Presslash usuli Dorixona sharoitida presslash usulini silindr shakliga ega bo‘lgan shamchalar olishda qo‘llaniladi. Bunda shamchalar olish uchun maxsus kurilma ishlatiladi. Bu kurilma (1) misdan tayyorlangan silindr, (2) porshen, (3) vint yordamida harakatlanuvchi uch xil shaklli (4) matritsadan iborat. Kurilma ishlash jarayoni 1.20.-rasmda ko‘rsatilgan.
23-rasm. Preslash usulida shamchalar olish qurilmasi.
Shamcha massasi silindrga joylanadi va vint buraladi, bunda porshen bosim hosil qiladi va massani teshikchalar orqali matritsa (kolip) bo‘shligiga siqib chiqaradi va to‘ldiradi. Keyingi berilayotgan shamchalar bosim yordamida (5) yopqichni ochadi va taxtakachlangan shamchalar (6) taxtakachdan chiqadi.
Bu usulda ham shamchalarni quyish usuli kabi dorivor modda va asoslarni har xil hajm egallaganligi uchun hisoblash formulalaridan foydalaniladi. Tayoqchalarni presslab olish usulida yana xuddi shu kabi qurilmalar bo‘lib, unda ham silindr porshen vinti bilan turli o‘lchamdagi qolipchalar bilan hosil qilingan massa ma‘lum (kerakli) o‘lchamdagi qalinlikda presslab chiqarilib, so‘ngra bir tomoni ingichkalanadi (uchlanadi). Bunda ham kerakli miqdordagi asos jadvaldan topiladi yoki yuqorida keltirilgan formula yordamida hisoblab chiqiladi.
quyidagi dorixatni ko‘rib chiqamiz.
Rp.: Aethacridini lactatis 0,01
Ol.Cacao q.s.ut f bacillus urethralis longitudine 3 cm et diametro 3 mm
D.t.d. N10
S. tayoqcha
Jadvaldan foydalangan holda bu o‘lchamdagi 10 ta tayoqchaga 0,21x10=2,1g kakao moyi sarf bo‘lishini topamiz, 0,1 g etakridin laktat hovonchada 2-3 tomchi suv bilan dispergirlanadi, keyin kakao moyi bilan aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan xamirsimon massa presslash kurilmasiga solinib, kolipining o‘lchami 3 mm bo‘lgan pressda presslanadi va uni 3 sm dan 10 ta bo‘lakka bo‘linadi.
Gidrofil asosdan tayyorlanuvchi shamchalar
Suvda eruvchan asoslarda faqat shamcha va sharchalar tayyorlanadi. SHamchalar sovunglitserinli asosda, sharchalar esa jelatina-glitserinli asosda tayyorlanadi. Tayyorlangan shamchalar va sharchalar o‘z qovushqoqligi jihatidan xona haroratida berilgan shaklini yuqotmaydi, lekin tana haroratida (370S) erish xususiyatiga egadir. Ular quyish usulida tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |