Андижон ҳайвонот боғИ


ФИТОЧОЙ ТАЪСИРИДА, ЖИГАР МИТОХОНДРИЯСИДА СУКЦИНАТНИНГ МЎЪТАДИЛЛАШУВИ


Download 1.14 Mb.
bet61/135
Sana21.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1372835
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   135
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

ФИТОЧОЙ ТАЪСИРИДА, ЖИГАР МИТОХОНДРИЯСИДА СУКЦИНАТНИНГ МЎЪТАДИЛЛАШУВИ


*Тожибоев Қ.Т., **Икрамова М.М. *Содиқова М.Р, **Давлатов Х.
*Андижон давлат университети,
**Андижон кишлоқ хужалик институти
Гелиотринли гепатитда жигар митохондриясининг нафас олиш занжирида жойлашган сукцинатоксидаза, НАД.Ноксидаза ва цитохром соксидаза, сукцинатдегидрогеназа ва НАД.Ндегидрогеназаларнинг фаолликлари пасаяди. Гелиотрин таъсирида жигар митохондриясида АТФаза, сукцинатдегидрогеназа ва цитохромсоксидазанинг фаолликларини пасайишини кузатилган. Ташқи мембранада фосфолипид ва ёғ кислоталарини фаоллаштирадиган ацил-КоА-синтетаза, ҳамда моноаминооксидаза энзимлари жойлашган.
Митохондриядаги нафас олиш ва оксидланишли фосфорланиш тизими ҳужайра адениннуклеотидларининг энергетик ҳолатини аниқловчи муҳим омиллардан бири ҳисобланади .
Биз ўз тажрибамизда гепатитли каламушларга фиточой берилганда жигар митохондриясида сукцинатнинг оксидланишида қандай ўзгаришлар бўлишини аниқлашдан иборат бўлди.
Жадвалда келтирилган рақамларга кўра тажрибанинг 15 кунида гепатитли каламушларнинг жигари митохондриясида сукцинатни V2 ва V4ҳолатлардаги оксидланиши нормага нисбатан бирозгина кўтарилган, аммо V3 эса 12,7% га пасайган, натижада Чанс бўйича нафас олиш кўрсатгичи ва АДФ/О коэффициенти 18,1 ва 12,4% ларга камайди.фиточой олган каламушларда эса V2 ва V4ҳолатдаги оксидланиш назоратдаги кўрсатгичга нисбатан бирозгина пасайиб, V3 ошиши оксидланишли фосфорланиш кўрсатгичини назоратдаги кўрсатгичга яқинлашишга олиб келди.
Фиточойнинг таъсирида, жигар жароҳатида митохондрияда сукцинатнинг мўътадиллашуви(М±m; n = 10).

Тажриба муддати, кунлар

Кўрсатк ичлар

Нафас олиш тезлиги, нанограмм атом кислород/дақиқа мг оқсил




Интакт ҳайвонлар

Гепатит

Назоратга
нисбатан%

Дунёси фиточойи

Назоратга нисбатан %

15

V2

31,0±2,0

32,4±2,9***

104,5

31,1±3,0***

100,3

V3

108,4±4,5

94,7±4,6**

87,3

99,4±3,2***

91,7

V4

30,5±2, 1

32,6±3,2***

106,9

31,1±3,3**

101,9

VДНФ

221,7±6,9

164,0±5,6**

74,0

192,2±6,8**

86,7

ДКч

3,54±0,12

2,90±0,13**

81,9

3,19±0,04**

90,1

АДФ/0

1,86±0,07

1,63±0,07**

87,6

1,70±0,03**

91,4


V2

30,5±3,2

31,0±4,0**

101,6

29,3±3,8***

96,0

30

V3

110,6±5,7

84,3±4,2***

76,2

105,6±4,4**

95,7

V4

31,2±3,5

32,9±4,5*

105,4

30,5±4,0**

97,7

VДНФ

228,9±8,8

144,9±6,8****

63,3

213,8±7,9***

93,4

ДКч

3,54±0,11

2,55±0,09***

72,0

3,46±0 06***

97,7

АДФ/0

1,90±0,08

1,56±0,07**

82,0

1,78±0 08**

93,7

60

V2

29,8±2,5

29,7±2,2**

99,6

30,0±2,59***

100,7

V3

107,6±4,8

73,6±4,7***

68,4

104,7±4,8***

97,3

V4

30,2±2,6

28,7±2,4**

95,0

29,8±2,3***

98,7

VДНФ

225,2±5,5

144,4±4,8****

64,1

220,0±5,8***

97,7

ДКч

3,56±0,13

2,57±0,14****

72,2

3,51±0 11***

98,6

АДФ/0

1,85±0,07

1,50±0,06****

81,1

1,80±0,05***

97,3

Гепатитли ҳайвонларнинг организмига киритилаётган “Дунёси фиточойи”нинг муддати ошган сайин жигар митохондриясида сукцинатни ҳар хил метаболик ҳолатларда оксидланишини интакт ҳайвонлардаги кўрсатгичларга яқинлашиши ҳам тезлашди.
Тажрибанинг 1 ойида гепатитли ҳайвонларнинг жигари митохондриясида сукцинатни V2 ва V4ҳолатларда оксидланиши нормага нисбатан ўзгармайди, аммо V3, Чанс бўйича нафас олиш кўрсатгичи ва АДФ/О коэффициенти 23,8; 28,0 ва 18,0% ларга камайган бўлса, фиточой олган ҳайвонларда эса интакт ҳайвонлардаги кўрсатгичларга яқинлашгани қайд қилинди. Гепатитли ҳайвонларнинг организмига фиточойнинг киритилаётган муддати 2 ойга етганда сукцинатни оксидланиши ва оксидланишли фосфорланиши нормага етди. Тажрибанинг 15, 30 ва 60 кунларида гепатитли каламушларнинг жигари митохондриясида динитрофенол таъсирида сукцинатни оксидланиши тегишлича 26,0; 36,7 ва 35,9% га камайган бўлса, фиточой олганларда эса 13,3; 6,6 ва 2,3% га камайиб, интакт ҳайвонларнинг жигар митохондриясидаги кўрсатгичларга тенглашди.
Демак, фиточой билан гепатитли ҳайвонларни узоқ вақт давомида даволанганда жигар митохондриясининг нафас олиши ва оксидланишли фосфорланиши қайта тикланиб, интакт ҳайвонларнинг жигари митохондрияларидаги кўрсатгичларга тенглашади.

PESTIDSIDLARNI KALAMUSH JIGAR HUJAYRALARI ULTRASRUKTURAVIY TUZILISHIGA TA`SIRI


D.Tuychiyeva*, S.Amanbayeva*, N.Yuldasheva**
*Andijon davlat universiteti. **Quva Tibbiyot kolleji
Uzoq vaqt qishloq xojaligida, sanoatda va maishiy tumushda qo’llanilib kelinayotgan pestisidlarni suvda, atmosfera havosida va tuproqda yig’ilib qolishi atrof muhitni himoya qilishning hozirdagi dolzarb muammolaridan bo’lib qolmoqda.
Pestitsidlarning toksik ta’sirlari mexanizmini o’rganishda hujayradagi organoidlarning strukturaviy va funktsional xususiyatlariga ta’sirini o’rganish alohida ahamiyatga egadir. Ayniqsa, jigar hujayralari mitoxondriya membranalariga ta’sirini o’rgangan ko’plab tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, hujayra organoidlari, yadro, mitoxondiriya va endoplazmatik reticulum (mikrosoma) membranalari pestitsidlar ta’siriga “qalqon” bo’lish xususiyatlariga ega ekan.[1,5]
Aslida insonlar pestitsidlar ta’siri ob’ekti bo’lmasa ham, pestitsidlar qo’llanilayotgan hududlarda, ayniqsa, ular bilan bevosita ishlayotgan aholiga ta’sir ko’rsatayotgan pestitsidlarni ta’sir mexanizmlarini o’rganish barcha olimlarning diqqatini o’ziga tortib kelgan va hozirgi kunda ham o’zining ahamimiyatini yo’qotmagan.
Oxirgi o’ttiz yil mobaynida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’satadiki, hujayralarning strukturaviy va funksional tuzilishida asosiy o’rin mitoxondriyalarga to’g`ri keladi. Hujayralarning 10-25% oqsili mitoxondriyalarda, asosan mitoxondriyalar matriksida joylashgan. Shuningdek mitoxondriyalarda shunday fermentativ sistema mavjudki, ular ishtirokida Krebs sikli, substratli fosforlanish, oksidlanishli fosforlanish, yog’ kislotalarining oksidlanishi va murakkab lipidlar hosil bo’lish jarayoni amalga oshadi. Umuman olganda, mitoxondriyalar hujayrada boradigan modda va energiya almashinuvi markazi hisoblanadi.
Ko`pgina pestitsidlar gepotoksik effekt hususiyatiga egadirlar. Bu holat jigar hujayralarining ksenobiotik va dorivor vositalarini metabolizmini amalga oshirishi bilan bog`liq bo`lib, bunda jigar kimyoviy vositalar uchun “nishon” vazifasini o`taydi.
Mazkur ishda homilador kalamush jigar hujayrasining ultrastrukturaviy hususiyatiga pestitsidlar butilkaptaks va droppning turli muddatlarda ta`siri o`rganildi. Zaharlanish homiladorlikning 3-, 13-, 19-kunlari o`tkazildi.
Homilador kalamushlarni homiladorlikning 3-kunida butilkaptaks bilan zaharlanganda, jigar hujayralarida quyidagi o`zgarishlar kuzatildi: zaxarlanish natijasida mitoxondriya va gepatotsitlarda jiddiy o’zgarishlar yuzaga kelgan. Jigar hujayrasi mitoxondriyalarining polimorfizimi yuzaga keladi, mitoxondriya matriksi loyqalangan. Harakterliligi shundaki, ko`pchilik mitoxondriyalarda yakka vakuolalar paydo bo`lgan, bu holat normadagi hayvonlarda kuzatilmaydi. Mitoxondriyalar soni normadagi kalamush jigari hujayralaridagiga nisbatan ko`paygan va ko`proq mayda guruhlar holida uchraydi. Donador endoplazmatik to`r notekis tarqalgan, soni kamaygan. Erkin ribosoma va polisoma soni ko`paygan.
Homiladorlikning 13-kunida butilkaptaks bilan zaharlanganda ham mitoxondriya polimorfizimi saqlangan. Mitoxondriyalar shishgan, matriks bir oz yorug’lashgan. Mitoxondriyaning ichki membranasi - kristalari aniq ko`rinmaydi, ajratib bo`lmaydi. Ayrim joylarda donador endoplazmatik to`rning uzun kanalchalar ko`rinishida to`planishi, hamda ularning fragmentlanishi kuzatiladi. Donador endoplazmatik to`rning markazlashgan giperplaziya o`chog`i (endoplazmatik to`rning bir joyda ko`plab to`planishi) saqlangan. Bu o`zgarishlar ayrim tadqiqotchilar fikriga ko`ra, hujayraning bioenergetik potensialini izdan chiqqanidan dalolat beradi. [2,3].
Bipolyar qutblarda katta zichlikka ega suyuqlikdan iborat vezikulyar strukturalar keskin kattalashgan. Bunday vezikulyar strukturalarning genezisianiqlanmagan bo’lsada, ularning hosil bo’lishida mitoxondriyalar ishtirok etishi taxmin qilinadi.
Homiladorlikning 19-kunida butilkaptaks bilan zaharlanganda genototsitlardagi o`zgarish sezilarli emas. Mitoxondriya polimorfizimi kuzatiladi.Mitoxondriyalar asosan tayoqchasimon shaklda, soni nisbatan kamaygan. Ko`pchilik mitoxondriyalar yadro oldi zonada joylashgan, matriksi loyqa, kristalari noaniq. Endoplazmatik to`r fragmentlangan. Lipid tomchilari mavjud. Hujayra ichida filomontoz qo`shilmalari ko`paygan, ayrim joylarda yakka holda lizosomalar uchraydi. Kariolemma notekis, qalinlashgan va zichlashgan.
Homiladorlikning 3-kunida dropp bilan zaharlanganda ham mitoxondriyalar polimorfizimi kuzatilgan, nisbatan mitoxondriyalarning tayoqsimon shakllari soni ko`paygani kuzatildi. Ular shishgan, matriks loyqalangan, mitoxondriyalarda vakuola paydo bo`lgan. Donador endoplazmatik to`rning markazlashgan giperplaziya o`chog`i, shuningdek ularning mitoxondriya membranalaridan ajralishi kuzatiladi. Geterogen suyuqli lizosomalar paydo bo`ladi. Hujayrada lipid tomchilari ko`rinadi. Geteroxromotin kordiolemma ostida joylashgan. Yadroda yadrocha xromotin maydoni kattalashganligi ko’ringan.
Homiladorlikning 13-kunida dropp bilan zararlanganda ona organizmning gepatotsidlarda retikulum fibrillar va membranali qo`shilmalar hosil bo`lganligi ko`rildi. Mitoxondriyalar mayda, yumaloq va oval shaklda, bir xil kattalikda, soni esa nisbatan kamaygan. Mitoxondriyalar matriksi loyqa, kristalar aniq shakllanmagan. Endoplazmatik to`r esa aniq shakllangan, ribosomalar uning membranasida bir tekisda tarqalgan, sitoplazmada esa tarqoq joylashgan. Yadro yumaloq shaklda, yadro to`liq euxromatinlangan, kariolemma zichlashgan, poralari kam.
Homiladorlikning 19-kunida dropp bilan zaharlanganda ham mitoxondriya polimorfizimi kuzatiladi, kristalari noaniq, kaltalashgan, matriks yorug`lashgan. Endoplazmatik to`r uzunlashgan. Ko`p miqdorda lipid tomchilari mavjud.
Hujayra sitoplazmasida lipid tomchilarining ko`payishi – Burlakova va
Malaya fikricha, lipidlarning pereksli oksidlanishi kabi metobolitik jarayonining natijasidir. [2,4]. Hujayra billyar qutblarida ko`p miqdorda ikkilamchi lizosomalar uchraydi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, pestitsidlar - butilkaptaks va dropp bilan zaharlanganda kalamush jigar hujayralarining ultrastrukturaviy tuzilishining o`zgarishiga olib keladi. Asosiy o`zgarishlar, sitoplazmada ko`p miqdorda lipid tomchilarining paydo bo`lishi, mitoxondriya metomorfozining kuchayishi, mitoxondriyalarda vakuolalarning paydo bo`lishi, yadro va sitoplazma strukturasida son va sifat jihatdan o`zgarishlar kuzatildi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, yuqoridagi pestisidlar bilan zaxarlanganda jigar hujayrasi komponentlari strukturasidagi o’zgarishlar xronik toksik gepatitdagiga o’xshash manzara yuzaga keladi. Bu esa hujayraning biokimyoviy va funksional ko’satkichlarini buzilishiga olib keladi, oqibatda qayta tiklanish imkoni bo’lmaydi.
Zaharlanganishda kalamush jigar hujayrasi ultrastrukturasining o`zgarishiga, hujayra komponentlarining funksional holatining o`zgarishiga olib keldi. Bu o`zgarishlar esa o`z navbatida organizmning himoyalash va moslashish hususiyatlarining pasayishiga sabab bo`ladi.
Mazkur ishning natijalari asosida pestitsidlarning jigar hujayralari strukturaviy va funksional xolatiga toksik ta’sir etish mexanizmlarini yoritib berish imkonini beradi. Isdagi ma’lumotlardan toksikologiya fanini o’qitishda kimyoviy vositalardan zaxarlanish mexanizmini yoritishda foydalanish tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;

  1. Mirhamidova N. “Piretroid pestitsid bilan zaharlangan kalamush jigarining funksional holatini o`rganish”. Mag. akad. daraj. olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent. 2014. 73 b.

  2. Зогорийко Г.В., Пескарева Е. В, Михалко В. И. Элекронно-микроскопическая структура клеток паренхимы печени в эмбриогенезе домашней утки. В кн: Молекулярные и физиологические механизмы возрастного развития. Киев: Наукова думка 1975., 46-50 с.

  3. Каган Ю. С. Общая токсикология пестицидов. Киев 1981 г, 56 с.

  4. Хaликовa С.Н. Действие используемых в сельском хозяйстве пестицидов на структуру и функцию клеток. Maгистерскaя диссертaция, Т.: - 2004, 50с.

  5. Шарипова Ф.О., Бобожонова Н.О. и др. Некоторые аспекты токсического действия пиретроида каратэ на метаболизм печени крыс// Мат. Всеросийск. конф. Экология в современном мире. Улан-Удэ, Россия: 2007. С.397-398.


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling