suyaklarining holatiga moslashadigan ikkita bukilma hosil qiladi. Yuqoridagi bukilma dumg’aza bukilmasi (flexura sacralis) deyiladi va oldindan orqaga qarab yo’nalgan bo’ladi. To’g’ri ichak dum suyagi sohasiga kelganda orqadan pastga yo’nalib, ikkinchi bukilmani hosil qiladi, bunga oraliq bukilmasi (flexura perinealls) deyiladi. Birinchi bukilma qismi chanoq bo’shlig’ida yotgani uchun unga chanoq qismi (pars pelvina) deb, oxirgi, orqa teshikka yaqin qismi esa (pars analis recti) deb ataladi. Oxirgi qism to oraliq bukilmasigacha kengayib boradi. Bu kengaygan joy (ampulla recti) deb ataladi. To’g’ri ichakning ichki tomonida uchta ko’ndalang burma (plicae transversalis recti) va uning tashqi teshikka yaqin qismida tik joylashgan beshtadan o’ntagacha yo’g’on burmalar bor bo’lib, ular (columnae analis Morganii) deyiladi. Bular bir - biridan chuqurchalar vositasida ajralib turadi. To’g’ri ichakdagi bu burmalar pastga tushgan sari kengaya boradi va oxiri bir - biri bilan qo’shilib, orqa teshik yaqinida taxminan 1 sm kenglikdagi silliq xalqaga aylanadi. Bu halqa orasida yaxshi rivojlangan vena chigali (plexus haemorrhoidalis) joylashgan. Ana shu chigaldagi venalarning kengayib ketishiga bavosil kasalligi (gemorroy) deyiladi. To’g’ri ichakning mushak qavati tashqi va ichki qavatlardan iborat bo’lib, ichkisi dum mushagining hamma tomonidan o’rab, orqa teshik sohasiga kelgach, zichlashadi va silliq muskul tolasidan iborat ichki qisqich (m. sphincter am internus) ni hosil qiladi. Bundan tashqari, tashqi teshik atrofida ixtiyoriy xalqa mushak tolalaridan hosil bo’lgan tashqi qisqich (m. sphincter ani externus) bor. Bundan tashqari, shilliq qavatning mushak xalqalari qalinlashishidan hosil bo’lgan uchinchi qisqich - rn. sphincter ani tertius (K. F. Gepner) ham bo’lib, u orqa teshikdan taxminan 10 sm yuqorida turadi. Shunday qilib, to’g’ri ichakda uchta qisqich bo’lib, ulardan ikkitasi silliq mushaklardan hosil bo’lgan ixtiyorsiz va bittasi ko’ndalang targ’il mushaklardan hosil bo’lgan ixtiyoriy qisqichlardir. To’g’ri ichakning kichik chanoq bo’shlig’idagi a`zolarga munosabati erkak va ayollarda turlicha: erkaklarda to’g’ri ichak oldingi tomondan qovuqqa, urug’ pufakchalariga, prostata beziga va urug’ tashuvchi yo’lga tegib turadi. Dumg’aza suyagi bilan to’g’ri ichak o’rtasida kletchatka bilan to’lgan oraliq bo’lib, unda qon tomirlar, vena chigallari, simpatik nerv tolalari va limfa tugunlari yotadi. Ayollarda to’g’ri ichak oldindan bachadonning orqa devoriga tegib turadi. To’g’ri ichak uchta manbadan qon bilan ta`minlanadi. Uning asosiy qon yetkazuvchi manbasi ichak tutqichning pastki arteriyasi bo’lib, uning oxirgi tarmog’i, to’g’ri ichakning ustki arteriya (a. rectalis superior) si deyilib, uning yuqori qismlarini qon bilan ta`minlaydi. Yana ikkita juft arteriyalari ichki yonbosh arteriyalardan chiqib, ularga to’g’ri ichakning o’rta arteriya (a. rectalis media) lari deyiladi. O’z nomlaridan ko’rinib turibdiki, bu arteriyalar to’g’ri ichakning o’rta qismlarini qon bilan ta`minlaydi. Ichakning pastki qismlarini ichki uyatli arteriyalardan chiquvchi uning pastki arteriya (a. rectalis inferior) lari qon bilan ta`minlaydi. To’g’ri ichak venalari ko’p vena chigallarini hosil qiladi. Ular asosan uch joyda: teri ostida, shillik qavati ostida va fastsiya ostida joylashib, bir - biri bilan aloqada bo’ladi. Teri ostidagisi kanal teshigi atrofida, shilliq qavati ostidagisi - shilliq qavati tagida yotadi. Bu oxirgisi orqa chiqaruv teshigi atrofidagi shilliq qavatda vena chigallarida taxminan 1 sm kenglikdagi silliq xalqaga aylanadi. Bu xalqaga bavosil xalqa (zona haemorroidalis) si deyiladi. Fastsiya ostidagi vena chigallari bo’ylama mushaklar bilan to’g’ri ichak fastsiyasi orasida joylashadi. To’g’ri ichakning yuqori qismidan vena qoni ustki venalari orqali ichak tutqichning pastki venasiga va u orqali qopqa vena sistemasiga quyiladi. O’rta qismidan esa pastki kovak vena sistemasiga kiruvchi ichki uyatli venalarga quyiladi. Limfa suyuqligining asosiy qismi, to’g’ri ichakning ustki arteriyasi bo’ylab joylashgan limfa yo’llari orqali ichak tutqichning pastki tugunlariga quyiladi. Ampula qismidan limfa suyuqligi ichakning orqasida joylashgan limfa tugunlariga quyilib, u yerdan dumg’aza sohasida joylashgan ichki yonbosh limfa tugunlariga quyiladi. To’g’ri ichak simpatik, parasimpatik va sezuvchan nervlar bilan innervatsiya qilinadi. Simpatik tolalar ichak tutqich, aorta va qorin osti chigallaridan boshlanib, yuqori va o’rta to’g’ri ichak arteriyalari bo’ylab, to’g’ri ichakka yetib boradi. Ma`lumki, qorin osti chigallarining hosil bo’lishida qorin osti nervi tarkibida keluvchi simpatik toladan tashqari, II - IV dumg’aza nervidan chiquvchi parasimpatik tolalar ham qatnashadi. Ana shu parasimpatik tolalar chanoq nerv (nn. pelvici) lari deyilib, ular to’g’ri ichakka ham boradi. Bundan tashqari, bularning tarkibida sezuvchi nerv tolalari bo’lib, ular ham qorin osti nervidan farqli o’laroq, to’g’ri ichak devorlariga boradi. Ana shu sezuvchan tolalar to’g’ri ichak to’lishgan paytda sezuvchi impul’slarni markazga yuboradi. To’g’ri ichakning oraliq qismini uyatli nervi (n. pudendus) tarkibida bo’lgan sezuvchi va harakatlantiruvchi tarmoqlar innervatsiya qiladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling