Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Laboratoriya mashg‘ulotini bajarish uchun topshiriqlar


Download 7.12 Mb.
bet259/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Laboratoriya mashg‘ulotini bajarish uchun topshiriqlar

  1. Tarkibida alkoloid saqlagan Termopsis (Herba Thermopsidis) o‘tidan damlama tayyorlash.

  2. Tarkibida efir moyi sa-lagan. Tog‘ rayxoni o‘tidan (Herbe Origanii vulgaridis) damlama tayyorlash.

  3. Tarkibida yurak glikozidlar saqlagan Baxorgi adonis o‘tidan (Herba Adonidis vernalis) damlama tayyorlash.

  4. Tarkibida vitaminlar saqlagan Jag‘ - jag‘ (Herba Bursae pastoridis) o‘tidan tezlashtirilgan usulda damlama tayyorlash.

** Mustaqil tayyorlash uchun savollarning muxokamasini zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ―Loyiha‖ usulidan foydalanib o’tkaziladi.
―Loyiha‖ usulida talabalarni mavzu bo‘yicha nazariy savollarga tayyorgarligi tekshiriladi. Buning uchun:

  1. Guruh 2-3 kichik guruhlarga bo‘linadi.

  2. Har bir guruhga 3 tadan retsept beriladi va savolni yechish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.

Savollar metodik ko‘rsatmadagi savollardan beriladi va Mustaqil bajarish uchun retseptlardan qo‘shimcha retsept pasporti va texnologiyasi so‘raladi

  1. Har bir guruhdan vakil savolni yechimini bayon etadi.

  2. O‘-ituvchi javoblarni tahlil etadi, to‘ldiradi va shu guruh talabalarini umumiy baholaydi. Uslubiy ta‘minot va mashg’ulot jihozlanishi: DF X; XI; dori moddalari, o‘simlik hom ashyolari, tarozi, tarozi toshlari, o‘lchov kolbalari, har xil o‘lchamdagi shish idishlar, infundir apparati, ma‘ruza, darslik, prezentatsiyalar, ma‘lumotnomalar, adabiyotlar, tar-atma materiallar.

Asosiy matn
Damlama va Qaynatmalar deb, maxsus usul bilan dorivor o‘simliklardan yoki ularning konsentratlangan tayyorlangan suvli ajratmalarga aytiladi.
Damlama va Qaynatmalar ichish va sirtga ishlatish uchun mo‘ljallangan. Ularning tarkibiga turli , har xil xususiyatga ega bo‘lgan dorivor moddalar ham kirishi mumkin . Suvli ajratmalarning dori shakli sifatida afzalliklari:

    • o‘simlik xom ashyosi tarkibiga kiruvchi biologik faol va boshqa moddalarning kompleks ta‘siri natijasida maksimal terapevtik aktivligi:

    • ko‘pgina kiyoviy moddalarga -araganda noxush ta‘siridan xoli ekanligi:

    • o‘simlik xom ashyosida sa-lanadigan ba‘zi bir moddalar uchun ularni toza xolda ajratib olish metodikalari ishlab chi-ilmaganligi va kiyoviy tuzilishi. Ani-lanmaganligi sababli, ularni sintez ilish yoki boshqa yo‘llari bilan olish mumkin emas: - texnologik jarayonni soddalagi.

Suvli ajratmalarning dori shakli sifatida kamchiliklari:

    • sa-lash jarayonida ularning turg‘un emasligi (mikroblarga sezgirligi, kimyoviy turg‘un emasligi sababli sa-lash muddati -is-a):

    • ajratmalarning sifatiga ko‘pgina omillar ta‘sir etishi tufayli, ularning nostandartligi: - texnologik jarayon anchagina vaqt talab -iladi.

Damlama va Qaynatmalar tayyorlash ha-idagi ko‘rsatmalar XI (147 bet) davlat farmakopeyasi «Damlama va qaynatma» ma-olasida berilgan.
Ajratmalarga ta‘sir etuvchi moddalarning to‘liq va tez ajralib chi-ishiga ta‘sir -iladigan omillar: 1. O‘simlik xom ashyosi va ekstraktning nisbatlari to‘g‘ri olinadi. Agar dorixatda ajratmaning konsentratsiyasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, damlamalar va Qaynatmalar 1:10 nisbatda tayyorlanadi.
Kuchli ta‘sir -iluvchi moddalarni saqlovchi dorivor o‘simliklar ajratmalar, agar shifokor ko‘rsatmasi bo‘lmasa, 1:400 nisbatda tayyorlanadi (termopsis o‘ti, digitalis bargi).


    1. Download 7.12 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling