Anatomiyadan amaliy


Download 0.82 Mb.
bet90/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

O’t pufagi (vesica fellae). O’t pufagi jigarning o’ng va kvadrat bo’laklarining orasida, jigarning pastki yuzasida yotadi. U noksimon shaklda bo’lib, tubi (fundus), tana (corpus) va bo’yin (collum) qismlari tafovut qilinadi.
O’t pufagi jigarda ishlanib chiqqan o’tning ortiqcha miqdori sakllanadigan joy bo’lib, sig’imi 40 - 60 ml keladi. O’t pufagi qorin parda bilan faqat pastki tomondan o’ralgan bo’lib, qolgan qismi jigar parenximasiga biriktiruvchi to’qima yordamida yopishib turadi. O’t pufagi-ning devori to’rt qavatdan: seroz parda (tunica serosa); seroz osti qavati (tunica subserosa); mushak qavati (tunica muscularis) va shilliq parda (tunica mucosa) dan iborat.
Ayrim xollarda o’t pufagining faqat bir tomoni - pastki sohasi qorin parda bilan yopilib (ekstraperitoneal), u bunday paytlarda jigar parenximasi ichida chuqur joylashadi. Bu esa o’z navbatida o’t pufagidagi operasiyani qiyinlashtiradi. Aksincha, uning hamma tomonidan qorin parda bilan yopilgan holatlari ham uchraydi (intraperito-neal holat). Uning bunday holati o’t pufagining harakatchanligini oshirib, o’z o’qi atrofida o’ralib qolishiga olib kelishi mumkin.
O’t pufagining tubi jigarning oldingi qirrasida joylashib, qorin devoridagi tashqi tasviri, o’ng qovurg’a yoyi bilan qorin to’g’ri mushagi tashqi qirrasi atrofida hosil bo’lgan burchakka to’g’ri keladi. O’t pufagining bo’yni pufak o’t yo’liga (ductus cysticus) o’tib, jigar darvozasi yaqinida umumiy jigar o’t yo’li (ductus hepatic us communis) ga qo’shiladi va umumiy o’t yo’lini (ductus choledochus) hosil qiladi.
Demak, umumiy o’t yo’li umumiy jigar o’t yo’li bilan pufak o’t yo’llarining o’zaro qo’shilishidan hosil bo’ladi. Ular o’tkir, o’tmas va to’g’ri burchaklar hosil qilib qo’shilishlari mumkin. O’ng va chap jigar o’t yo’llarining, umumiy jigar o’t yo’llari bilan o’zaro qo’shilishlari turlicha bo’lishi mumkin: jigar o’t yo’llari alohida-alohida (o’zaro birlashmay) to’g’ridan-to’g’ri 12 barmoq ichakka ochilishlari mumkin. Jarrohlik nuqtai nazaridan umumiy o’t yo’lining ancha pastda hosil bo’lishi juda xavflidir. Chunki, bunda pufak o’t yo’li ancha uzun bo’lib, umumiy o’t yo’liga yonma-yon yo’nalgan bo’ladi yoki uning atrofidan aylanma shaklida yo’nalgan bo’ladi.
Fater yoki katta duodenal so’rg`ich — bu umumiy o’t yo’li­ning 12 barmoq ichak orqa qismiga ochiladigan qismidir. Oddi sfinkteri — bu qisuvchi mushaklardan tuzilgan bo’lib, umumiy o’t yo’li devorining atrofida, Fater surg`ichiga yaqin joylashgan (ichak ichida). Ichak tashqarisida esa bularga eng yaqin Vestfal sfinkteri joylashadi.
Umumiy o’t yo’lining to’rtta bo’lagi tafovut qilinadi: 1) 12 barmoq ichak usti bo’lagi (pars supraduodenalis) - yo’lning boshlanish qismidan, 12 barmoq ichak ustigacha bo’lgan qismi bo’lib, umumiy o’t yo’lining eng uzun bo’lagidir. Bu bo’lak jarrohlik nuqtai nazaridan operatsiyalar o’tkazishda qulay joy hisoblanadi; 2) 12 barmoq ichak orqa qismi (pars retroduodenalis) - ichakning yuqori qismi orqa sohasida yotadi; 3) me’da osti bezi qismi (pars pancreatica) - me’da osti bezi ichidan o’tadi; 4) ichak devori ichidagi qismi (pars inframuralis) - 12 barmoq ichakka ochiladigan qismi.
O’t pufagining qon bilan ta’minlanishi: asosan u o’ng jigar arteriyasidan chiquvchi pufak arteriyasi (a.custica) bilan ta’minlanadi, ammo ayrim vaqtlarda pufak arteriyasi boshqa arteriyalardan: (umumiy jigar arteriyasidan, chap jigar arteriyasidan yoki me’da - 12 barmoq ichak arteriyalaridan) ham chiqishi mumkin. Pufak arteriyasi o’ng jigar arteriyasidan chiqqan taqdirda, Kalo uchburchagi: pufak o’t yoli (o’ngdan), umumiy jigar o’t yo’li (chapdan) va pufak arteriyasi (yuqoridan) hosil bo’ladi. Bu uchburchaknmng amaliy ahamiyati shundaki, o’t pufagini kesib olib tashlayotganda pufak arteriyasini shu uchburchakning asosidan topib bog’laydilar.
O’t pufagining venalari jigar ichidagi qopqa venami tarmoqlari bilan keng anastomozda bo’ladi. Undan chiqadigan vena qon tomirlari o’t pufagi venasi (v. cystica) orqali qopqa venasining o’ng bo’lagiga ochiladi.
Limfa yo’llari o’t pufagi buynida joylashgan limfa tugunlariga ochiladi. Ayrim limfa yo’llari boshqa yo’llar orqali, jigar - 12 barmoq ichak boylami sohasida jigar limfa yo’llariga quyiladi. O’t pufagi adashgan, simpatik, qorin va diafragma nervlari bilan innervasiyalanadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling