Anatomiyadan amaliy


Download 0.82 Mb.
bet96/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Chuvalchangsimon o’simta (appendix vermiformis). Chu­valchangsimon o’simta ko’r ichakning orqa - medial sohasida, uchchala tasmalarning birlashgan joyidan boshlanib, ko’r ichakning ajralmas qismi sifatida yotadi. Bu o’simta ko’r ichakning orqa medial yuzasidan, ingichka ichak kelib quyadigan joyidan pastroqda o’sib chiqadi.
Bu o’simta qorin parda bilan hamma tomonidan o’ralgan bo’lib, o’zining xususiy tutqichi (mesenteriolum appendicis vermiformis) ga ega. O’simtaning uzunligi 5 - 6 sm dan 15 - 20 sm gacha bo’lishi mumkin. Chuvalchangsimon o’simta bo’shlig’i ko’r ichak bo’shlig’iga, ochilib, katta kishilarda spiral yoki «S» simon bo’lib yotadi.
Chuvalchangsimon o’simtaning joylashgan joyi ko’pincha ko’r ichakning joylashgan holatiga bog’liq bo’ladi. Ko’pincha u o’ng chov - yonbosh sohasida uchi bilan pastga osilib turgan holatda bo’ladi. Bunga o’simtaning pastga yo’nalgan holati deyiladi. Chuvalchangsimon o’simtaning boshqa holatlaridan lateral, medial va retrosekal holatlarini aytib o’tishimiz mumkin. Bunda lateral holatda o’simtaning oldidan qorin oldingi yon devori; tashqaridan - chov boylami va yonbosh suyagining qirrasi, ichkaridan ko’r ichak va orqadan - yonbosh mushak bilan qorin parda va qorin ichki fastsiyalari chegaralab turadi.
Medial joylashgan holatida esa, chuvalchangsimon o’simta chapga, ya’ni ko’r ichakdan ichkariga qarab yo’naladi va ingichka ichak qovuzloqlari orasida joylashadi. O’simta­ning ko’r ichak devorining orqa sohasida joylanishiga, retrosekal joylashish holati deyiladi. Shu holatda uning uchi yuqoriga qarab yo’nalsa, bunga o’simtaning yuqoriga ko’tariluvchi holati deyiladi.
Chuvalchangsimon o’simtaning bunday har xil joylanish variantlarini tibbiyot xodimlari, ayniqsa jarrohlar mukammal bilishlari kerak. Chunki, uni o’tkir yalliglanishi paytida joylanish joylariga qarab har xil kasalliklar (o’t pufagi va buyrak - tosh kasalligi, homilaning bachadon nayida rivojlanish oqibatida bachadon nayining yorilishi va h. k.) bilan taqqoslab (differensirovka) bilish kerak bo’ladi.
O’simta joylashgan joyining teridagi tashqi tasviri Mak - Burney va Lans nuqtalariga to’g’ri keladi. Bu nuqtalar quyidagicha
aniqlanadi: yonbosh suyagining oldingi yuqori o’tkir o’sig’idan kindikkacha to’g’ri chiziq (linea spinoumblicalis) o’tkazilib, bu chiziq, teng uch qismga bo’linadi. Chiziqni yuqori va o’rta uchliklariga bo’ladigan nuqta, Mak - Burney nuqtasi deyiladi. Ikkala yonbosh suyaklarining oldingi yuqori o’tkir o’siqlarini o’zaro birlashtirib (Iinea biiliaca), uni teng uch qismga bo’lsak, chiziqni tashqi va o’rta qismlarga (o’ng tomondan) bo’ladigan nuqtaga Lans nuqtasi deyiladi. Shuni ham aytish kerakki, chuvalchangsi­mon o’simtaning asosi 60 - 70 foiz xollarda Mak - Burney, 25 - 35 foiz xollarda - Lans nuqtalariga, qolgan 1,5 - 5 foizi qorin bo’shlig’ining boshqa sohalariga to’g’ri keladi.
Chuvalchangsimon o’simta limfoid to’qimalarga juda boy. Ayrim mualliflarning fikricha, bu limfoid to’qimalar patogen mikroblarni tutib, halok bo’lishi natijasida uning yallig’lanishiga olib keladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling