Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Download 7.12 Mb.
bet252/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

O‘simlik shilliqlari — bu polisaxaridlarga yakin bo‘lgan moddadir. Shilimshiqlar (slizi) o‘simlik organizmining qayta tugilishi jarayonida hosil qiluvchi epidermis qavatining " shilliklanishi " natijasida gulxayri ildizidan, salep tugunagidan va suvda o‘sadigan o‘simlikni xujayra oraligidagi moddalardan tashkil topgan. Suvda bo‘kishi bilan yopishkok shilimshi- eritma hosil bo‘ladi. Salep shilligi yaxshi emulgirlash xususiyatiga ega.
Salep shillig‘i — Salep shilligi yu-ori stabillash xossasiga ega. 10 g yog‘ni emulgirlash uchun 1 g salep kukunidan olinadi. 1 g salepni suvda eritib oldin shilimshiq tayyorlanadi. So‘ng uni emulgator sifatida ishlatiladi.
Pektin modda — o‘simliklarda pektin moddalar juda keng tarqalgan: sabzavotlar, mevalar, barglar, urug‘larda va ildizlarda.
Ular xujayra devorining tarkibiga kiradi va yon xujayralarni o‘zaro biriktiradi. Pektin moddalarning yana o‘ziga xos xususiyatlari uni kuchli jelatinli xossasidir. Pektin moddalar yu-ori molekulali moddalar hisoblanadi. Ularning tuzilish asosi — -isman metil spirtining poligalakturon kislota bilan efirlangani.
Pektin — (Pectinum). Bu modda ozik-ovkat sanoatida ishlatilgan. 1933 yildan A. L. Katalxerman tomonidan dorixonada emulgator sifatida qo‘llaniladi. Pektinning faol jelatinli xususiyatini pasaytirish uchun o‘rik elimi bilan 1:1 aralashmasidan foydalanish kerak.
Ionogen bo‘lmagan emulgatorlar
Ionogen bo‘lmagan SFM sirt-faol moddalar — bu moddaning molekulalari dissotsilanishi kobiliyatiga ega emas. Ularning difil guruhlaridagi kutbli guruhning o‘rnida gidroksil va efir guruhlari bo‘lishi eruvchanlik xossasini oshiradi. Ionogen bo‘lmagan emulgatorlarning xozirgi davrdagi ro‘yxati anchagina. Bu emulgatorlar asosan liniment va surtma dorilar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Kraxmal — dorixonada emulsiya tayyorlashda kraxmal elimini turg‘unlashtirish xususiyati yomon emas.
N. G. Goyman tomonidan 1939 yilda dorixonada tayyorlanadigan emulsiyalar uchun taklif qilingan. 10 g yog‘ni emulsiyalash uchun 5 g kraxmal elimi ishlatiladi. Kraxmalning quruq massasining ko‘p tarkibiy qismi (97,3-98,9%) polisaxaridlar, qolgani aralashmalar: oksil moddalar (0,28-1,5%), kletchatka (0,2-0,6%) va kul moddalaridan (0,30-0,62%) iborat. Boshokli galla o‘simliklaridan olingan kraxmalning tarkibida oz miqdorda yuqori moy kislota va 2-glitserin–fosfor kislotasi topilgan. Kraxmal zarrachalarining kuchli bo‘kishi va bo‘linishidan yopishkok elim gidrozoli hosil bo‘ladi.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling