Anatomiyadan amaliy


Prostata bezi (gl. prostata)


Download 0.82 Mb.
bet112/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Prostata bezi (gl. prostata). Prostata bezi qovuqning pastki qismida joylashib, siydik chiqarish kanali boshlang’ich qismini ikki tomondan o’rab turadi. Chanoq fastsiyasi hisobiga qobiqqa o’ralgan bu bez ikki bo’lakdan iborat. Bo’laklarni uning bo’yin qismi birlashtirib turadi. Bezning uzunligi 2,5 - 3 sm, eng qalin joyi - 2 sm, og’irligi 15 - 20 g. Prostata bezining asosi (basis prostatae) qovuqning tubiga, cho’qqisi (apex prostatae) siydik - tanosil diafragmasiga qaragan bo’ladi. Uning oldingi yuzasi qov simfizining orqasiga, yon tomonlari - orqa chiqaruv teshigini ko’tarib turuvchi mushaklarga va orqasi - to’g’ ri ichak ampulasiga tegib turadi. Binobarin, uni tekshirishda to’g’ri ichakka barmoqni tikib ushlab ko’rib, shakli va katta - kichikligini aniqlash mumkin.
Bezning asosiga urug’ pufakchalari va urug’ yo’llarining ampulasi tegib turadi. Prostata bezi ko’pgina mayda bezchalardan tashkil topib, ularning chiqarish yo’llari (ductus prostatici) siydik chiqarish kanalining prostata qismidagi urug’ do’mbog’ining yon tomonlaridagi egatchalariga ochiladi.
Qov simfizi bilan prostata bezining o’rtasida vena tomir chigallari (plexus venosus prostaticus) yotadi. Bez siydik - tanosil diafragmasi hamda qov suyaklariga mahkam birikkanligi uchun ham harakatsiz bo’ladi. Uning qon bilan ta`minlanishida qovning pastki va to’g’ri ichakning o’rta arteriyalari xizmat qiladi. Vena qoni prostata vena chigaliga quyiladi. Limfa yo’llari esa, chanoq limfa tugunlariga ochiladi.
Oraliq (perineum). Oraliq deb, oldindan qov simfizi hamda qov suyagining pastki va quymich suyaklarining ko’tariluvchi butoqlari bilan, yon tomonlardan quymich do’mboqlari va dumg’aza
- do’mboq boylamlari bilan, orqadan - dumg’aza hamda dum suyaklari bilan chegaralanib, kichik chanoq pastki teshigini to’ldirib turgan yumshoq to’qimalarga aytiladi. Oraliq ikkala quymich do’mboqlarini birlashtiradigan chiziq (lin. biischiadicae) orqali ikki sohaga: siydik - tanosil (reg. urogenitalis) va orqa chiqaruv teshigi (reg. analis) sohalariga bo’linadi. Oraliqning shakli rombga o’xshaydi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling