Андижон ҳайвонот боғИ


Download 1.14 Mb.
bet63/135
Sana21.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1372835
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   135
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР


  1. Ўзбекистон Республикасида атроф табиий муҳит муҳофазаси ва табиий ресурслардан фойдаланишнинг ҳолати тўғрисида // Миллий маъруза. – Тошкент, 2004.

  2. Ўзбекистон Республикасида атроф-муҳит холати ва табиий манбалардан фойдаланиш тўғрисида // Миллий маъруза. – Тошкент, 2008.

  3. Ўзбекистон атроф-муҳит ҳолатининг шарҳи // 2-нашр. Бирлашган миллатлар ташкилоти. – Нью-Йорк ва Женева, 2010 4. Ўзбекистон миллий энциклопедияси // «М» ҳарфи. – Тошкент, 2000.

SHOVQINNI KAMAYTIRISHDA YASHIL ZONALARNING AHAMIYATI


D.D.Usmonov., F.U.Umarov
Andijon davlat unniversiteti
Dunyo aholisi sonining ortishi va hozirgi globallashuv davrda insonlarning ehtiyohlarini qondirish va turmush tarzini qulaylashtirish maqsadida ko’plab texnika vositalari, sanoat korxonalari, yirik inshootlar, avtotransport va shu kabi sohalari jadal rivojlanmoqda. Bu jarayonlar insonlarga bir tomondan qulayliklar keltirsa, ikkinchi tomondan yangi ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shunday muammolardan biri – shovqin. Yirik shaharlarda shovqinni kamaytirish dolzarb vazifalardan biridir. Shovqin–inson salomatiligiga, dam olishiga, aqliy mehnat bilan shug’ullanishiga va ijod qilishiga salbiy ta’sir qiluvchi tovushlar kompleksidir.
Shovqin odam organizmiga salbiy ta`sir ko`rsatadi va turli kasalliklarga sabab bo`ladi. Inson organizmiga uzoq vaqt ta`sir etishi natijasida markaziy asab sistemasi, tomirlar tonusi, hazm yo`llari a`zolari va endokrin sistemasining faoliyati buzilishi, quloq og`irligi, karlik paydo bo`lishi mumkin. Shovqin ta`sirida harakatning aniq muvozanati buzilib, mehnat unumdorligi pasayadi. Uning ortiqchasi odamni ham jismoniy, ham ma`naviy jihatdan kuchsizlantiradi. Inson uchun 20-30 detsibel tovush zararsiz hisoblanadi. Bu tabiiy holatdir. Qiymati 130 detsibelga teng shovqin inson quloqlarida og`riq paydo qiladi, 150 detsibelga yetganda chidash qiyin bo`ladi, 180 denibelda hatto metall chatnab ketadi.
XX asr 70-yillarida shahar ko`chalaridagi shovqin 60-70 detsibelni tashkil qilgan, XXI asr boshida bu ko`rsatkich 100 detsibel va bundan yuqori qiymatga yetdi.
Respublikamiz shaharlarida shovqinni keltirib chiqaruvchi asosiy manba bu avtotransport vositalari. Kun sayin ularning soni ortib bormoqda va bunga monand shovqin ko’rsatkichlari ham ko’tarilmoqda. Shovqinlardan butunlay qutulishning imkoni yo’q, lekin, ularni kamaytirish mumkin.
Shovqinning ta’sirini kamaytirish choralari ibtidoiy davrdan boshlangan. Buning uchun misgarlar, temirchilar va tunukachilar kechasi ishlashiga yo’l qo’yilmagan. Rim diktatori Yuliy Sezar kechalari shaldirab yuradigan aravalarni shahar ko’chalarida yurishini ta’qiqlagan.
Ayni vaqtda shovqin chiqaruvchi manba–avtotarsnportlarni ta’qiqlab qo’yishning imkoni yo’q. Shovqinga qarshi kurarshishda quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq:

  • aholi ko’p yashaydigan rayonlarni sershovqin transport turi (tramvay, yuk avtomashinalari va boshqalar) dan holi qilish;

  • tramvay o’rniga trolleybus va avtomabillar ishlatish;

  • transport signalini ta’qiqlash;

  • yo’l qoplamalarini to’g’ri qurish;

  • ko’chalarni to’g’ri planirovkalash;

  • sanoat korxonalari, aeroportlar va temir yo’l liniyalarini shahar tashqarisiga qurish;  binolarni tovush o’tkazmaydigan qilib ishlashning hal qiluvchi ahamiyati bor. Aholisi zich shaharlarda bu muammoni yechish yanada murakkab.

Buday joylarda shovqinni kamaytirishning eng muqobil yo’llaridan biri bu – o’simliklar qoplamini ko’paytirish. Ta’lim muassasalari, shifoxonalar va aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi tashkilot binolari atrofiga yashil himoya zonalarini tashkil qilish orqali shovqini kamaytirish imkoni bo’ladi. O’simliklar qoplamini kengaytirish bir tomondan shovqinni kamaytirsa, ikkinchi tomondan ekologik jihatdan toza muhitni hosil qiladi, insonalarning mehnat faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Yashil himoya zonalarini tashkil qilish uchun ko’p mablag’ talab etmasligi va keltiradigan nafi yuqoriligi bilan boshqa chora-tadbirlardan ajrab turadi. O’simlikarning keng barlilarini himoya zonalarida foydalanish fizika qonuniyatlariga asosan samaraliqor bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, aholi turar joylarida o’simliklar qoplamini kengaytirish, sanoat korxonalarida yashil zonalarni tashkil etish orqqli shovqin muammosini hal etish mumkin. Shovqinni kamaytirishning bu usuli
“ekologik toza” hisoblanib, nafaqat shovqinni, balki atmosfera havosini tozalashda ham o’simliklarning o’rni katta.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling