Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Download 7.12 Mb.
bet254/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Tushuntirish matni
Yog‘li emulsiyalar (Emulsa oleosa)
Hamma yog‘li emulsiyalar, agar retseptda yog‘ning nomi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, DF ga asosan bodom yoki unga o‘xshash o‘rik, shaftoli yog‘idan tayyorlanadi. Agar yog‘ning miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 100 g emulsiya tayyorlash uchun 10 g yog‘ olinadi. Emulgatorning nomi ko‘rsatilmaganda, uni tanlash texnolog ixtiyorida bo‘ladi. Tayyorlangan emulsiyalar zarur bo‘lganda ikki qavatli dokadan suziladi. Emulsiyalarning bir xilligini ta‘minlash ma-sadida gemogenizatorlardan o‘tkaziladi. Bunda yog‘ tomchilari bir xil katta-kichiklikda bo‘ladi. yog‘li emulsiyalarni tayyorlashda quyidagi usullarning birini -o‘llash mumkin.
Birinchi usul. Kontinental usul. yog‘ni hovonchada ma‘lum qismdagi emulgator va shu emulgatorni erishi, bo‘kishi uchun etadigan suv bilan aralashtiriladi. Aralashma o‘ziga xos ovoz chikkuncha yaxshilab eziladi. SHunda kaymokka o‘xshash massa hosil bo‘lib, suv tomchilari dumalamasdan,aralashib ketadi. Ovozning chiqishi yog‘ tomchilarini turg‘un ximoya parda xavo bilan o‘rab olinib, bo‘laklarga bo‘linishidan dalolat beradi. Birlamchi emulsiya hosil bo‘lgandan keyin, yana bir marta yaxshi aralashtirib, qolgan suvni oz-ozdan qo‘shiladi. Emulgirlash davrida hovoncha dastasini "spiral" ravishda fa-at bir tomonlama harakatlantirish kerak. yog‘ tomchilari bu paytda ip shaklida cho‘zilib, ximoya parda bo‘laklarga bo‘linadi. Agar emulgirlash davrida hovoncha dastasini har tomonlama harakatlantirsak, emulsiya hosil bo‘lishi ancha sustlashadi. Hovonchaga har doim birinchi bo‘lib emulgator, keyin esa yog‘ olinadi. YUmaloklangan narsa hosil bo‘lmasligi uchun emulgator va hovoncha quruq bo‘lishi kerak. yog‘ bilan suvning kerakli miqdori olingan vaqtdagina emulgator emulgirlash ta‘sirini ko‘rsatadi. Agar yuqorida aytilgan shartlarga e‘tibor berilmasa, emulsiya turg‘un bo‘lmaydi yoki butunlay hosil bo‘lmasligi mumkin. Ayniqsa "birlamchi emulsiya" hosil bo‘lmasdan qolgan suvni qo‘shish mumkin emas. Agar emulsiya hosil bo‘lmasa, yog‘ tomchilari suv -o‘shilgandan keyin ham ajralib chiksa, uni to‘grilash mumkin emas. qaytadan tayyorlash kerak.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling