Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Shamchalarni tayyorlash usullari


Download 7.12 Mb.
bet105/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Shamchalarni tayyorlash usullari.
Quyish usuli
Quyish usuli buyicha shamcha, sharcha va tayoqchalar tayyorlanadi (20, 21, 22 -rasmlar), bunda hamma turdagi asoslar qo‘llaniladi. Kuyish maxsus koliplar yordamida olib boriladi. Agar shamcha, sharcha va tayoqcha tarkibiga kiruvchi moddalar asosida eritilsa, bunda bu jarayonda quyiladigan moddalar oz-moz isitilgan holda quyiladi va oxirida sovutiladi.

21-rasm. SHarcha quyish qolipi.
20-rasm. Shamcha quyish qolipi.


22-rasm. Tayoqcha quyish qolipi.
Tarkibga kiruvchi moddalar asosda erimasa solishtirma og‘irligi har xil bo‘lishi natijasida yaxshi aralashmaydi, unda modda taksimlanishi har xil bo‘lib ta‘sir doirasi ham buzilish xavfi tugiladi. Bunday hollarni oldini olish maqsadida quyidagilarga e‘tibor berish kerak: 1. Eritilgan asosni konsistensiyasi quyuq bo‘lishi kerak.

  1. Massani koliplarga kuyishni tezlik bilan bajarish kerak.

  2. quyilgan formalar tez sovutilishi kerak.

Quyish usulida gidrofob asoslarda shamchalar tayyorlash uchun kerakli miqdordagi dori modda va asos tortib olinadi. SHamcha asosini maxsus chumichda yoki chinni kosachada suv hammomida 40-450 haroratda eritib olinadi. Erigan asosga yaxshi maydalangan dori modda qo‘shib shisha tayoqcha yordamida aralashtiriladi. Ko‘pincha aralashtirish jarayonida ko‘plab xavo pufakchalari kirib qoladi. SHunday paytda aralashtirishni tuxtatib, korishmani suv hammomida biroz qizdirib olish kerak bo‘ladi. Idishdagi korishma bir oz sovigach quyuqlasha boradi va harorat 37-400 bo‘lganda uni koliplarga kuyish mumkin. Koliplar albatta sovitgichda kamida bir soat tutib turilgan bo‘lishi kerak. Maxsus voronka yordamida korishma kolipga quyiladi. SHamchalar kolipdan yaxshi ajralishi uchun kolip uyalarini oldindan vazelin moyi yoki sovunli spirt bilan artish kerak. SHamchalar tulik kotguncha sovitgichda (taxminan 20-30 daqiqa) saqlanadi. Tayyor shamchalar yuqorida aytib o‘tilgan tartibda jihozlanadi.
Shamchalarni quyish usulda tayyorlashda kerakli asos miqdorini oldindan hisoblab topish kerak. Ma‘lumki, qolip uyasining hajmi kakao moyi sig‘imini ko‘rsatadi. Masalan, qolip uyasining hajmi 3 g bo‘lsa, u holda shu kolipda kakao moyidan quyib tayyorlangan shamchalar og‘irligi 3 g bo‘ladi deb tushuniladi. Dori modda ma‘lum bir hajmni egallashini hisobga olgan holda, asos miqdorini bir oz kamaytirib olishga to‘g‘ri keladi. Aks holda kolipga korishmani kuyish vaqtida uning bir qismi ortib qoladi va natijada shamchalar tarkibidagi dori modda miqdori kam bo‘lib qoladi (dozasi kamayadi). Demak, asosning kerakli miqdorini aniq bilish uchun dori modda qancha y hajmni egallashini topish kerak. Buning uchun urin olish koeffitsienti (Ku) yoki teskari o‘rin olish koeffitsientidan (1/Ku) foydalaniladi.
O‟rin olish koeffitsienti 1 g kakao moyi egallagan hajmga qancha miqdor modda sigishini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichdir. Teskari o‟rin olish koeffitsienti esa, 1 g dori modda egallagan hajmga qancha miqdor kakao moyi to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Kerakli asos miqdorini hisoblab topishda teskari urin olish koeffitsientidan foydalanish ancha osonroqdir. Amaliyotda keng qo‘llanilayotgan dori moddalar uchun Ku va 1/Ku tajriba yo‘li bilan hisoblab topilgan va maxsus jadvallarda keltirilgan. Masalan, kseroform uchun 1/Ku = 0,21. Bu degani 1g kseroform egallagan hajmiga 0,21 kakao moyi to‘g‘ri keladi. Agar shamcha tarkibidagi dori modda miqdori umumiy og‘irlikning 5% idan kam bo‘lsa, u holda Ku va 1/Ku dan foydalanilmasa ham bo‘ladi.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling