Andijon davlat pedagogika instituti m. J. Maxammatova umumiy pedagogika


Download 0.87 Mb.
bet48/53
Sana30.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1403973
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
O`quv qo`llanma Ma\'mura opa (2)

Guruhli taʼlim — bir oʼqituvchi bir necha oʼquvchini oʼqitadigan taʼlim shakli. Guruhlar oʼquvchilar soniga qarab: kichik (3-6 oʼquvchi), oʼrta (7-15 oʼquvchi), katta (15 dan ortiq oʼquvchi) guruhlarga ajratiladi. Shuningdek, har bir guruhdagi taʼlim taʼlim oluvchilarning yoshiga, taʼlim yoʼnalishiga va shu kabilarga qarab ham guruhlarga ajratiladi: Bu shaklni qoʼllash jarayonida yakka taʼlim shakllari ham amalga oshiriladi.
Diagnostika — pedagogikaning boʼlimi, taʼlim-tarbiya jarayonlarining maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari, natijalarining sifati va samaradorligini, pedagogik xodimlarning kasbiy tayyorliklari, bilim, koʼnikma, malaka va mahoratlarini, oʼquvchilarning bilimlarni oʼzlashtirishlari va tarbiyalanganlik darajalarini har tomonlama oʼrganish, tahlil qilish asosida xulosalar chiqarish, baholash va yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish bilan shugʼullanadi.
Koʼnikma — ongli faoliyat (harakat)ni tez, tejamli, toʼgʼri, kam jismoniy va asabiy kuch sarflagan holda, bajarish. Shaxsning bilimlarm asosida tarkib topadi. Dastlabki shakllanish bosqichlarida bunday harakatlar jiddiy diqqat bilan bajariladi, keyingi bosqichlarda diqqat bilan nazorat qilish kamayib boradgan va natijada avtomatlashgan harakatga aylanadi.Harakat turlari boʼyicha uch turga: harakat koʼnikmalari, sensor koʼnikmalar, aqliy koʼnikmalarga boʼlinadi. Koʼnikmalar muntazam mashq qilish takrorlash orqali zarur darajada saqlanadi. Maʼum vaqt takrorlamaslik koʼnikma darajasining pasayishiga olib keladi. Uni qayta mashqlar bajarish, malaka oshirish orqali tiklanadi.
Malaka — shaxsning maʼlum kasbga yaroqlilik, tayyorlik darajasi, shu kasbda ishlay olishi uchun zarur bilim, koʼnikmalari yigʼindisi. Kasbiy axborotlarning tez koʼpayib borayotgani ilgari oʼzlashtirilgan malakaning yetishmasligini keltirib chiqaradi. Bu yetishmaslikni qayta tayyorlash va malaka oshirirish orqali toʼldiriladi. Bu jarayon uzluksiz davom etgandagina malaka ortib borishi orqali kasbiy faoliyatni hozirgi talablar darajasida davom ettirish imkoniyati hosil boʼladi.
Metodologik — metodologiyaga tegishli, nazariy asoslanish. Metodologiya —bilishning ilmiy metodi haqidagi taʼlimot. Biror fanda qoʼllanadiganmetodlar majmuasi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling