Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Download 7.12 Mb.
bet118/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Gidrofil surtma asoslari
Bu guruhga kiruvchi surtma asoslari surtilganda yog‘ izini qoldirmaydi. Ular terida har xil tezlikda kuriydi. Bu kerakli vaqt oraligida terida ta‘sir etuvchi moddani saqlab turadi. Suvning ajralib chiqishiga bog‘liq bo‘lganligi uchun bu moddalar sovituvchi ta‘sir etadi. Gidrofil asoslar bir qancha dori moddalar bilan osongina aralashadi va ularni organizmning suvli tukimalariga oson surilishiga imkon beradi. Fizik-kimyoviy tabiatiga kura bu guruh moddalari YUMB lar eritmalari, kolloid (yarim kolloid) gellari va suvda erimaydigan, ammo bukadigan moddalar dispersiyalaridir.
Sovunli asoslar
Sovun ixtiol, koramoy kabi dorivor moddalar uchun asos sifatida ishlatilishi mumkin. Asos — sovunni suv yoki suv-glitserin aralashmasida eritib (suv hammomida), yoki stearin kislotasiga potash yoki kalsiyli soda eritmasini ta‘sir ettirib olinishi mumkin. Sovutilgandan so‘ng oson eruvchi, har xil qovushqoqlikka ega bo‘lgan gidrogel yoki glitserogel hosil bo‘ladi. Kaliyli sovun yumshoq gel beradi. Sovunli asos teriga oson suriladi. Ularning yuqori gidrotrop xususiyati tufayli ular yog‘li asos bilan yaxshi aralashadi va emulsion asos hosil qiladi. Sovunli asoslar ishqoriy sharoitga ega. SHuning uchun ularni indifferent deb bo‘lmaydi.
Jelatin-glitserinli asoslar
Jelatin-glitserinli asoslar har xil konsentratsiyadagi jelatin (1-3%) va glitserin (10-30%) dan tayyorlanadi. bo‘laklarga kirkib olingan jelatinni chinni idishda ko‘rsatilgan miqdordagi suv bilan
3-4 soatga bukish uchun quyib quyiladi. Unga glitserin qo‘shib aralashtiriladi va suv hammomida bir tusli suyuqlik hosil bo‘lguncha qizdiriladi. Bir oz vaqt qoldirilsa yumshoq konsistensiyali massa hosil bo‘ladi. Olingan asos teriga yaxshi surtiladi va suv bilan oson yuviladi. Jelatinli asoslar mikroorganizmlar ta‘sirida tez ayniydi va o‘zok saqlaganda sinerezisga uchrashi mumkin.
Tibbiy polisaxarid suyuqliklar va loyqalar
Kraxmal-glitserinli asoslar yoki glitserinli surtmalar. IX DF buyicha bugdoy kraxmali chinni idishda teng miqdordagi suv bilan aralashtiriladi va unga 93 g glitserin qo‘shiladi. Olingan aralashma asta-sekin aralashtirilib turgan holda suv hammomida qizdiriladi, so‘ng sovitiladi.
Natijada yarim tinik, okish rangli massa hosil bo‘ladi. Bu asos shillik qavatda oson tarqaladi va sekin suriladi. Asos kuz surtmalari tayyorlashda ham qo‘llaniladi. Bu asos mikroorganizmlar ta‘siriga chidamli, lekin struktura-mexaniq jixatidan chidamsiz. CHunki saqlash davomida u dagal xolga (sinerezis) kelib asos sifatida ishlatib bo‘lmaydigan massaga aylanadi. V.M.Gretskiy va I.S.Ajgixinlarning ko‘rsatishicha 5-6% li eruvchi kraxmal eritmasi (kraxmalni fosfor kislota bilan ishlash natijasida olingan) surtma asoslarining konsistensiyasiga ega bo‘lib, sekin kuruvchanligi bilan ajralib turadi.
Dekstrinlar ham yuqori konsentratsiyalarda (50% gacha) surtma asoslari konsistensiyasini hosil qiladi.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling