Andijon davlat pedagogika instituti 70111401- o‘zbek tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligi magistranti Obidjonova Nodira Ismoiljon qizining “Til ta’limida


Download 9.4 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi9.4 Kb.
#1584977
Bog'liq
Ichki taqriz


Andijon davlat pedagogika instituti 70111401- O‘zbek tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligi magistranti Obidjonova Nodira Ismoiljon qizining “Til ta’limida o’quvchilarda morfologik kompetentlikni shakllantirish va ijodkorlikni rivojlantirish mavzusidagi” magistrlik dissertatsiyasiga
TAQRIZ

Bugun ta’limga har qachongidan ko’p e’tibor qaratilmoqda. Zero, har tomonlama yetuk, kreativ fikrlovchi, jamiyatda, oilada o’z o’rnini topa oladigan salohiyatli yoshlarni tarbiyalashda maktab ta’limining, xususan, ona tili darslarining ahamiyati beqiyos. Ona tili darslarining asosiy vazifasi o’quvchilarda nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdir. Kompetensiya – o’quv faoliyati va real hayot o’rtasidagi to’siqni olib tashlash bo’lib, o’quvchilar o’zlashtirilgan bilimlarni real hayotning turli vaziyatlarida qo’llay olishi bilan xarakterlanadi. Ta’limga kompetensiyaviy yondashuvning kirib kelishi bilan ona tili fanidan mavjud dastur va darsliklarni yangilash zaruriyatga aylandi va ona tili fanining maktablarda o’qitilishi tubdan o’zgardi. Mana shunday vaziyatda N.Obidjonovaning mazkur magistrlik dessertatsiyasi ona tili metodikasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.


Dessertatsiya kirish, uch bob, xulosa va tavsiyalar , foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning birinchi bobi “Maktab o’quvchilarida lingvistik kompetentlikni shakllantirishda morfologik kompetensiyaning o’rni” deb nomlangan bo’lib, unda ona tili fanidan yangilangan dastur va darsliklar avvalgilari bilan solishtirilgan, shaxsiy fikrlar bayon etilgan, yangilangan darsliklarda o’quvchilarda morfologik kompetentlikni shakllantirishga qaratilgan mavzular tahlil etilgan.
Maktab o’quvchilarida morfologik kompetentlikni shakllantirish va ijodkorlikni rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish “ deb nomlangan ikkinchi bobi ishning asosiy qismini tashkil etib, unda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o’quvchilarda morfologik kompetentlikni shakllantirish va ijodkorlikni rivojlantirishning samaradorligiga alohida to’xtalib o’tiladi. O’quvchilarda morfologik kompetentlikni shakllantirishda modellashtirilgan dars texnologiyasidan foydalanish, ijodkorlikni rivojlantirishda esa ijodiy matn tuzdirishning ahamiyati bayon etilib, shu bilan bo’liq yangi metod va texnologiyalar tavsiya etiladi. Ikkinchi bobning uchinchi rejasida esa bir darsning o’zida o’quvchilarda ham morfologik kompetentlikni ham ijodkorlikni rivojlantirish texnologiyasi haqida fikr yuritiladi.
Ishning uchunchi bobi “O’quvchilar morfologik kompetentligini shakllantirish va ijodkorlikni rivojlantirish tizimining samaradorligi” deb nomlanib, unda mavzu doirasida ishlab chiqilgan texnologiyalar, yaratilgan metodlar Izboskan tuman 5- va 45-maktablari va Andijon shahar 25-maktab o’quvchilari ona tili darslarida qanday tartibda qo’llanilgani va samaradorligi haqida ma’lumot beradi.
Ish mustaqil bajarilgan, izchil tahlillarga boy. Har bir bob yuzasidan asosli, qisqa xulosalar, ish so’nggida esa umumiy xulosa va tavsiyalar berilgan. Ushbu magistrlik dessertatsiyasini yakunlangan ish sifatida himoyaga tavsiya etaman.

Taqrizchi: p.f.n. dotsent Y. Umarova


ADPI O’zbek tili va adabiyoti
dotsenti
Download 9.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling