Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Surtma asoslarining tasnifi


Download 7.12 Mb.
bet113/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Surtma asoslarining tasnifi. Surtma asoslariga qo‘yilgan talab shubhasiz ma‘lum darajada shu davlat farmatsiyasida to‘plangan an‘analarning ta‘siridir. Masalan: AQSH da hamma asoslar 4 sinfga bo‘lingan tasnifi hukmrondir (davlat farmakopeyasida). Uglevodorodli, absorbsion, suvda yuviluvchi va suvda eruvchi. Bu tasniflanish o‘zida kimyoviy va fizik-kimyoviy belgilarni mujassamlashtiradi. Bizning amaliyotda surtma asoslarini quyidagi 3 guruhga bo‘lish ko‘p uchraydi: 1)Gidrofob, 2) Gidrofil, 3) Difil-emulsion.
Emulsion asosni biz alohida guruhga ajratamiz, chunki unga ham gidrofoblik, ham gidrofillik belgilari xos. Uning boshqa alohida xususiyatlari bundan mustasno.
Gidrofob, lipofil surtma asoslari
Gidrofob surtma asoslari guruhiga lipofil, uglevodorodli va silikonli asoslar kiradi.
Lipofil asoslarga lipidlar guruhidan biri bo‘lgan yog‘lar va mumlar kiradi. Ular xossalariga kura terining yog‘ ajratmalariga yakin turadi. Bu asoslar ushlab ko‘rilganda yog‘li dog‘ qoldiradi. Yog‘lar-yog kislotalarining triglitseridi hisoblanadi. Ko‘pincha yumshoq yog‘lardan — chuchqa yog‘i va ayrim vodorod bilan to‘yintirilgan yog‘lar, qattiq yog‘lardan — mol yog‘i, suyuq yog‘lardan — ayrim o‘simlik moylari ishlatiladi. Hamma yog‘lar suvda erimaydi, spirtda kam eriydi, efir va xloroformda oson eriydi.
Chuchqa yog‘i — Adeps suillus depuratus. Oq, yangi, achimagan bo‘lishi kerak. 34-36 0S da suyuqlanadi. Kislota soni 2 dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Tarkibida 62-68% triolein (S17 N35SOON) saqlaydi. Surtma uchun eng yaxshi asoslardan biri hisoblanadi. CHuchka yog‘i terini juda yaxshi koplaydi, dori moddalarni yaxshi qabul qiladi, teri orqali yaxshi suriladi, suv va sovun bilan yuvganda oson yuviladi.
Mol yog‘i. (Sebum Bovinum). Yangi, oq, achimagan bo‘lishi kerak, suyuqlanish harorati 4250 0S, tarkibida 53% tripalmitin va tristearin, 45% triolein saqlaydi. Suyuqlanish haroratining yuqoriligi va terini koplash xususiyatiga kura surtma asosi sifatida chuchka yog‘idan keyin turadi. Kerak bo‘lganda surtmaga qattiqlik berish uchun chuchqa yog‘iga qo‘shib ishlatiladi. Qo‘y yog‘i xossasi bo‘yicha mol yog‘iga o‘xshaydi, suyuqlanish harorati 44-51 0S.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling