Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


-mavzu. Emulsiyalarning xususiy texnologiyasi. Ularga dori moddalarni qo’shish qoidalari, sifatini baxolash


Download 7.12 Mb.
bet365/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

14-mavzu. Emulsiyalarning xususiy texnologiyasi. Ularga dori moddalarni qo’shish qoidalari, sifatini baxolash


Moyli emulsiyalar texnologiyasi. Birlamchi emulsiyani xosil bo’lishi yo’llari, bosqichlari. Birlamchi emulsiyani suyultirish, komponentlar miqdor ini hisoblash. Dori moddalarning eruvchanligidan kelib chiqqan holda emulsiya tarkibiga kiritish qoidalari. Urug’li emulsiyalar texnologiyasi. Emulsiyalarning sifatini baholash, saqlash, texnologiyasini takomillashtirish yo’llari.
15-mavzu. Suvli ajratmalar, ularni olish jarayoniga ta‘sir qiluvchi omillar. qo’llaniladigan asbob-uskunalar.
Suvli ajratmalarning tarifi, tasnifi, dori shakli sifatida afzallik va kamchiliklari. Ekstraksiya jarayonining nazariy asoslari. Suvli ajratmalardan biofaol moddalarni ajralishiga ta‘sir etuvchi omillar (xom asheni maydalik darajasi, ajratmaning pH muhiti; xom-ashyoni suv shimish koeffitsienti, konsentratsiyalar farqi, xom ashyo va ekstragent nisbati, harorat tasiri va b.). Damlama va qaynatmalarni olishda qo’llaniladigan asbob-uskunalar: infundir apparat tuzilishi, ishlash prinsipi.
16-mavzu. Suvli ajratmalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Mualliflik tarkiblar.
Damlama va qaynatma tayyorlashning o’ziga xos texnologiyalari: alkaloid, yurak glikozidlari, antroglikozidlar, oshlovchi moddalar, efir moylari , saponinlar saqlovchi o’simlik xom ashyosidan suvli ajratmalar olish. Damlama va qaynatmalarga dori moddalarini qo’shish qoidalari. O’z RSSVning 2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli va 583-sonli buyruqlarida suvli ajratmalar texnologiyasiga oid bo’limlari.
17-mavzu. Shilimshiqlar. Ekstrakt konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash, sifatini baholash
SHilimshiq saqlagan xom ashyodan (gulxayri ildizi, zig’ir urug’i, salep tuganagi va b.) ajratma olishning o’ziga xos tomonlari. Sarf koeffitsient tushunchasi, uning qo’llanilishi. Ekstraktkonsentratlar tushunchasi, tasnifi, ularni suvli ajratmalar olishda qo’llanilishi. Suvli ajratmalarning ekstrakt-konsentratlardan foydalangan holda olishning afzalliklari. Murakkab tarkibli dorixatlarda ekstrakt konsentratlardan foydalanganda dorivor moddalarni qo‘shish qoidalari. Mualliflik takriblar. Suvli ajratmalarni saqlash, sifatini baholash va takomillashtirish yo’llari.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling