Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi
Efir moylari saslagan o‘simliklar bilan damlama tayyorlash
Download 7.12 Mb.
|
Farmatsevtik texnologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yurak glikozidlari saqlagan o‘simliklar bilan damlama tayyorlash
Efir moylari saslagan o‘simliklar bilan damlama tayyorlash.
Efir moylari saqlagan o‘simliklardan ko‘pincha damlamalar tayorlanadi, chunki efir moylari uchuvchan bo‘ladi, va qaynatma tayyorlash jarayonida ajradmada konsetratsiyasi pasayib ketadi. Ajratmalarni og‘zi maxkam yopilgan infundir apparatlarda tayyorlanadi, to‘liq sovutilgandan so‘ng suziladi. Agar dorixatda ajratmaning konsentrayiyasi ko‘ratilmagan bo‘lsa, unda 1 : 10 nisbatda tayyorlanadi. Oling: Tog‘ rayxoni o‘ti damlamasidan 200 ml Bering. Belgilang. Pasport: Tog‘ rayxoni o‘ti – (1 : 10) 20gr Suv 200- ( 20 x 2) - 240 Eritmaning umumiy hajmi 200 ml Tog‘ rayxoni o‘tining suv shimish koeffitsienti DF XI da keltirilmaganligi sababli uni 2 ga teng deb olamiz. Infundir stakaniga 20gr 5 mm gacha maydalangan tog‘ rayxoni o‘simligi o‘tidan olinadi va 240 ml suv solib og‘zi maxkam berkitiladi va 45 minut to‘liq sovutilgandan keyin o‘lchovli silindrga suziladi va xajmi 200 ml gacha suv Bilan etkaziladi. Salqin joyda saqlansin, Ichishdan oldin chayqatilsin, singari etiketkalar yopishtiriladi. Yurak glikozidlari saqlagan o‘simliklar bilan damlama tayyorlash Yurak glikozidlari saqlagan o‘simliklar Bilan damlama tayyorlashda quyidagi o‘ziga xos tomonlariga e‘tibor berish lozim: Ajratmaning pH muxiti neytral bo‘lishi kerak, chunki ish-oriy va kislotali muxitda yurak glikozidlari kamro- biologik samaradorlikka ega bo‘lgan geninlargacha parchalanadi. O‘silik xom ashyosining ma‘lum maydalik darajasiga keltirilgan bo‘lishi kerak. -aynab turgan suv xammomining xarorat va vaqt rejimlariga rioya -ilish kerak. CHunki bu parametrlarini siljishi glikozidlarning parchalanishga Olib kelishi mumkin. Oling: Bahorgi adonis o‘ti damlamasidan 180 il Kaliy bromiddan 6,0 Valeriana tindirmasidan Marvaridgul tindirmasidan teng miqdorda Aralashtiring. Bering. Belgilang. Yurak glikozidlari saqlagan o‘simliklardan damlamalar agar konsentratsiyasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa 1:30 nisbatda tayyorlanadi. Demak, baxorgi adonis o‘simligidan 6,0 gr olinishi kerak. X DF bo‘yicha adonis o‘simligi 50 TB ga ega bo‘lishi kerak, lekin dorixanadagi xom Ashe 70 TB ga teng. U xolda 70 TB ga ega bo‘lgan maxsulotdar -ancha olish kerakligini -uyidagicha hisoblab topamiz : X-A x B g‘ C X-6,0 x 50 g‘ 4,3 Demak, dorixatda 6,0gr. standart maxsulotning o‘rniga 70 TB ga ega bo‘lgan maxsulotdan 4.3gr. olish kerak. Agar maxsulot tarkibida yurak glikozidlari yoki alkaloidlar ko‘rsatilgandan kam bo‘lsa, bu machsulotdan ajratmalar tayyorlab bo‘lmaydi. DF X1 bo‘yicha Adonisning suv shimish koeffitsienti 2,8 ga teng Pasport: Bahorgi adonis o‘ti (70TB) 4.3gr Kaliy bromid 6,0 Valeriana tindirmasi 10 ml Marvaridgul tindirmasi 10 ml Suv 180 - (4, 3 x 2,8) - 192 ml Eritmaning umumiy xajmi 200 ml Infundir stakaniga 4,3 gr. 5 mm gacha maydalangan bahorgi adonis o‘simligi o‘tidan olinadi va 192 ml suv solib, -aynab turgan infundir apparatida 15 min -aynatib, va-ti – vaxti bilan aralashtiriladi va 45 min sovitiladi. Ajratmada so‘ng 6.0 gr. kaliy bromid eritiladi va ajratma YAna bir marta bemorga beriladigan suziladi va valeriana xamda marvaridgul tindirmasidan 10 ml dan solinadi. Jixozlanadi . Salqin joyda saqlansin, Ichishdan oldin chayqatilsin, singari etiketkalar yopishtiriladi. Download 7.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling