Tushuntirish matni
Quyuq ekstraktlardan foydalanib poroshoklar tayyorlash
Oling: Belladonna ekstraktidan 0,01
Vismut nitrat asosidan
Natriy gidrocarbonatdan teng miqdorda 0,2
Aralashtiring poroshok xosil bo‘lsin Shunday dozadan 10 dona bering.
Belgilang. Bitta poroshokdan og‘riganda.
Pasport: Belladonnaquyuq ekstraktidan 0,1
Vismut nitrat asosidan 2,0
Natriy gidrokarbonatdan 2,0
0,41 g №10
Texnologiyasi: Havonchaga natriy gidrokarbonat solib maydalanadi va uni -og‘ozga olib o‘yiladi. -o‘l tarozida filtr -og‘ozga 0,1 gquyuq beladonna ekstrakti (1:1) tortib olinadi va uni xovoncha dastasi boshchasiga yopishtiriladi. Filtr -og‘ozning or-a tomonidan 20% etanol tomizilib yoki suv bilan xullab filtr -og‘oz ajratib olinadi. Ekstrakt xovonchada 1-2 tomchi spirt bilan eziladi va vismut nitrat qo‘shib aralashtiriladi, so‘ngra oldindan maydalab -o‘yilgan natriy gidrokarbonat 23 bo‘lakka bo‘lib toki sochiluvchan bir xil poroshok xosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,41 g dan 10 mumli yoki parafmli kapsulaga -ado-lanib, -og‘oz xaltachaga solinadi.
Quruq ekstraktlardan foydalanib poroshoklar tayyorlash
Oling: Belladonna ekstraktidan
Papaverin gidrohloriddan teng miqdorda 0,015 Natriy gidrocarbonatdan 0,5
Aralashtiring, poroshok xosil bo‘lsin. Shunday dozadan 6 dona bering.
Belgilang. Bitta poroshokdan 3 maxal ichilsin.
(quruq ekstraktidan foydalaning)
Pasporti: Belladonna quruq ekstraktidan 1:2 0,18
Papaverin gidroxloriddan 0,09
Natriy gidrokarbonatdan 3,0
0,545 g №6
Texnologiyasi: 3,0 natriy gidrokarbonat xovonchada maydalanadi va uni -og‘ozga olib o‘yiladi. 0,18 g quruq belladonna eksvtraktidan (1:2) nisbatda olib, uni oz ozdan maydalangan natriy gidrokarbonat bilan aralashtiriladi. Ustiga papaverin gidroxloriddan qo‘shib bir xilda massa xosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Papaverin gidroxlorid В ro‘yxatiga mansub, uni dozalari tekshiriladi, dozalari oshmaganligi ma'lum bo‘lgandan so‘ng tayyorlanadi. Tayyor bo‘lgan poroshok 0,545 g dan mumli yoki parafinli kapsulaga -ado-lab, -og‘oz xaltachaga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |