Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi
Download 7.12 Mb.
|
Farmatsevtik texnologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘simlik moylari
Gidrogenlangan yog‘lar. Surtma asosi bo‘lib faqat yumshoq surtmaga o‘xshash ashyolar xizmat qilishi mumkin. Bunga quyidagilar kiradi: 1. Salomas yoki gidroyog — Adeps hydrogenisatum 2. O‘simlik yog‘i — Axungiha vegetabilis (88-90) gidroyog va 10-12% o‘simlik moyidan iborat kotishma 3. Kombiy yog‘i — Adeps compositus (55% salomas, 30% o‘simlik moyi va 15% mol yog‘i, chuchka yog‘i kitning gidratlangan yog‘idan iborat kotishma).
O‘simlik moylari. Kungaboqar moyi — (Oleum Helianthi), shaftoli moyi (Oleum persicorum) va boshqa moylar mol yog‘i va mumga qo‘shimcha sifatida ishlatiladi. Buning natijasida xossasi buyicha chuchka yog‘iga yakin bo‘lgan kotishma hosil bo‘ladi. Ishlatiladigan moylar kislota soni 2,25-2,5 dan oshmasligi kerak. yog‘larning umumiy kamchilik tomoni ularning xavoda tez taxirlanib kolishidir, ayniqsa suvli sharoitda. yog‘larning farmakologik indifferentligi ularning yangiligiga bog‘liq. Eskirgan yog‘lar teri va shillik qavatni kitiklaydi. SHuning uchun surtma asoslari bo‘lgan yog‘larni saqlashda extiyotkorlik talab qilinadi. Ulardan tayyorlangan surtmalarning muddati belgilangan bo‘ladi. Surtma tarkibiga kiruvchi moddalar yog‘ kislotalari va yog‘larning aynigan mahsuloti (perekislar, ozonidlar) bilan ta‘sirlashsa (ishqoriy komponentlar, og‘ir metall tuzlari va oksidlari), u holda yog‘lar asos sifatida yaroksizdir. yog‘larni oksidlanishdan saqlash uchun qator tabiiy va sintetik antioksidantlar qo‘llaniladi. o‘zida antioksidant saqlaydigan o‘simlik moylari ham bor. (Masalan: tokoferollar). Sintetik antioksidantlardan butiloksianizol (BOA) va butiloksitoluol (BOT) yuqori aktiv va fiziologik zararsizdir. Ikkala modda ham xayvon yog‘larini turg‘unlashtirishda 0,02% konsentratsiyasigacha ishlatilishi mumkin. Xayvon va o‘simlik yog‘larida qancha ko‘p tokoferol saqlansa, ular shuncha oksidlanishga chidamli bo‘ladi. yog‘larda ketadigan oksidlanish protsesslari perekis soni bilan aniqlanadi. Perekis soni bu pereoksidlarni parchalash uchun ketgan yodning protsent miqdoridir. YAngi chuchka va mol yog‘ining perekis soni 0,03% dan oshmaydi. Perekis soni 0,1 bo‘lishi chegara hisoblanadi. Undan oshsa chuchka va mol yog‘i buzilgan hisoblanadi. Download 7.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling