Anatomiyadan amaliy
Ko’r ichak (intestinum cecum)
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
Ko’r ichak (intestinum cecum). Ko’r ichak, yonbosh ichak oxirgi qismining ochiladigan joyi va yo’g’on ichakning boshlangich qismi bo’lib, uzunligi 5 - 7, eni 7 - 7,5 sm cha bo’ladi. Ko’pincha u o’ng yonbosh chuqurchada joylashadi. Bunday joylashish holatida ko’r ichakning eng pastki qirrasi I dumg’aza umurtqasiga to’g’ri keladi. Ammo jarrohlik nuqtai nazaridan shuni esda tutish kerakki, ko’r ichakning joylashish holatida o’zgarishlar ko’p uchraydi.
Ayrim vaqtlarda, u ancha yuqorida, II bel umurtqasi ro’parasida (jigar ostida) yoki ancha pastda I - II dumg’aza umurtqasi sohasida (kichik chanoqda) joylashishi ham mumkin. Ko’r ichakning bunday xolatlariga uning yuqori joylashish yoki pastki joylashish holatlari deyilib, undagi bo’lgan chuvalchangsimon o’simta yallig’lanish jarayonini boshqa o’tkir kasalliklar bilan adashtirib qo’yishimiz mumkin. Masalan, past joylashish holatida — homilaning bachadondan tashqarida rivojlanishi, perimetritlar bilan yoki yuqori joylashish holatida o’t pufagining tosh kasalliklari bilan adashtirish mumkin. Bundan tashqiri, ko’r ichak uzun tutqichga ega bo’lganda u kindik atroflarida va xatto chap yonbosh chuqurchada ham yotishi mumkin. Uning bu holatlarini esdan chiqarmaslik kerak. Ko’r ichakning qorin devori o’ng yonbosh sohasidagi tashqi tasviri: ichakning cho’qqisi ko’pincha chov boylamining o’rtasiga, ayrim holatlarda - undan 2 - 3 sm yuqoriga to’g’ri keladi. Ko’r ichakning joylashish holatiga kishi yoshining ham aloqasi katta. Kichik yoshdagi odamlarda katta yoshdagilarga qaraganda ancha yuqorida yotadi. Masalan, yangi tug’ilgan chaqaloklarda jigar ostida, 12 - 14 yoshli kishilarda - undan pastroqda, o’rta yoshli kishilarda yonbosh chuqurchada va keksalarda ancha pasaygan holatda bo’ladi. Shuni ham aytish kerakki, homilador ayollarda ham u jigar tomonga ko’tarilgan bo’ladi. Ko’r ichakning o’ng yonbosh chuqurchasida joylashgan holatida uning oldida va chap tomonida ingichka ichak qovuzloqlari, orqasida – bel – yonbosh - mushagi (m. iliopsoas) bilan uning ostida yotgan o’ng siydik yo’li va moyakning qon tomirlari (vasa testicularis) yotadi. Ko’r ichakning o’ng tomonini qorinning oldingi yon devori chegaralab turadi. U yuqoridan yo’g’on ichakning ko’tariluvchi qismiga o’tib ketadi. Ko’r ichak qorin parda bilan intraperitoneal, ayrim holatlarda - mezoperitoneal qoplangan bo’ladi. Ingichka ichakning yuqoriga ko’tariluvchi ichakka ochiladigan joyida ileosekal klapani (valva ileocecalis) hosil bo’lib, uni atroflarini mushakli xalqa xuddi qisqichdek o’rab turadi. Bu klapan ingichka ichak ichidagi narsalarni faqat yo’g’on ichak tomonga o’tkazib, teskari tomonga o’tishiga to’sqinlik qiladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling