Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Sellyuloza va uning hosilasi


Download 7.12 Mb.
bet253/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Sellyuloza va uning hosilasi
Sellyulozaning molekula -atori kraxmalga o‘xshash bo‘lib, glyukoza qoldiqlaridan tuzilgan, ammo xalkada joylashishi jixatidan farqlanadi. Sellyulozaning tarkibida gidroksil guruhi borligi eterifikatsiya natijasida, stabillash kobiliyati yuqori bo‘lgan birikmalar olish imkonini beradi. Metilsellyuloza — sellyulozaning metil efiri, suvda eriydi.
Karboksimetilsellyuloza — sellyuloza bilan glikol kislotasidan hosil bo‘lgan efir. Karboksimetilsellyuloza suvda erimaganligi uchun natriyli tuzi ishlatiladi. Metilsellyuloza va natriy karboksimetilsellyulozani, emulsiya tayyorlashda 1-2%li eritmasi -o‘llaniladi.
Tvinlar va spanlar
Sorbitalning sintetik hosilalari, emulsiya hajmining 5-10% hisobida ishlatiladi. Farmakologik jixatdan ular organizmga zararsiz.
EMULGATOR T-2. Diefir triglitserin.
Mumga o‘xshash -atti- och jigar rang. Glitserinni 16-18 uglerod atomli moy kislotalari bilan
200°S da eterifikatsiya -ilinishi natijasida olinadi. Ionogen bo‘lmagan SFM ning afzalligi emulgirlash xususiyatini o‘ziga xosligida. Emulgatorning balanslangan molekulasi birorta fazada erigan holda bo‘lmasdan fazalararo sathda tarqalgan bo‘ladi. Emulgator T-2 molekulasini yaxshi balanslangan deyish mumkin, chunki 100 ml turg‘un 10% emulsiyaga fa-atgina 1,5 g. T-2 sarflanadi. Ionogen emulgatorlar uchun ham balanslanganlik koidasini tatbik kilish mumkin. Balanslanish birinchidan, uglerod qatorining o‘zunligiga, ikkinchidan, ionogen guruhining suvga o‘xshashligiga qarab aniqlanadi.
Amfoter xususiyatli emulgatorlar Bu guruh emulgatorlari oksil moddalardan hosil bo‘lgan. SHuning uchun ular pHi muxit xususiyatiga qarab nordon va ishqoriy turlariga bo‘linadi.
Jelatoza — (Gelatosa) — jelatinani suv bilan 1:2 nisbatda, avtoklavda 2 soat davomida 2 atm. bosimida to‘liqsiz gidroliz natijasida hosil bo‘lgan modda. Jelatinani shu usul bilan ishlanganda elimlash xususiyati yo‘kolib, emulgirlanish xossasi qoladi. Jelatozaning yaxshi navi arab elimiga tenglashadi. Jelatoza 1931 yilda M. G. Volpe tomonidan taklif -ilingan.
Kazein, kazeinat natriy, quruq sutdan tayyorlangan emulsiya mikroorganizmlar uchun yaxshi muxit bo‘lgani sababli, ayniqsa yoz kunlarda tez buziladi. quruq sut tarkibidagi kazeinogen, albumin va globulinlar emulgirlash xususiyati bo‘lgan moddalar hisoblanib, uni emulgator sifatida ishlatish mumkin. Amfoter emulgatorlar asosan o‘simlik va xayvonlardan olingan bo‘lib, ular tarkibida fosfatidlar ko‘p. Bu sifat emulgatorlar nafaqat farmatsevtika, balki oziq-ovqat sanoatida ham keng qo‘llaniladi.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling