Oʼrganish — axborotdan foydalanish va turli harakatlarni koʼrsatilgan tartibda mustaqil bajarish koʼnikmalarini egallash.
Oʼrgatish — axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish koʼnikmalarining oʼquvchilar tomonidan oʼzlashtirilishini turli vosita va usullarni qoʼllab tushuntirish, koʼrsatish va mashqlar orqali amalga oshirish jarayoni.
Oʼzlashtirish — tushunish, oʼrganish orqali axborotning maʼno-mazmuni, undan foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi toʼgʼrisida bilim va koʼnikmalar hosil boʼlishi.
Oʼzlashtirish shartli ravishda quyidagi uchta darajaga ajratiladi:
1) oʼrgatilgan bilim, koʼnikmalarni toʼgʼri takrorlash;
2) ularni amaliy faoliyatda qoʼllash; ulardan tegishli maqsadlarda foydalanish imkoniyatiga ega boʼlish;
3) ularni ijodiy tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish asosida takomillashtirish faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʼlish.
Hamkorlik pedagogikasi (hamkorlik pedagogik texnologiyasn) — taʼlim beruvchilar va taʼlim oluvchilarning oʼzaro muloqotiga asoslangan shaklda taʼlim berishga yoʼnaltirilgan tizim.
Didaktika- pedagogikaning ta’lim nazariyasi bilan shug’ullanadigan tarmog’i;
Ta’lim nazariyasi - shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko’nikma - shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka -muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Didaktik nazariya- pedagogikaning ta’lim va uning metodlari hamda tashkiliy shakllari haqidagi bo’limi.
Didaktika tamoyillari - (lotin tilidan «principium» - har qanday nazariyaning asosiy, boshlang`ich, dastlabki holati) –ta’limni tashkil etishga qo’yilgan me’yoriy talablarni ifodalovchi, shuningdek, ta’lim jarayonining asosiy maqsadi va qonuniyatlariga muvofiq uning dastlabki holatini belgilovchi qarashlari.
Konsepsiya - muayyan sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, dalil va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; pedagogika sohasidagi yetakchi g’oya, nazariy fikr, hodisa va jarayonlarni turlicha tushunish, qarashlar tizimi; ta’limning muayyan sohasi yoki pedagogika fanini rivojlantirishga yo’naltirilgan davlat hujjati; adabiyotda biror asarning asosiy g’oyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |