Андижон ҳайвонот боғИ


Baktcriyalarning suv manbalarida yashash muddatlari (kunlar)


Download 1.14 Mb.
bet109/135
Sana21.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1372835
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   135
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

Baktcriyalarning suv manbalarida yashash muddatlari (kunlar)



Bakteriyalar nomi

Vodoprovod suvida

Daryo suvida

Quduq suvida

Ichak tayoqchalari

2-262

21-183

-

Ichterlama bakteriyalari

2-93

4-483

15-107

Dizenteriva mikrobi

15-26

19-92

-

Vabo vibrioni

4-28

05-92

1-92

Tulyaremiya
(kuydirgi) vibrioni

92 kungacha

731

12-60

Brusellvoz

2-85

-

4-122

Ajablanarlisi shundaki, ichak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi mikroblar tashqi muhitning murakkab omillari ta’sirida o‘zgarib, o'zining kasallik keltirib chiqarish xususiyatlarini yanada orttirmoqda. O'zbekistonda suv orqali tarqaladigan ichak kasalliklarining 70—80%i hovuz, ariq va kanal suvlarini ichish, 8-13% i kanal va katta ariq suvlarida cho'milish, 5—8%i ifloslangan quduq suvlaridan iste’mol qilish natijasida sodir bo'lmoqda. Bunday kasalliklar goho yetarlicha zararsizlantirilmagan vodoprovod suvlarini ichishdan ham yuqishi mumkin.

INSON EKОLOGIYASI


I.Z.Bahramov
Navoiy davlat pedagogika instituti
Hozirgi kunda biologiya fanida o’z yechimini topmagan muammolardan biri odam umrini uzaytirish muammosidir. Barcha tirik organizmlar singari odam organizmiga ham ekalogik omillar ta’siri muhim ahamiyatga ega. Bu ta’sirlarni “Inson ekalogiyasi” fani o’rganadi.
Inson ekalogiyasi fani antropoekalogik sistemalarning kelib chiqishi, yashashi va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi. Antropoekalogik sistemalar- muhit bilan dinamik muvozanatda bo’lgan va shu munosabat orqali o’z ehtiyojini qondiradigan insonlar jamoasidir. Sog’liqni saqlash choralarining yaxshi yo’lga qo’yilganligi, tibbiyot fanining qo’lga kiritgan yutuqlari, insonlarning o’rtacha umr ko’rish muddatining uzayishi, bolalar o’limining kamayishi natijasida sayyoramizda aholi sonining jadal o’sishi- XX asrning asosiy o’ziga xosligidir.
Bizga ma’lumki aholi sonining ortib borishi bilan birga oziq mahsulotlariga, xomashyoga, suv resurslariga, chiqindilarni joylashtirishga ehtiyojlari ham ortib boradi. Bu esa o’z navbatida tabiiy muhitga ta’sirini kuchaytiradi, biotic va abiotik omillardan foydalanishni jadallashtiradi.
Odam ekalogik omillarning ta’sir ortib borishi bilan birga o’zi ham muhitga ta’sir qiladi. Inson o’zining ongli faoliyati jarayonida juda kuchli energiya manbalarini ( yadro va termoyadro) yaratdi. Natijada insonning imkoniyatlari juda kengaydi, u sayyoraning har qanday ekalogik bo’shliqlarini egallay olish qudratiga ega bo’ldi.
Ekalogiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Ekalogik muammo Yer yuzining hamma burchaklarida ham o’ta dolzarb. Ammo uning keskinlik darajasi turli mamlakatlarda turlichadir. Markaziy Osiyo mintaqasi ekalogik falokatning g’oyat xavfli zonalaridan biri bo’lib hisoblanadi. “Dunyodagi ko’pgina mintaqalar kabi, deydi. Islom Karimov Markaziy Osiyo ham katta, g’oyat keng miqyosdagi ekalogik ofatlarga duch kelyapti”. Ana shu ofat mintaqada ko’plab odamlar, bir qancha va millatlarning hayoti uchun fojiaga aylangi va ularni qirilib yo’q bo’lib ketishiga yo’l qo’ydi.
Prezident Islom Karimov asarlarida ekalogik muammoni hal etishning asosiy yo’llari nimalardan iborat ekanligi ham belgilab berilgan. Tabiat alohida bir xalq va millatniki emas. Tabiat muqaddas bir dargoh, inson ko’z ochib ko’rgan dunyo bamisoli ona quchog’i, inson uchun beshikdir. Biz yashab, nafas olib turgan, tirikchilik o’tkazib, jismu jonimiz bilan bog’liq bo’lgan tabiat, tashqi dunyo, onazamin insoniyatning umumiy uyi, umumiy makonidir. Shunday ekan, uni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash, atrof-muhitning ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik umum davlat, umum insoniy ishdir. Odamzot rihiyati o’zini o’rab turgan tabiatdan quvvat oladi. Inson ma’naviyati buyuk tabiatdir. O’simliklar ham, toshlar ham, dunyo-yu tog’lar ham inson ruhiyatuni shakllantirishda, unda go’zallik tuyg’usini paydo etishda o’z o’rniga ega.Yosh avlodni ekalogik tarbiyalashda fanlararo bog’liqlik ham alohida ahamiyatga ega.
Har bir inson tabiat yaratgan boyliklarni kelajak avlodlarga ham qoldirish muqaddas vazifa ekanligini yaxshi anglab olmog’i zarur. Biz o’sib kelayotgan yosh avlodning ongiga ana shunday tushunchalarni singdirishimiz va ularning qalbida tabiatga mehr uyg’otishimiz lozim.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling